E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet60/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Adrenokortiktrop gormon (AKTG)-gipofiz bezi oldingi bo'lagining asosan chekkalarida joylashgan hujayralari ishlab beradi. Bu gormon buyrak usti bezining po'stloq qismiga ta'sir qiladi.
Gipofiz bezi olib tashlansa, buyrak usti bezining po'stloq qavati, ayniqsa, to'rsimon va tutamli zonalari atrofiyaga uchragani kuzatilgan.
123
Adrenokortikotrop gormon buyrak kanalchalaridagi natriy, xlor ionlari va suvning reabsorbsiyasiga, shuningdek, yog' va aminokislota-larda qandning hosil bo'lishiga, organizmda nitrat moddasini chiqarilishiga ta'sir ko'rsatadi
Tireotrop gormon (TTG) gipofizning bu gormoni qalqonsimon bezning faoliyatini boshqarib turadi. Bu gormonni qonda ko'payib yoki kamayib ketishi qalqonsimon bez funksiyasiga bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi. Masalan, hayvonlarda gipofiz bezini olib tashlansa hayvon qalqonsimon bezi atrofiyaga uchraydi. Yodni o'zlashtirilishi, tiroksin sintezlanishi keskin kamayadi. Agar organizmga tireotrop gormoni yuborilsa, uada tiroksin reaksiyasi cuzatiladi. Gipofiz bilan qalqonsimon bez funksional jihatidan bir-biri bilan bog'liq. Ma'lum bo'lishicha, gipotalamusning neyrosekretlaridan bittasi gipofiz tireotrop gormonini hosil bo'lishini vf sekretsiyasini boshqarib turadi. Ayrim endokrinolog-larning fikricha gipofiz bezida bir nechta tireotrop gormon fraksiyalari mavjud bo'lib, ularning har biri bir-biridan o'zining fiziologik hususiyati bilan farqlanadi. Tireotrop frasiyalaridan bittasi qalqonsimon bezi ishtirokisiz ekzoftalm, ya'ni ko'z soqqasini bo'rtib chiqishiga sababli deb hisoblaydilar. Bunday ko'rinish odatda, faqat bez giperfunksiyasi holatida kuzatiladi. Bu fraksiya ko'z soqqasining orqa tomonidagi biriktiruvchi to'qima tarkibida nordon mukopolisaxaridlar yig'ilishini kuchaytiradi. Gonadotrop gormonlariga follikulani stimullovchi gormon (FSG) prolaktin, laktrotrop gormon (LTG) va lutenlovchi gormon (LG, luteotropin) kiradi. Bu gormonlar ham gipofiz bezining oldingi bo'lagini tashkil qiluvchi ayrim hujayralarni ishlab beradi. Bu gormonlar jinsiy bezlar funksiyasiga ta'sir qiladi. Follikulaning stimullovchi gormoni erkaklar va ayollar jinsiy bezlari epiteliysini rivojlantiradi, spermatogenez jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Luteinlovchi gormon sariq tanachadan progesteron gormonining sintezini tezlashtiradi. Laktatrin gormoni esa, sut bezini rivojlantirib yetiiishiga va laktatsiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
Gipofizning oraliq (o'rta) bo'lagi, asosan donador melonotropotsit hujayralaridan tashkil topgan, melanini stimullovchi (intermedin) gormon saqlaydi. Gipofiz o'rta bo'limi hayvonlarda, baliqlarda yaxshi o'rganilgan bo'lib, ularda o'rta bo'limi olib tashlanganida terisi rangsizlangani kuzatilgan melonofid gormoniga bog'liq, amfibiy va reptiliylarda pigment hujayralariga ta'sir qilib, ular teri rangini o'zgartirgan. Ayollar homiladorligining oxirgi bosqichlarida va bola tug'ilishida melonofor gormon miqdori oshishi kuzatilgan. Bu gormon
124
boshqa jarayonlarda ham ishtirok etsa kerak. Gipofizning orqa bo'lagi neyrogormonlar vaqtincha akkumulatsiya qilinadigan a'zo hisoblanadi. Orqa bo'lagi neyrogipofiz, gipofiz-gipotalamus trakti tarkibidagi (supraoptik va paraventrikulyar neyrosekret hujayralar) aksonlarning so'nggi (Terminal) tannoqlari tugaydigan tuzilma hisoblanib, neyrogliya va qon tomirlaridan tashkil topgan. Gormonlar ko'rsatilgan gipotalamus yadrolarida hosil boiib supraoptik gipofizar trakt orqali gipofizga chiqariladi. Gipofizning orqa bo'limida vazopressin va oksitotsin gormonlari topilgan.
Oksitotsin - siiliq muskullami qisqartiradi.
Vazopressin-buyrak va miya arteriyalaridan tashqari, boshqa hamma tomirlarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Odamlarda vazopressin antidiuretik ta'sirini kamaytiradi.
Adabiyotlarda yozilishicha, antidiuretik gormoni yetishmasligi natijasida qandsiz diabet kasali kelib chiqadi. Bu kasallik paytida hayvonlar odatdagiga qaraganda ko'p miqdorda suv ichib chiqaradi. Ayrim avtorlarning fikricha, vazopressin va antiuretin gormonlarini turli funksiyaiarni bajaruvchi bitta gormon deb hisoblaydilar. Bu gormonlar sun'iy yo'i bilan sintez qilib olingan.
Epifiz
Epifiz - epiphysis bosh miya to'rt do'mbog'chasining yuqori do'm-bog'chalari orasida joylashadi. Endokrin funksiyasiga ega bo'lgan kichik nerv tuzilma. Oyoqchasi bilan uchinchi miya qorinchasiga tutashadi. Umurtqali hayvonlarning barchasida kuzatilgan, lekin baliqlarda, amfibiy va reptiliylarda kam, sutemizuvchilarda hamda odamlarda yaxshi rivojlangan. Epifiz tarkibida ikki xil hujayra tofavut qilinadi: 1) parenxima hujayrasi - pinealotsitlar, 2) glial hujayralari.
Hozirgi vaqtda ma'lum bo'lishicha, bezda serotonin hosil bo'lib, u epifizni o'zida melotaninga aylanadi.
Serotonin yoki 5-oksitripamin umurtqalilarning boshqa a'zolarida ham ishlab chiqarishi ma'lum bo'Idi. Masalan, bosh miyada, ichaklar devorida va taloqda eng ko'p epifiz bezida ishlab chiqariladi. Ma'lum bo'lishicha, pinealotsitlar kunduzgi serotonin ishlab bersa, kechasi undan melotonin hosil bo'ladi. Serotonin arteriya tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi. Tomirlar torayib, qon bosimi oshgan vaqtda serotonin yurak ishini sekinlashtirib, bosimni pasaytiradi. Serotonin ichaklar peristaltikasini tezlashtiradi hamda gipofizning orqa bo'lagida
125
sintezlanadigan vazopressin gormoni chiqishini ham oshiradi. Impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o'tishida adrenalinga o'xshab mediatorlik vazifasini ham o'taydi.
Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan hosil bo'ladi. Melatonin-melonoforlarga, ya'ni ba'zi hujayralar terisida uchraydigan maxsus pigment hujayralariga aktiv ta'sir qiladi. U o'zining ta'siri bilan intermedinga qarama-qarshi bo'lgani uchunterini oqartiradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling