E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


-rasm. Baqa qoni surtmasi. Gemotoksilin - eozin bilan bo 'yalgan


Download 1.72 Mb.
bet68/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

26-rasm. Baqa qoni surtmasi. Gemotoksilin - eozin bilan bo 'yalgan
(400 marta kat):
1-eritrositlar; 2-limfosit; 3-monotsit; 4-granulotsit; 5-trombotsit.
Umurtqali hayvonlarda va odamda (tuya va lamalardan tashqari) eritrositlarning shakli deyarli yumaloq, ikki tomoni botiq disk shaklida
141
bo'ladi (27-rasm). Ularning bunday morfologik tuzilishi fiziologik jihatdan katta ahamiyatga ega, gemoglobin o'ziga kislorodni tez qabul qilib, organizm talabini yetarli darajada kislorodga qondiradi. Eritrotsitlar juda elastik xususiyatga ega bo'lib, o'z diametridan kichik diametrli kapillar tomirlardan shaklini o'zgartirgan holda bemalol o'tib ketaveradi. Ayrim tuban umurtqalilarda eritrotsitlar shakli ovalsimon, tuxumsimon yoki ikki tomoni qavariq, bo'rtiq bo'lishi ham mumkin. Eritrotsitlarning diametri har xil bo'ladi. Masalan, tovuqlarda 12 mk, filda 8-10 mk, echkida 4, qo'yda 4,3, odamda 7,5 mk ga teng. Shuni ham aytib o'tish kerakki, umurtqalilarda eritrotsitlarning diametri ularning umumiy vazniga qarab o zgarmaydi. Tuban umurtqalilarda ham eritrotsitlarning diametri har xil bo'lishi, ya'ni yirik-mayda bo'lishi mumkin. Sutemizuvchilyrda, odatda, mayda, tuban xordalilarda ancha yirik, ayniqsa, proteyalarda 58 mk bo'ladi. Bitta eritrositning sathi 128 mk2 ga; odamning 5,5 1 qonidagi eritrotsitlarning umumiy satxi 3700 m2 ga teng.
Zamonaviy skenur elektron mikroskop yordamida eritrotsitlarning nozik tuzilishn yaxshi o'rganib chiqilgak. Shundan ma'lumki, eritrotsitlar sitolemmasining qalinligi 20 nm ga teng bo'lib, uning tashqi yuzasida fosfolipaza, kislota, adsorbsiya qilingai proteinlar, ichki yuzasida esa glikolitik fermentlar, natriy va kaliy, glikoproteitlar va gemoglobin topilgan. Eritrotsitiing membranasi tanlab o'tkazish xossasiga ega bo'lib, o'zidan natrriy, kaliy, kislorod va karbonat angidridni o'tkazadi.

27-rasm. Odam qonining bo'yalgan surtmasi(sxema). Romanovskiy - Gimza usulida bo 'yalgan (900 marta hat):
1 - eritrotsitlar; 2 - limfotsitlar (maydasi va yirigi); 3 - monotsit; 4 -neyrifil leykotsit; 5 - eozinofil; 6 - bazofil; 7 - trombotsit.
142
Eritrotsitlarning kimyoviy tarkibi: 60% suv, 40% quruq moddadan tashkil topgan. Quruq moddaning 95% ni gemoglobin, 5% ni uning qobig'i (stromasi) va boshqalar tashkil etadi. Bitta eritrotsit vaznining 32,5% ni gemoglobin moddasi tashkil etadi. Organizmdagi barcha gemoglobinning massasi taxminan 800 g ga teng. Ma'lumki, gemoglobin murakkab oqsillarga kirib, uning oqsil qismi - globin, oqsil bo'lmagan qismi -gemindir. Ular tarkibida temir bo'lib, protoporsirinlar guruhiga kiradi. Gemoglobin o'pkaga kirgan kislorod bilan tezda birikib, oksigemoglobinga aylanadi. O'zidagi kislorodni to'qimalarga berib, u yerdan karbonat angidridni olib karboksigemoglobinga aylangan holda uni o'pka orqali tashqariga chiqarib yuboradi. Eritrotsitlarda qondagi karbonat angidridning 1/3 qismi bo'ladi. Eritrotsitiar, odatda, Romanovskiy-Gimza (eozin va lazur bo'yoqlarining aralashmasi) usuli bilan buyab o'rganiladi. Qon surtmalarining funksiyasi etil va metil spirtlar yordamida bajariladi. Bunda eritrotsitiar ko'zga yaxshi ko'rinib turadi. Odatda, qonda 5% atrofida yosh gemoglobik bo'ladi. Ularning sitoplazmasida to'rsimon donachalar bo'lib, bularni retikulotsitlar deyiladi. Ular endoplazmatlk to'r bilan ribosomalarning qoldig'idir.
Eritrotsitiar tarkibida gemoglobin bo'lgani uchun kislotali bo'yoqlarda oksifll bo'yaladi. Qonda kam uchraydigan yosh eritrotsitiar tarkibida gemoglobin kam bo'lganligi uchun kislotali bo'yoqlarda yaxshi bo'yalmaydi, aksincha, ikshqoriy bo'yoqlarda bazofil bo'yaladi. Bunday eritrotsitlarga polixromatofil eritrotsitiar deyiladi. Umuman, eritrotsitlarning har xil bo'yoqlarda har xil bo'yalishiga polixro-matofiliya deyiladi.
Sutemizuvchilarda eritrotsitiar har xil tashqi va ichki ta'sirga sezgir bo'ladi. Ayniqsa, qonda osmotik bosimning o'zgarishi ularga kuchli ta'sir qiiadi. Masalan, 0,9% li osh tuzli izotonik eritma eritrotsitiar uchun normal hisoblanadi. Gipotonik eritmalarda eritrotsitiar suvni o'ziga tortib shimib ketadi, natijada ular yorilib, gemoglobin tashqariga chiqadi. Bunday holatga gemoliz deyiladi. Gemoliz faqat gipotonik eritmada ^~nas, balki boshqa moddalar (xloroform, spirt va ilon zahari) ta'sirida ham sodir bo'lishi mumkin. Aksincha, gipertonik eritmada eritrotsitiar o'zida suvni tashqariga chiqarib yuborib, burishib qoladi, bunga plazmoliz deyiladi. Ikkala holatda ham eritrotsitlarning flziolrgik faoliyati buziladi.
Eritrotsitlarning umri o'rtacha 110 kun, erkaklarda 126 kun, ayollarda 90 kun. Ma'lum bo'lishicha, organizmda har kuni 200 mln ga yaqin eritrotsitiar nobud bo'lib, yemirilib turadi. Ularning o'rnini yangi
143
eritrotsitlar egallaydi. Eritrotsitlar yemirilishi natijasida gemoglobin globin va geminga ajraladi. Bunda ajralib chiqqan temir elementlarini yangi hosil bo'lgan eritrotsitlar o'ziga qabul qilib oladi va undan o'z faoliyatida qayta foydalanadi.
Leikotsitlar. Leykotsitlar-oq qon tanachalari qoning shaklli elementlaridan biri. Uni birinchi marta 1673-yili A. Levinguk aniqlagan. Ular protoplazmatik o'simtalari orqali amyoba shaklida surilib yurish xususiyatiga ega. Morfologik tuzilishi va bajaradigan fiziologik vazifasiga ko'ra ham bir-biridan farq qiladi. Leykotsitlarning soni har xil hayvonlarda har xil: 1 mm3 qonda 3 mingdan 18 minggacha bo'ladi, qushlarda 30 mingdan ham oshadi. Yosh bolalarda ularning soni 1 mm3 qonda 10-12 ming, kattalarda 6-8 ming. Leykotsitlarning soni o'zgarib turadi, masalan, ovqatlanishdan va jismoniy harakatdan keyin ko'payishi mumkin. Shuning uchun, analizga olinadigan qonni, odatda, naxorda olinadi. Bordi-yu, leykotsitlarning soni 1 mm3 qonda 10 minggacha o'zgarsa, uni odatda fiziologik o'zgarish deyiladi, patologik holat deb tushunilmaydi. Ayrim vaqtlarda, masalan, og'ir kasalliklarda leykotsitlarning soni undan ham ko'payib ketadi, ularning bunday holatiga leykotsitoz deyiladi, kamayib ketishiga esa leykopeniya deyiladi. Leykotsitlar aktiv harakat qilib ko'chib yurish xususiyatiga ega, ya'ni soxta oyoqchalari bilan harakatlanib, qon tomirlardan atrofdagi biriktiruvchi to'qimalarga chiqib, u yerdagi patologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ular harakatining tezligi harorat, pH ga bog'liq. Leykotsitlarning eng muhim vazifalaridan biri, yuqorida eslatib o'tganimizdek, organizmga tushgan yot moddalarni yoki mikroor-ganizmlarni o'ziga qamrab olib, uni parchalab yuborishdir. Uning bu ishifagotsitoz deyiladi.
Leykotsitlar mikroorganizmlarga ikki xil: bakteriotsit va bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Birinchisida leykotsitlar tarkibidagi fermentlar yordamida mikroorganizmlarni to'la qamrab olib, parchalab yuboradi, ikkinchisida esa ularni chalajon qilib, kasallik keltirib chiqarish xususiyatini yo'qotadi. Bundan tashqari, leykotsitlar gumoral vazifani bajararkan, immunitet hosil bo'lishida ham ishtirok etadi.
Umurtqali hayvonlar va odamda leykotsitlar sitoplazmasida donachalari bor yoki yo'qligiga qarab ikki guruhga bo'linadi. Birinchisi, donador leykositlar - granulotsitlar, ikkinchisi, donachasiz leykotsitlar -agranulotsitlar. Leykotsit donachalari kislotali (eozin) bo'yoqlar bilan tekis bo'yalsa, eozinofil leykotsitlar, donachalari ishqoriy (azur) bo'yoq bilan bo'yalsa, bazofil leykotsitlar, kislotali va ishqoriy bo'yoq bilan
144
bo'yalsa, neytrofillar deyiladi. Donachasiz leykotsitlar limfotsit va monositlarga bo'linadi.
Donador leykotsitlar - granulotsitlar. Yuqorida aytib o'tilganidek, donador leykotsitlar - granuloditlar o'z navbatida neytrofll, eozinofil va bazofillarga bo'linadi. Quyida ularni birma-bir ko'rib chiqamiz.
Neytrofll leykotsitlar qonda leykotsitlar turinlng eng ko'p qismini, ya'ni jami lepkotsitlarnnng 65-75% ni tashkil qiladi. Neytrofillar asosan yumaioq shaklda bo'Iib, diametri 7-15 mkm ga teng. Sitoplazmasida joylashgan mayda donachalar bo'Iib, ular ochroq bo'yalgan. Elektron mikroskopda yaxshi ko'rinadi (28-rasm). Hujayra markazida joylashgan yadrosi ishqoriy bo'yoq bilan yaxshi bo'yaladi. Yadrolarinnng shakli hujayra shakliga qarab har xil. Yosh neytrofillarning yadrosi tayoqchaga o'xshagan bo'lgani uchun tayoqchasimon yadroli neytrofillar deyiladi, ular jami leykotsitlarning 3-5% ni tashkil etadi. Yosh hujayralar yetila borishi bilan bo'g'imlar hosil qiladi. Har bir bo'g'im juda ingichka, ko'zga ko'rinmaydigan elementlar bilan tutashgan bo'Iib, ularga bo'gim yadroli neytrofillar deyiladi. Neytrofillar leykotsitlarning 60-65% ni tashkil etadi. Odatda, neytrofll leykotsitlar yadrosining shakliga qarab ularning yoshini aniqlash mumkin. Neytrofll leykotsitlar tarkibida proteolitik fermentlardan sitoxrom-oksidaza, ishqoriy fosfataza hamda aminokisiotalar, lipidlar va gli kogen borligi aniqlangan. Neytrofll leykotsitlar organizmga tushgan mikroorganizmlarni va kasallikiarda hosil bo'ladigan chiqindi moddalarni qamrab olib, parchalash xusu-siyatiga ega. Ana shu fagositoz qilish xususiyatiga qarab ularga mikrofaglar degan nom berilgan.
Shuni ham aytish kerakki, har xil umurtqalilarda neytrofillarning soni, shakli va ichki tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Masalan, mushuk qonidagi neytrofll leykotsitlar donachasi juda ham mayda bo'Iib, katta obyektivda ham deyarli ko'rinmaydi. Odatda, ular qizg'ish rangga bo'yaladi. Otlarda va kavsh qaytaruvchi hayvonlarda esa neytrofll donachalar kislota va ishqoriy bo'yoqqa bo'yaladi. Uy quyonlari bilan qushlarnili kislotali bo'yoqqa (eozinga) bo'yaladi. Shuning uchun neytrofll leykotsitlami faqat bo'yalishiga qarab ajratish umurtqali hayvonlarda aniq ma'lumot bermaydi.
Neytrofll leykotsitlar soni patologik va flziologik holatlarga qarab o'zgarishi mumkin. Chunonchi, yallig'lanish jarayonida, jismoniy harakat vaqtida, homilador ayollarda uning soni ortib boradi.
145

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling