E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


-rasm. Limfotsit. Elektron mikrofotogramma (24 000 marta kat.)


Download 1.72 Mb.
bet71/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

31-rasm. Limfotsit. Elektron mikrofotogramma (24 000 marta kat.):
1-yadro; 2-yadrocha; 3-yadro membranasi; 4-ribosomalar; 5-yadro
atrofida joylashgan ayrim mitoxondriylar. Endoplazmatik to'rning
tuzilishi unchayaxshi rivojlanmagan.
Monotsitlar (qon makrofaglari) donachasiz leykotsitlar orasida eng yiriklari hisoblanadi, diametri 20 mk ga teng. Qondagi lepkotsitlarning 5-8% ni tashkil etadi. Yadrosi yirik, loviyasimon,yoki yumaloq bo'lib, siyrak tuzilishga ega, xromatindan tashkil topgan (32-rasm). Sitoplazmasida barcha organoidlar uchraydi. Fagositoz qilish xususiyatiga ega. Organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.
Monotsitlardan bir qator hujayralar hosil bo'ladi. Masalan, siyrak biriktiruvchi to'qimadagi gistotsit hujayralari, ayrim makrofaglar, jigarning Kuffero hujayralari, ostioklast, makrogliya va boshqalar shular jumlasidandir.
149

32-rasm. Monotsit. Elektron mikrofotogramma (9 000 marta kat):
1-noto'g'ri shakllangan yadro, xromatin asosan yadro membranasi
bo'ylabjoylashgan; 2-harxil shakldagi mitoxondriy; 3-endoplazmatik
to'rning ayrim qismlari; 4-sitoplazmatik to'r apparati; 5-ko'plab
ribosomalar (E.I.Terentyev, Z.G.Shishkanovdan).
Qon plastinkalari-trombotsitlar. Qon plastinkalari - trombotsitlar qonda har xil shaklda bo'lishi mumkin. Ko'proq yumaloq yoki ovalsimon shaklda ko'rinadi. Agglutinatsiya, ya'ni parchalanish xususiyatiga ega. O'lchami 2-3 mk ga teng. Umumiy miqdori 1 mm 3 qonda 200-300 mkga yetadi. Har qaysi plastinkasi gialomer va (xromomer) donachalaridan tashkil topgan. Gialomerlar plastinkaning asosini tashkil etsa, granulomerlar mayda donachalar shaklida uning markazida bo'ladi yoki tarqalib joylashadi. Romanovskiy bo'yog'I bilan bo'yalganida gialomer oqish - havo rangga bo'yaladi. Granulomer (donachalar) to'q qizil yoki binafsha rangga bo'yaladi. Odam va sut mizuvchilarning qon plastinkasida yalrolari bo'lmaydi. Sitokimyoviy usulda bo'yalganda DNK musbat natija beradi. Umurtqalilaming boshqa sinf vakillarining (qushlarda ham) qon plastinkalarida yadrolari bo'lib, ularmi trombotsit hujayralar deyiladi. Bu hujayralar mustaqil hujayra bo'lib, suyak ko'migida uchraydigan yirik hujayra - megaka-riotsitlarning yuqori darajada tabaqalangan sitoplazmasidan hosil bo'ladi. Plastinkalar tarkibida tromboplastin fermenti bo'lib, qon quyilishida, tomirlardan qon oqqanda uning to'xtashida muhim vazifa bajaradi. U qon plastinkasi parchalanganida ajrab chiqadi va qon quyulishida ishtirok etadi. Plastinkalarning o'rtacha umri 8 kun.
150
; itf^i^teisMsisaeraa

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling