E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Donachasiz leykotsitlar-agronulotsitlar


Download 1.72 Mb.
bet70/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Donachasiz leykotsitlar-agronulotsitlar. Donachasiz leykositlar morfologik tuzklishi va vazifasiga ko'ra donachali leykotsitlardan farq qiladi. Hujayra markazida bitta yumaloq yadrosi bor. Donachali leykotsitlarga o'xshash segmentlari yoki donachalari bo'lmaydi. Odatda, kam miqdorda bo'lib, sharoitga qarab tuzilishini o'zgartirib turadi. Ayrim vaqtlarda fagositoz vazifasini bajaradi. Donachasiz leykotsitlar bemalol qon tomirlardan tashqariga chiqib, u yerdagi biriktiruvchi to'qimalarga kiradi. Qonda uch xil: limfotsit, plazmosit va monotsitlar shaklida bo'ladi.
147
Limfotsitiar oq qon tanachalari orasida ko'p tarqalganlar qatoriga kiradi (31-rasm). Miqdori har xil umurtqalilarda turlicha. Ayrim sutemizuvchilar va qushlarda limfotsitiar umumiy leykotsitlar miqdorining 40-60% ni tashkil qilsa, yirtqich toq tuyoqlilarda 20-40% ni tashkil etadi. Limfotsitiar ko'pchilik umurtqali hayvonlarda va odamda leykotsitlar umumiy miqdorining 25-35% ni tashkil etadi, shakli yumaloq, o'rtacha diametri 7-10 mk. Yirik-maydaligiga qarab-yirik, o'rtacha va mayda limfotsitlarga bo'linadi. Ular orasida eng ko'p

30-rasm. Segment yadroli bazofil leykotsit. Elektron mikrofotogramma (11000 marta kat.).
uchraydigani maydasi bo'lib, limfotsitlarnnng 60% ni, o'rtachasi -33% ni va yirigi 1% ni tashkil etadi. Mayda va o'rtacha limfotsitiar yadrosi to'q bo'lib, mikroskopda yaxshi ko'rinadi. Yirik limfotsitlarda yirik, ovalsimon bo'Iadi. Limfotsitiar kam tabaqaiangan hujayralar qatoriga kiradi va boshqa hujayralarga aylanib, organizmda ulardan gistiotsit, makrofag va gemositoblastlar hosil bo'Iadi. Sitoplazmasida organoidlarning hammasidan uchraydi, Limfotsit o'rtacha 3-6 kun yashandi. Ular yirik-maydaligidan tashqari, T - limfotsit va V -limfotsitlarga bo'linadi.
T-limfotsitlar ayrisimon bez-timus ichida timotsitlav deyilsa, undan chiqqanidan so'ng T-limfotsitlar deyiladi. Bular organizmda immunitetning saqlanishida ishtirok etadi, fagotsitoz qilish xususiyatiga ega.
B - limfotsitiar nomi qushlarning limfoid organi hisoblangan burs fabritsius degan nomdan olingan bo'lib, birinchi marta u shu organda topilgan. B - limfotsitiar ham immunitetni ta'minlashda ishtirok etadi. O'zidan maxsus oqsil-antitelo ishlab chiqarib, organizmni bakteriyalardan va yuqumli kasalliklardan saqlaydi. Uning antitelo ishlab chiqarishi T-limfotsitlar ta'sirida yuzaga keladi, odatda, yuqumli kasallikdan tuzalayotgan odamlarda limfotsitiar soni ortib ketadi,
148
kasallikning boshida esa kam boiadi.
Plazmotsitlar ayrim (3 - limfotsitlarning tabaqalanishi jarayonida hosil bo'ladigan hujayralardir. Ular suyak ko'migi, taloq, limfa tugunlari va siyrak biriktiruvchi to'qimalar tarkibida uchraydi. Hamma leykotsitlarning 1 % ni tashkil etadi. Bu hujayralar ham yumaloq shaklda bo'lib, diametri 8 mkga teng. Yadrosi ovalsimon, ekssentrik joylashadi. Endoplazmatik to'rning yuksak darajada rivojlanishi hujayraning immun oqsillari, ya'ni gamma-glabulin ishlab chiqarishi bilan bog'liq. Ayrim vaqtlarda qondagi glabulin oqsilini ham ishlab chiqarishi bilan bog'liq.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling