E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet72/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Qon hosil bo'Iishi
Qon hosil bo'Iishi, ya'ni gemopoez (grekcha homa - qon, poisis -yaratilish demakdir) deb, qon shaklli elemnttlarining hosil bo'Iishi, ya'ni rivojlanishiga aytiladi. Gemopoez organizmning embrional rivojlanishi davrida to'qima sifatida paydo bo'lsa, postembrional davrda fiziologik regeneratsiyaga uchraydi. Chunki organizmda doimo nobud bo'lib turadigan shaklli elementlarning o'rnini yangilari to'ldirib turadi.
Embrionda qon hosil bo'Iishi
Embrionda qon, dastlab sariq tanachada, so'ng jigar, taloq va suyak ko'migida hosil bo'ladi. Hamma joyda ham qon yaratilishi uchun mezenxima hujayralari birlamchi qon hujayrasi bo'lib xizmat qiladi. Embrionning uchinchi haftalarida sariq tanacha devoridagi mezenxima hujayralari asta-sekin yumaloq shaklga kirib, birlamchi qon hujayralari paydo bo'la boshlaydi.Ular yig'ilib, qon orolchalarini hosil qiladi. Orolchalar atrofidagi hujayralar asta-sekin yassilanib, boshqa hujayralardan ajraladi va endoteliy hujayralarga aylanadi. Ular birlamchi qon tomirlar devorini tashkil etadi. Bir nechtasi bir-biri bilan tutashadi va boshlang'ich qon tomirlar sistemasini hosil qiladi. Qon orolchalari o'rtasidagi mezenxima hujayralaridan birlamchi qon hujayrasi -birlamchi gemotsitoblast paydo bo'ladi. Gemotsitoblast hujayralar yumaloq shaklda bo'lib, diametri 13-15 mk ga teng. O'rtasida xromatinga boy yumaloq yadrosi, yadrosi ichida 2-3 dona yadrochasi bo'ladi.
Gemotsitoblastlar ko'payishi natijasida birlamchi eritrotsitlar hosil bo'lib, ularda tezda gemoglobin moddasi yig'ila boshlaydi. Embrion rivojlanishining ikkinchi yarmida birlamchi eritrotsitlar asta-sekin yo'qolib, qolgan gemotsitoblast hujayralardan ikkilamchi eritrotsitlar hosil bo'ladi. Ular birinchisiga nisbatan ancha murakkab yo'l bilan tabaqalanadi. Ikkilamchi eritrotsitlarda asta-sekin gemoglobin yig'ila, boshlaydi, natijada, awal polixromatqfil eritroblast hosil bo'ladi. Shunday qilib, eritrotsitlar bir yo'la eritropoez yo'li bilan ham paydo bo'ladi. Qizil qon tanachasi paydo bo'Iishi bilan birga, qon orolchalaridan hosil bo'lgan tomirlarning atrofidagi mezenxima hujayralaridan donachali lenkotsitlar ham hosil bo'la boradi. Binobarin, granulopoez jarayoni ham birga kechadi. Bunda gemositoblast
151
hujayralari sitoplazmasida donachalar tez yig'ilib, yadrolari jipslashib yetilgan hujayralar hosil bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, dastlabki qon elementlari sariq tanacha devorida paydo bo'ladi, eritropoez intravaskular jarayon tomirlar ichida kechadi, granulopoez ekstravaskular yo'l bilan sodir bo'ladi.
Embrion rivojlanishining oltinchi haftasida sariq tanacha asta-sekin atrofiyaga uchrashi bilan qonning keyingi takomili jigarga o'tadi. Jigardan eritro va granulopoezdan tashqari, gigant hujayralar, ya'ni megakariotsitlar (35-60 mk) ham hosil bo'la boshlaydi. Qon takomillashishida ko'migidagi jarayon uchinchi bosqich hisoblanadi. Binobarin, 3-4 oydan boshlab qonning keyingi takomillashuvi jigardan suyak ko'migiga o'tadi. Unda eritrotsit, leykotsit va qon plastinkalari hosil bo'ladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling