E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Me'da osti bezining endokrin qismi
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- UCHINCHI QISM ICHKI MUHIT TOQIMALARI
Me'da osti bezining endokrin qismi
Me'da osti bezining mikroskopik tuzilishi va funksiyasi hayvonlardan baliqlarda, amfibiy, reptiliy va sutemizuvchilarda yaxshi o'rganilgan. Aralash bezlar qatoriga kirib, ekzokrin va endokrin qismlaridan tashkil topgan. Ekzokrin qismi ovqat hazm qilish sistemasida batafsil yozib o'rganilgan. Endokrin qismi Langergans orolchalarini tashkil qiluvchi hujayra guruhlardan tashkil topgan. Oroichalarning soni 1-2 mln, diametri esa o'rtacha 100-300 mkm teng. Tarkibini bir necha xil hujayralar tashkil etadi. Ularning ichida eng ko'p uchraydigan beia hujayralari 60-80% ni tashkil etib, asosan, insulin gormonini ishlab beradi. Ikkinchi alfa hujayralari boiib, ular 10-30% ni tashkil etib, glukogen gormonini sintez qiladi. Uchinchi esa, «D» hujayrasi deyilib, gipofizning o'sish gormoni chiqishiga to'sqinlik qiladi, shu bilan birga, insulin va glukogen chiqishini sekinlashtiradi. Insulin (lotincha - insula orolcha) gormoni jigarda glukozadan glikogen sintezlanishini tezlashtiradi va parchalanishiga to'sqinlik qiladi, periferik qonda qandning kamayishiga olib keladi. Hujayralar tomonidan glukozaning o'tkazuvchanlik xususiyatini oshiradi. Insulin chiqishi bilan qondagi qand miqdori o'rtasida o'zaro aloqa mavjud. Qonda qand ko'paysa, insulin ko'p ishlab beriladi yoki teskari jarayon bo'lishi mumkin. Qonda qand kamayib ketsa, unga gipoglekemiya deyiladi. Bunda organizm karakt (organizm uchun xavfli jarayon) holatiga tushib qolishi mumkin. Masalan, qon tomiriga katta dozada insulin yuborilsa, shunday holat sodir bo'ladi. Agar tezda qonga glukoza yuborilsa, karaktning oldini olish mumkin. Insulin yetishmaganida esa, qandli diabet kasali kelib chiqadi. Bunda qonda qand miqdori ko'payib ketadi. 136 UCHINCHIQISM ICHKI MUHIT TO'QIMALARI Ichki muhit to'qimalari deganda, odatda, tashqi muhit bilan ham, ichki organlar bo'shiiqlari bilan ham tutashib turmaydigan, morfologiyasi va vazifasi har xil, ammo hayvon yoki odamning ichida joylashgan to'qimalar tushuniladi. Ulardan qon, limfa va siyrak biriktiruvchi to'qimalar butun organizm hujayralarini oziq moddalar bilan ta'minlaydi. Mana shu xususiyati, ya'ni vazifasiga ko'ra ular trofik to'qima deyiladi. Ular organizmni turli xil zararli moddalar va infek-siyalardan himoya qiladi, ya'ni Mechnikovning fagositoz qonuniyatiga ko'ra, organizmga tushgan mikrob yoki boshqa yot moddalarni muayyan qon va biriktiruvchi to'qima hujayralari: o'ziga qamrab olib yemirib yuboradi. Shuningdek, mazkur to'qimalar hujayralararo moddalarning kimyoviy va kolloid-dispers tarkibi doim birday bo'lishini ta'minlaydi ham. Suyak, tog'ay, pay, boylamlar, fassiya (parda, qobiqlar) va aponevrozlar esa tayanch vazifasini bajaradi. Ular uchun birdan-bir umumiy xususiyat to'qimalarda hujayralararo moddalar rivojlangan bo'ladi. Shunga ko'ra, hujayra elementlari bir-biridan ancha uzoqda yotadi. Bundan tashqari, qon bilan limfa to'qimalandagi hujayralararo modda suyuq, tog'ay bilan suyak to'qimalaridagi hujayralararo modda zich bo'ladi va hokazo. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling