E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Yakka joylashgan gormon hosil qiluvchi hujayralar


Download 1.72 Mb.
bet63/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Yakka joylashgan gormon hosil qiluvchi hujayralar
Bunday hujayralar majmuasi ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga yakka joylashgan neyroendokrin hujayralar kirib, gormon neyroaminlarni sintez qiladi. Bu guruhning neyroendokrin hujayralari bosh miyada va boshqa a'zolarda uchraydi. Bularga qalqonsimon bezining parafollekular hujayralari, buyrak usti bezi miya moddasining xromofin hujayralari hamda hazm sistemasi shilliq qavatida uchraydigan endokrin hujayralar kiradi. Bularga xos xususiyatlaridan bittasi bu hujayralarning faoliyatiga gipofiz gormonlari ta'sir qilmaydi. Neyroendokrin hujayralar faoliyati simpatik va parasimpatik nervlar orqali ham boshqariladi.
Ikkinchi guruhga boshqa to'qimalardan yakka yoki guruhlar hosil qilib takomillashgan gormon ishlab beruvchi hujayralar kiradi. Bu hujayralarga urug'donning testestron gormonini ishlab beruvchi, tuxumdcnning esterogen va progesteron hosil qiluvchi gormonlari kiradi. Bular steroid gormonlar hosil qilib, adenogipofizning gonodotropin gormonlari ta'sirida boshqariladi. Bular neyroaminlar hosil qilmaydilar.
Jinsiy bezlarning endoktrin qismi
Jinsiy bezlarga urug'don va tuxumdonlar kirib, ular jinsiy hujayralar bilan birgalikda jinsiy faoliyatni boshqarib turishda rahnamolik qiladigan jinsiy gormonlar ishlab, qonga chiqarib beradilar. Jinsiy gormonlar jinsiy a'zolar funksiyasini hamma tomonlariga, jumladan, organizm umumiy holatiga, ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo'lishiga va boshqa qator jarayonlarga ta'sir ko'rsatadi. Urug'donlarda erkaklik, tuxumdonlarda esa ayollar jinsiy gormonlari ishlab beriladi. Erkaklik jinsiy gormonlari androgenlarga testestron, andestron, izoandestron va boshqalar kiradi. Bu gormonlar ichida eng aktivi testestron hisoblanadi. Bu gormonni urug'donda uchraydigan Leydig
134
I ■■■■■■■■■■
hujayralari ishlab beradi. Erkaklik jinsiy gormonlarini ishlab berishda Sertoli hujayralari ham ishtirok etsa kerak. Kuzatishlarda ma'lum bo'lishicha, spermatozoidlar qancha tez hosil bo'lsa, Sertoli hujayralarining protoplazmasida shuncha tez parchalanish jarayoni kuzatilgan va shuncha ko'p jinsiy gormonlar ishlab beriiib, qonga chiqarilgan. Testestrondan tashqari, barcha adrenogenlar shu gormonlar organizmda almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlardir.
Organizmda erkaklik jinsiy gormonlarining ta'sir qilish faoliyatini kasteratsiya, ya'ni bichilgan hayvonlarda kuzatish mumkin. Erkak hayvonlar bichilganida, sperma hosil qilish xususiyati yo'qoladi va xulq-atvorida ham bir qancha o'zgarishlar kuzatiladi. Bunday hayvonlar tinch yurish semirishga moyil bo'lib, ikkilamchi jinsiy belgilari ham regeneratsiyaga uchrab yo'qolib ketadi. Agar unga boshqa hayvon urug'doni ko'chirib o'tkazilsa unda yana erkaklik xususiyatlari va jinsiy reflekslari paydo bo'la boshlaydi. Lekin ko'chirib o'tkazilgan urug'don so'rilib ketganidan so'ng, ya'ni yo'qolib ketadi.
Ayollar tuxumdonlaridagi follikulalarning hujayralarida estero­genlar, ya'ni ayollar jinsiy gormonlari sintezlanadi. Esterogenlar sintezlanib, follekula suyuqligida saqlanib turadi. Bu gormon ayollarga xos xususiyatlar beradi. Jinsiy siklga, ikkilamchi jinsiy belgilarga, bachadon, qin shilliq pardalarining o'sishiga, sut bezlarining yetilishiga, oqsillar, anorganik moddalar, kaliy almashinuviga ta'sir ko'rsatadi, kapillar tomirlar devori o'tkazuvchanligini oshiradi. Oliy nerv sistemasiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Ayollarda bu gormonlardan tashqari sariq tanachada progestron ishlab beriladi. Progestron gipofizda gonadotropin gormonlar hosil bo'lishiga va follikulalarni yetilishiga to'sqinlik qiladi va shu tariqa homilaning normal kechishi, sut bezlarining yaxshi yetilishi va ishlashiga sharoit yaratadi.
Ma'lum bo'lishicha, organizm normal holatida ham urug'donlarda bir oz miqdorda bo'lsa ham ayollar gormoni, tuxumdonlarda erkaklar gormoni ishlab chiqilishi isbotlangsn. Jinsiy gormonlarning ishlab berilishi markaziy nerv sistemasi yordamida boshqariladi. Bunda gipofiz ham o'z gormonlari bilan ta'sir qilib turadi.
Jinsiy anomaliyalar ham uchraydi. Ayrim hollarda bitta organizmda erkaklarga va ayollarga xos (urug'don va tuxumdon) a'zolar uchrashi mumkin. Bunday holga germafroditizm deyiladi. Lekin ikkalasi baravar rivojlanmay, bittasining rivoji ikkinchisidan ustunroq bo'ladi. Jinsiy bezlar tug'ilishidan boshlab rivojlanmay qolsa, bu ovnuxoidizm deb
135
ataladi. Uchinchi xili organizm jinsiy sistemasi rivojlanmay qolib, katta bo'lganida yoshlik belgilari qolishi mumkin. Bu infantilizm deb ataladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling