E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezlari - glandula suprarenalis. Ikkala buyraklarning yuqorigi qutbida, qalin yog' to'qimasi orasida joylashgan (25-rasm). Ularning har biri biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan umumiy kapsula bilan o'ralgan bo'lishiga qaramasdan po'stloq va mag'iz qismini tashkil qiluvchi ikkita bezdan tashkil topgan. Bularning rivojlanishi ikkita manbadan kelib chiqqan. Po'stloq qavat mezodermadan, miya qavat esa ektodermadan rivojlanadi. Miya qismi kelib chiqishi bilan simpatik nerv sistemasi bilan birga bitta manbadan rivojlanadi. Po'stloq va miya qismlari mikroskopik tuzilishi va funksiyasi bilan bir-birlaridan farq qiladi. Miya qismini tashkil qiluvchi hujayralar xromofil hujayralar qatoriga kiradi. Chunki ular kaliy bixromat bilan bo'yalganida sarg'ish-jigarrangga och bo'yaladi. Buyrak usti bezlari ham qon tomirlariga boy bo'lib kapillyar to'rini tashkil qilgan holda tuzilishiga ega. Kapillyar to'ri nihoyatda mayda va zich holda bo'lgani tufayli ular ham sinisoid kapillarlar nomi bilan ataladi. Buyrak usti bezlari ham buyrakka o'xshab qorin pardasi orqasida XI-XII ko'krak umurtqalarining qarshisida joylashadi. Bitta buyrak usti bezining og'irligi 12-13 gr ga teng. Yangi tug'ilgan bolalarda 8-10 gr bo'lib, bir yil mobaynida 2-3 martaga kamayadi. E yoshga kelib asta tiklana boshlaydi. Yoshi 20 ga yaqin to'la tiklanadi. Buyrak usti bezlarini o'rtasidan ikki pallaga bo'linsa, po'stloq va mag'iz qismlari ko'rinadi. Po'stloq qavat hujayralari o'zlarining kelib chiqishiga qarab epiteliy hujayralariga o'xshaydi. Bu hujayralar tarkibida ko'plab lipid kiritmalari uchraydi. Po'stloq qismi uchta zonani tashkil etadi. Tashqi koptokchali zona, o'rta tutamli zona va ichki to'rsimon zona. Bulardan tashqari, po'stloq qismida bez kapsulasining ostida tartibsiz holda joylashgan kam tabaqalangan (kambial) hujayralar joylashadi. Bu hujayralar ko'payish xususiyatiga ega bo'lib qolgan qismi hujayralarini to'ldirib turadi. Hozirgi vaqtda bez - po'stloq qismining uchchala zoni hujayralari 40 dan ortiq gormon ishlab berishi aniqlangan. Bu gormonlar, asosan, uchta guruhga bo'lib o'rganiladi: 131 Mineralokortikoidlar. Glukokortikoidlar. Androgen va esterogenlar. 25-rasm. Buyrak usti bezi (ok.5, ob.20): 1 -kapsula; 2-po'stloq moddasi; 3-mag'iz moddasi; 4—vegetativ gangliyasi; 5-qon tomirlari; 6-biriktiruvchi to'qima; 7-koptokli zona; 8-tutamli zona; 9-to'rsimon zona; 10-xromofin hujayrasi; 11-kapilar tomirlar. Mineralokortikoid gormonlari koptokchali zona hujayralari tomonidan ishlab beriladi. Bu gormonlar, avvalo, qondagi natriy va kaliyning miqdorini, meyorini tutib turadi. Bundan tashqari, buyrak kanalchalarida natriy xlor reabsorbsiyasini kuchaytirib, kaliy reabsorbsiyasini susaytiradi. Natijada, qon, limfa va to'qima oraliq suyuqliklarida osh tuzining miqdori ko'payib kaliy kamayadi. Shunday qilib, osmotik bosim bir me'yorida boshqarilib turadi. Organizmda suv kerakli miqdorida yig'ilib turadi. Mineralokortikoidlarga aldasteron gormoni kiradi. Glukokortikoidlar tutamli zona hujayralari tomonidan ishlab beriladi. Bular organizmda karbon suvlar almashinuvini, fosforlanish jaray^gnjarini boshqarad^ s)(a'ni oqsillarni uglevodlarga aylanishini tezlishtiradi. Natijada, jigarfia oksidlanish va dezarrmrlanish reaksiyalari kuchayadi. Oqibatda, qonda qand, jigar va muskullarda glikogen 152 miqdori ko'payadi. Bu gormonlar uglevodlarni yoqqa aylantirish jarayoniga ham to'sqinlik qiladi. Bu gormonning yetishmasligi natijasida karbonsuv almashinuvi jarayonlari buzilib, gipoglikemiya va jigarda glikogen miqdorining kamayishi, buyraklar funksiyasining kamayishi, pigment almashi-nuvining ishdan chiqishi va organizmda azot chiqindilarining yig'ilib qolish hodisasi yuz beradi. Ular ko'p miqdorda organizmga yuborilsa, muskul va biriktiruvchi to'qima oqsillari keskin kamayib ketadi. Glukokortikoidlarga kortikosteron, kortizon (gidrokartizon) gormoniari kiradi. Androgen va esterogen gormoniari to'rsimon zona hujayralari tomonidan ishlab beriladi. Ular ta'siri jinsiy gormonlar funksiyasiga o'xshaydi. Ma'lum bo'lishicha, androgen gormoni jinsiy a'zolar va ikkilamchi jinsiy belgilarga ta'sir ko'rsatishi bilan birga, oqsil sintezini tezlashtiradi. Skelet muskullarini rivojlantirib, bo'yni o'stiradi. Buyrak usti bezi giperplaziyaga yoki rak kasaliga uchrasa, bu gormonning miqdori qonda ko'payib ketishi, ayollarda, ayniqsa, ikkilamchi jinsiy belgilarni yuzaga keltiradi. Ayollar gavdasi erkaklarnikiga o'xshab kattalashadi, mo'ylov va soqol chiqa boshlaydi. Bunday holatga adreno-genetal sindromi nomi berilgan. Esterogen gormoni ham qonda ko'payib ketsa, jinsiy faoliyatni buzilishiga olib keladi. Yosh qizlarda voyaga yetish jarayonlari o'z vaqtidan ilgari kuzatiladi. Buyrak usti bezining miya qismidagi hujayralar adrenalin va noradrenalin gormonlarni ishlab chiqaradi. Ikkala gormon ham organizmda fenallanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo'ladi. Adrenalin ta'siri natijasida ko'z qorachig'I kengayadi. Yurak qisqarish ritmi tezlashadi, muskullarning qo'zg'aluvchanligi va kuchi oshadi. Adrenalin arteriya va kapillar tomirlarni (yurak toj tomirlaridan tashqari) torayib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, bronxlarni kengaytiradi, ichak peristaltikasini pasaytirib, muskullarni bo'shash-tiradi, sfinkter muskullarini qo'zg'atib, ularning yopilishiga olib keladi. Adrenalin uglevod almashinuvida ishtirok etib glikogen moddasining glukozaga aylanishini va qonda qand miqdorini o'z me'yorda saqlashni boshqarib turadi. Noradrenalin periferik arteriolalar devorini qisqartiradi, natijada, qon bosimining oshishiga olib keladi. Sistolik va diastologik arteriya bosimini oshiradi. Me'da-ichak devorlari, o't pufagi devorlariga juda zaif ta'sir qiladi. Uglevodlar almashinuviga organizmdagi oksidlanish 133 jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir xil, ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta'sir ko'rsatadi. Odatda, adrenalin va noradrenalin gormonlariga ta'sir qiluvchi fermentlardan aminooksidaza va tirozinaza ta'siri natijasida tez parchalanadi, natijada, bu gormonlarning ta'siri organizmda uzoqqa cho'zilmaydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling