E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
19-rasm. Bir hujayrali bezlarning tuzilish sxemasi:
A - aksolotning qadoqsimon epdoepiteliy ichak bezi; B - shilliqqurtning kolbasimon ekzoepiteliy teri bezi; D - shiliqqurt oyog'ida uchraydigan naysim in ekzoepiteliy bez; E - tut ipak qurti endotsiti (tarmoqlangan yadroli bir hujayrali endokrin bez); F - aksolot ovalsimon endoepiteliy teri bezi (Leydig hujayrasi); 1 - bir hujayrali bezlar; 2 - qoplovchi to'qilmaning epiteliy hujayrasi. molluskalar va ko'pgina boshqa jonivorlarning bez mahsulotlari to'siqlik vazifasini o'taydi. Turli umurtqasiz hayvonlarda bir hujayrali bezning boshqa shakllari ham uchraydi (19-rasm). 113 Ichak epiteliysi tarkibida uchraydigan bir hujayrali bez mikroskopda yaxshi ko'rinadi. Sekret, asosan, hujayraning apikal qismiga surilgan bo'lib, o'lchami har xil bo'lgan pufakchalar shaklida sitoplazmani to'ldirib turadi. Yadro va organoidlari sitoplazma devoriga yaqin yoki bazal qismiga surilgan bo'ladi. Organoidlardan ko'zga yaxshi ko'rinadigani bu-yadroning apikal qismida jonlashgan Golji apparatidir. Bu hujayra, asosan, shilliq sekret ishlab chiqaradi. Hujayraning apikal qismi kengaygan bo'lib, bazal qismi tomon ingichkalashib boradi. Sekret apikal qismidagi teshikchadan tashqariga chiqib, hujayra yana qadahsimon shaklga kiradi. Ko'p hujayrali ekzokrin bezlar Bu xildagi bezlar har xil yiriklikda va mustaqtl tuzilishga ega bo'ladi. Tarkibida bez hujayralaridan tashqari, boshqa to'qima hujayralari ham uchraydi. Lekin sekret ishlab chiqarishda faqat 20-rasnu Ekzoepiteliy ekzokrin bezlarining tuzilishi va sekretsiya tiplari (sxema): A-epiteliy; B- biriktiruvchi to'qima; 1-tarmoqlanmagan oddiy naysimon bez; 2-tarmoqlanmagan oddiy alveolar bez; 3-tarmoqlangan oddiy naysimon bez; 4-tarmoqlangan oddiy alveolar bez; 7-apokrin usulida sekretsiya qiluvchi bez; 8-golokrin usulida sekretsiya qiluvchi bez; b-sekretyig'ilayotgan hujayra; d-parchalanayotgan hujayra. 114 glandulotsitlar ishtirok etsa, boshqa to'qimalari bezning trofik va metabolit jarayonlarida ishtirok etadi. Ekzokrin beziar turlicha murakkablikka va xilma-xil strukturaga ega (20-rasm). Shuning uchun, ularni o'rganishda morfologik tuzilishiga asoslanib yaratilgan klassifikatsiyadan foydalaniladi. Organizmda uchraydigan ko'p hujayrali tashqi sekretsiya bezlari chiqaruv kanalchalarining tarmoqlanishiga qarab, oddiy va murakkab bezlarga bo'linadi. Oddiy beziar, o'z navbatida, tarmoqlanmagan va tarmoqlangan chiqaruv kanalchali guruhlarga bo'linib, har bir guruhdagi beziar o'z shakliga ega va organizmning har xil joylarida tarqalgan. Tarmoqlanmagan oddiy beziar, naysimon, alveolyar (sharsimon) hamda kalavasimon shaklda bo'ladi, ya Bu xildagi beziar har xil yiriklikda va mustaqil tuzilishga ega bo'ladi. Tarkibida bez hujayralaridan tashqari, boshqa to'qima hujayralari ham uchraydi. Lekin sekret ishlab chikarishda faqat glandulotsitlar ishtirok etsa, boshqa to'qimalari bezning trofik va metabolit jarayonlarida ishtirok etadi. Ekzokrin beziar turlicha murakkablikka va xilma-xil strukturaga ega (20-rasm). Shuning uchun, ularni o'rganishda morfologik tuzilishiga asoslanib yaratilgan klassifikatsiyadan foydalaniladi. Organizmda uchraydigan ko'p hujayrali tashqi sekretsiya bezlari chiqaruv kanalchalarining tarmoqlanishiga qarab, oddiy va murakkab bezlarga bo'linadi. Oddiy beziar, o'z navbatida, tarmoqlanmagan va tarmoqlangan chiqaruv kanalchali guruhlarga bo'linib, har bir guruhdagi beziar o'z shakliga ega va organizmning har xil joylarida tarqalgan. Tarmoqlanmagan oddiy beziar, naysimon, alveolar (sharsimon) hamda kalavasimon shaklda bo'ladi, ya'ni ular uzun naysimon shaklda bo'lib, nay devorining asosiy qismida sekretor hujayralari joylashadi, ishlab chiqargan sekret esa shu nay bo'shlig'iga o'tib, tashqariga chiqariladi. Tarmoqlangan oddiy bezlarning sekretor qismlari ham xuddi yuqoridagidek (naysimon, alveolar) shaklda bo'ladi, lekin naychalari bitta bo'lmay, bir nechta tarmoqlardan tashkil topgan bo'ladi. Tarmoqlanmagan oddiy naysimon bezlarga ter bezlari, yug'on ichak kriptalari devoridagi beziar, me'daning pilorik qismidagi va ayrim fundal beziar kiradi. Tarmoqlanmagan alveolar bezlarga esa teridagi ayrim yog' bezlari kiradi. Kalavasimon beziar ham me'da devorida uchraydi. Ko'p hujayrali murakkab beziar yuqorida aytib o'tilganidek, ancha yinkligi va nihoyatda murakkab tuzilganligi bilan farq qiladi. Murakkab 115 bezlar tarkibida faqat sekretor bez hujayralari bo'lmay, balki boshqa to'qimalar ham ishtirok etadi. Qolgan to'qimalar boshqa, ya'ni o'ziga xos vazifani bajaradi. Masalan, biriktiruvchi to'qima bezning ichiga o'sib kirib, uni bo'lakchalarga bo'ladi va o'zi bilan tomirlarni olib kirib, bez trofikasini ta'minlaydn. Arim bezlarning chiqaruv kanalchalari atrofida silliq muskul bog'lamchalari uchraydi, ular qisqarishi bilan kanalchalarni sekretiardan bo'shatib turadi. Kanalchalarning ichki yuzasini kubsimon yoki silindrsimon epiteliy to'qima qoplagan bo'ladi. Naysimon murakkab bezlarga - ko'z yoshi va til osti so'lak bezlari, murakkab alveolar bezlarga esa twining ayrim yog' bezlari, me'da osti bezi va quloq oldi so'lak bezlari l.iradi. Aralash, ya'ni naysimonalveolar bezlarga qushlarning qizilo'ngachi devoridagi bezlar va jag' osti so'lak bezlari kiradi. Aralash bezlar tarkibida ikki xil sekretor hujayralar uchraydi. Bin oqsillarga boy sekret ishlab chiqarsa, ikkinchisi shilliq modda ishlab chiqaradi. Ko'p hujayrali bezlarni sekretor bo'Iimlarining shakfi, tarmoqlanisH, sekret chiqariladigan yo'llarining turi, sekretining tarkibi, sekretsiya tiplari va boshqa xususiyatlariga qarab klassifikatsiya-lash mumkin. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling