E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Ko'p qatorli, xivchinli prizmasimon epiteliy
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kop qatorli, path prizmasimon epiteliy.
- 13-rasm. Patsimon epiteliy
92
Ko'p qatorli, xivchinli prizmasimon epiteliy. Xivchin aslida bir hujayrali hayvonlardan yoki boshqa xil hujayralardan o'sib chiqqan ipsimon o'simta bo'lib, harakatlantirish vazifasini bajaradi. Bakteriyalar turini aniqlashda ana shu xivchinlariga e'tibor beriladi. Xivchinlilar deganda butun hayoti davomida bitta yoki bir nechta xivchinga ega bo'ladigan tuban hanvonlar sinfi tushuniladi. Ammo masalan, bulutlarning hazm qilish organi hujayralari ham ana shunday xivchinlar bilan ta'minlangan. Ular qiyosiy gistologiya nuqtayi nazaridan ko'rib chiqiladigan bo'lsa, har bir hujayrasida bittadan xivchip bo'ladi. Ko'p qatorli xivchinli epiteliyga misol qilib yana dengiz kirg'og'ining sayoz qismida yashovchi giatostomulidning teri epiteliysini olish mumkin. Bunday epiteliy hujayralarining ham apikal qismida bittadan xivchini bo'lib, u doim harakatlanib turadi va atrof-muhitdagi o'zgarishlardan yoqimli yoki yoqimsiz ta'sirdan organizmni xabardor qilib turadi. Bunday to'qimaga bir qavatli ko'p qatorli silindrsimon xivchinli epitelip deniladi. Ko'p qatorli, path prizmasimon epiteliy. Bu epiteliy tuzilishi jixatidan qushlarning patiga o'xshab ketadi. Gistologik tuzilishi jihatidan ko'p qatorli epiteliyga o'xshab past-baland bo'lib joylashadi, yadrolari ham bir tekisda emas. Kiprikchali hujayra to'qima yuzasigacha chiqqan bo'lib, protoplazmatik o'simtalar hosil qiladi (13-rasm). Ularning atrofidan mayda patsimon kiprikchalar o'sib chiqadi. Bu epiteliy sudralib yuruvchilar va ayrim qushlar ko'zining pardasida uchraydi. 13-rasm. Patsimon epiteliy (uy kaptari pirillaydigan pardasi ichki yuzasini qoplaydi): 1 - biriktiruvchi to'qima; 2 -bazal membrana; 3 - epiteliy hujayralari qavati; 4 - epiteliy hujayralarining patsimon o'simtalari. 93 Ko'p qavatli epiteliy Epiteliyning bu turi nomidan ham ko'rinib turibdiki, bir nechta qavat hujayralardan tashkil topgan. Har bir qavatini tashkil etuvchi hujayralar morfoiogik tuzilishi va bajaradigan vazifasiga qarab bir-bipidai farq qiladi. Eng pastki qavatni tashkil etuvchi epiteliy hujayralari bazal membrana ustida joylashgan bo'lib, u bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Shuni aytib o'tish kerakki, har bir qavatni tashkil etuvchi hujayralar bajaradigan vazifasiga ko'ra bir-biri bilan bog'liq. Agar ularni bir-biridan ajratib olib, eng qulay sharoit yaratilsa ham, ular nobud bo'ladi. Ko'p qavatli epiteliy umurtqali hayvonlar organizmining aksariyat qismini qoplab turadi. Yo'ldosh orqali ko'payuvchi sutemizuvchilarda va odamda ular t';ri, og'izning kirish qismi va ichki yuzasi, qizilo'ngach, ko'zning muguzlangan pardasi, ayoliar jinsiy organlarining ichki yuzalarini qoplab turadi. Mikroskopik tuzilishiga ko'ra ular uch turga bo'linadi: 1) muguzianadigan; 2) muguzlanmaydigan; 3) o'tib turuvchi epiteliy. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling