E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Bir qatorii prizmasimon (silindrsimon) kiprikli epiteliy


Download 1.72 Mb.
bet42/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Bir qatorii prizmasimon (silindrsimon) kiprikli epiteliy.
Bunday hujayralar 6-7 qirrali prizma tuzilishida bo'lib, silindrsimon shaklga ega. Ovalsimon yadrosi hujayraning bazal qismiga bir oz surilgan bo'iadi. Boshqa prizmasimon hujayralardan asosiy farqi uning apikal qismida mayda kiprikchalar bo'lib, ular doim bir tomonga qarab hilpillab turishidir. Shu sababli, ular hilpillovchi epiteliy ham deyiladi. Bunday hujayralar, odatda, sutemizuvchi hayvonlar, odatda, sutemizuv-chi hayvonda va odamda bachadon naychasi ichki devori bilan bachadonning ichki yuzasinj qoplab turadi. Bunday epiteliy hujay-ralarining atrofida ko'pgina bez hujayralari ham joylashgan bo'lib, ularning chiqaruv kanalchalari naycha bo'shlig'iga ochiladi. Ishlab chiqarilgan sekret nay bo'shlig'iga chiqadi. Naychaning kiprikli epiteliy hujayrasining asosiy vazifasi o'z harakati, ya'ni doimo hilpillab turish bilan nay bo'shlig'ida urug'langan tuxum hujayrani bez sekreti yordamida bachadon bo'shlig'i tomon surishdan iborat. Bachadonga kelib tushgan urug'langan tuxum hujayra bachadon bo'shlig'i devoriga o'rnashib olib, shu yerda o'ziga makon topadi va rivojlana borib embrionga aylanadi. Binobarin, homila shu tariqa dunyoga keladi.
Bir qatorli xivchinli prizmasimon (silindrsimon) epiteliy. Bir qavatli xivchinli silindrsimon epiteliy qatoriga silindrsimon shakldagi yuqori prizmasimon hujayralar kiradi. Ularning apikal qismida bitta yoki ikkita xivchin bo'iadi. Bunday epiteliy hujayralari, asosan, umurtqasiz hayvonlarning ovqat hazm qilish organlarida uchraydi. Har xil umurtqasiz hayvonlarda bu hujayra har xil tuzilgan bo'iadi. Masalan, bulutlarning ovqat hazm qilish organlaridagi so'ruvchi epiteliy, ya'ni gastral hujayralar pastdan yuqoriga tomon konus shaklida ingichkalashib boradi, apikal qismida bittadan xivchin bo'iadi. Xivchinlarining vazifasi hilpillab oziq moddalarni ichkariga yo'nalgnrishdan iborat.
Kovakichlilarda ham ovqat hazm qilish organlaridagi epiteliy hujayrala. xivchinli bo'iadi. Bular ikkiga bo'linadi; biri ovqat hazm qilishda ishtirok etadi, bular apikal qismida ikkitadan xivchinga ega. Ikkinchisi bez hujayralari qatoriga kiradi, ular ovqat hazm qilish yo'liga sekret ishlab chiqaradi. Bez hujayralarining apikal qismida ham ikkitadan xivchin bor.
Hozirgi vaqtda aniqlanishicha, xivchinli silindrsimon epigeliy bulutlardan tashqari, kovakichlilarda, ignatanlilarda, yelkaoyoqlilar va
85
bosh skeletsiz hayvonlarda ham uchraydi. Odamda va umurtqali hayvonlarda xivchinli hujayralar bu - erkak jinsiy hujayralari, ya'ni spermatozoidlardir.
Bir qatorli chuqur joylashgan mikrovorsinali silindrsimon epiteliy umurtqasiz hayvonlardan so'rg'ichlilar, tasmasimon chuval-changlarning qoplovchi epiteliysida uchraydi. Bu hujayra ham boshqa epiteliy hujayralariga o'xshab bazal membranada joylashgan bo'ladi. Lekin, u yadro va sitoplazmasi bilan birga to'qima ostida joyiashib, yuqorisi ingichkalashib ketgan qismi to'qima yuzasiga chiqib kengayadi va mikrovorsinalar shakliga kiradi. Hujayraning asosiy qismi: yadro, sitoplazma, organoid va hujayra kiritmalari to'qima chuqurligida joylashgan bo'ladi.
Ichak epiteliysining embrion davri
Ichak epiteliysi organizm embrional rivojlanishining boshlang'ich davrida entodermadan hosil bo'ladi. Ma'lumki, embrionning 3-4 haftaligidan boshlab unda ingichka ichak shakllana boshlaydi. Ichakni qoplab turgan silindrsimon epiteliy hujayralarining yuqori qismida ingichka, nozik tuzilgan jiyagi ko'rinadi. Bundan tashqari, hujayralarning asosan, bazal qismida bir qator bo'lib joylashgan yadrolar ham ko'zga tashlanadi. Ayrim hujayralar yadrosi hujayraning apikal qismiga surilgan bo'ladi. Shuni aytib o'tish kerakki, organizmning embrional rivojlanishi davrida ichak epiteliysi boshqa to'qimalarga nisbatan jadal rivojlanadi. Masalan, embrionning 5-7 mm uzunlikdagi rivojlanish davrida hujayralar nihoyatda tez ko'payadi, natijada ichaklaming ichki bo'shliqlari epiteliy hujayrasiga to'lib, embrionning uzuiligi 16-18 mm ga yetganida o'z vazifasini o'tab bo'lgan xujayralar asta-sekin bazal membranadan ajralib turadi va ichak bo'shlig'ini bo'shata boshlaydi. Hujayralarning mana shu ichak bo'sh-lig'idan chiqish jarayoni rekonalizatsiya deyiladi.
Rekonalizatsiya, odatda, ingichka ichakning boshlang'ich, qismida, ya'ni o'n ikki barmoq ichakka yaqin qismida bo'ladi. Ingichka ichakning qolgan qismida va yo'g'on ichakda rekolizatsiya bo'lmaydi. Embrion 5-6 haftalik bo'lganda ichaklar devorida vorsinkalar hosil boia boshlaydi, ularning ayrimlari bo'yiga cho'ziladi, soni asta-sekin ko'payadi. Vorsinkalarning uchlari esa tez o'sib, to'g'nag'ich shakliga kiradi. Ularlan ayrimlari tez yetilib, bo'yi uzun, eni keng, asosi yo'g'onligi bilan boshqalaridan farq qiladi. Vorsinkalarning jadal
86
ko'payishi va o'sish jarayoni, odatda, embrion rivojlanishining 8-10 haftasiga to'g'ri keladi. Eng uzun vorsinkalar aksari ingichka ichak devoridagi epiteJiy hujayralarida uchraydi.
Embrion rivojlanishining 4 oylik davrida vorsinkalarning uzunligi 700 mkm ga yetadi, ya'ni katta odam vorsinkalari uzunligining yarmini tashkil etadi.
Embrionning 8-haftalarida ingichka ichak kriptalarnning paydo bo'lish alomatlari ko'rinadi, 13-haftasida esa kriptalar endoepitelial shaklda, ya'ni yumaloq hujayralar yig'indisi bazal membrananing biriktiruvchi to'qimasi tomonga qarab o'sib kirgan holatda ko'rinadi. So'ng ular yetilib 10-haftasidan ko'paya boshlaydi. Baliq, amfibiya va reptiliyalarning ichak epiteliysida sutemizuvchilarning o'xshash alohida kombial zona boimaydi.
Qadahsimon hujayralar embrionning 9-haftasidan boshlab hosil bo'la boshlaydi. Ularning soni ichakning boshidan oxirigacha asta ko'paya boshlaydi. Ingichka ichak epiteliysini kimyoviy usulda va elektron mikroskopda tekshirish natijasida (Helley, 1979) embrionning 8-haftasidan boshlab ularda ikki xil hujayra, ya'ni so'ruvchi qadahsimon hujayralar hosil bo'lishi aniqlangan. Embrionning 10-haftasidan boshlab epiteliy hujayralari bo'yiga o'sa boshlaydi, epiteliy jiyagi qismida SHIK-musbat moddalar hosil bo'ladi.
So'ruvchi hujayralarda mikrovorsinalardan tashqari, mitoxondriy, donador endoplazmatik retikulum va lipid donachalari (granulalar) topilgan. Embrionning 10-haftasidan boshlab bu hujayralarda lizosomalar hosil bo'ladi va hokazo.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling