E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Maxsus eksperimental-morfologik tadqiqot usuilari
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Maxsus eksperimental-morfologik tadqiqot usuilari
Hozirgi vaqtda hayvonlar yoki odam organlari, to'qimalari va hujayralar' g tuzilishi hamda funksiyasini har tomonlama o'rganish, tadqiq qui n yuqorida bayon etilgan tadqiqot usullaridan tashqari, bi lar borki larga immunologik kimyoviy tadqiaot usuhar axsus ekspenmental morfologik tadqiqot usullanni kiritish , mkin. Shulardan keyingisi, ya 1 maxsus eksperimenta -morfologik tadqiqot usuilari amaliy tekshirish usuilari bo'lib hisoblanadi. Tekshirishning bu usuli, odatda, radiatsion ximerlar, diffuzion kameralar usuli va organ hamda to'qimalarni transplantatsiya qilish usullarini o'z ichiga oladi. Mazkur ish gistologiya kursi dasturiga asoslanganligi uchun shulardan eng ko'p uchraydigan va studentlarga ancha tanish bo'lgan organ va to'qimalarni transplantatsiya qilish usuliga to'xtalib o'tamiz. Bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, organ va to'qimalarni transplaktatsiya qilish, ya'ni ko'chirib o'tkazish hayvonlar ayni hayot kechirayotgan davrda bajariladi. Butun bir organ yoki uning bir qismi, aksariyat, to'qimalar parchasi bir hayvondan olinib, ikkinchi bir hayvonga yoki shu hayvonning boshqa biror yeriga ko'chirib o'tkaziladi. Bundan maqsad ko'chirib o'tkazilgan organ yoki to'qimaning yashab ketish qonuniyatini, ular strukturasidagi o'ziga xos xususiyatlarni, tabiatini va bizga hali noma'lum bo'lib kelayotgan tomonlarini o'rganishdan iborat. Ayniqsa, qon bilan birikuvchi to'qima gistogenezining1 o'ziga xos tomonlarini tadqiq eiishda mazkur usul ancha qo'l keladi. Masalan, nurlangan hayvonga (retsipiyentga) boshqa hayvon (donor) suyak ko'migi hujayralarining suspenziyasini yuborib, qonning o'zak hujayralari bilan biriktiruvchi to'qimalarning differensiyalanish yo'lini kuzatishga imkon 1 Gistogenez - yunoncha histos - to'qima, genesis- keiib chiqish, rivojlanish degan so'zlardan olingan Ontogenezda to'qimalar rivojlanishini ifodalaydi. 15 tug'ildi (bu radiatsion ximerga ham misol bo'ladi, chunki tajribadagi hayvon radiatsion nur bilan nurlantirilgan). Organ va to'qimalarni ko'chirib o'tkazish joyiga ko'ra, ikki xil transplantatsiya farq qilinadi: 1) geterotopik transplantatsiya — organ yoki to'qima o'z o'rniga emas, balki boshqa joyga ko'chirib o'tkaziladi. Masalan, tog'ay yoki muskulni suyak bo'shlig'iga ko'chirib o'tkazish va hokazo: 2) ortotopik transplantatsiya - organ yoki to'qima bo'shatilgan, ya'ni olib tashlangan organ yoki to'qima o'rniga ko'chirib o'tkaziladi. Masalan, olib tashlangan kasal yurak yoki buyrak o'rniga boshqa sog'lom yurak yoki buyrakni ko'chirib o'tkazish va hokazo. Umuman, transplantatsiya masalalarini, organ va to'qimalarni konservatsiyalash, sun'iy organlar yaratish hamda qo'llash usullarini ishlab chiqish va o'rganish o'ziga xos katta soha bo'lib, u bilan biologiya hamda meditsinaning transplantologiya sohasi shug'ullanadi. Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon gistologiyasi ko'p qirrali, murakkab tadqiqot usullariga ega. Ayniqsa, elektron mikroskopiya, gistoximiya, radio-avtografiya kabi usullar to'qima va hujayralaming strukturasi hamda tarkibi haqida to'la tushuncha berish bilan birga, metabolik jarayonning o'tishi xususida bizga mukammal tushuncha beradi. Har qaysi tadqiqot usuli o'ziga xos alohida tekshirish pozitsiyasiga ega. Ammo bir butun holda ular hujayra va to'qimalarning makro va mikro tuzilishini, differensiyalanishini hamda regeneratsiyasini, irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tish qonuniyatlarini o'rganadi va hokazo. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling