2.2 Bioekosning asosiy qonuni
2.3 Kommoner qonunlari
2.4 Evolyutsion va tizimli qonunlar
2.5 Xilma-xillik qonunlari
2.6 Tirik organizmlarning fizik - kimyoviy birlik
qonuni
2.7 Ekologik qoidalar va printsiplar
Adabiyotlar:11; 15; 20; 26.
Tayanch iboralar: akseleratsiya, antibiotlar, biotsenoz,
vegetativ, vikariat, gerbitsidlar, gomologiya, tabiat ilmi, imago,
mutatsiya, ontogenez, Le-Shatel’e printsipi, suktsessiya, takson,
Tibr, filogenez, fito, xromosomalar, evolyutsiya.
2.1.Qonun va qonuniyat haqida tushuncha. Yuqorida
qayd etilganidek, ekologiya ekotizimlarning ichki va ular
o’rtasidagi, xususan biotsenoz va ekotop (biotop) hamda ularni
tashkil etuvchi komponentlari orasidagi munosabatni o’rganadi.
Munosabatlar deganda ob‘ektiv mavjud bo’lgan alohida
guruhlar va ularning barqaror munosabatlarini hamda moddiy
dunyo rivojlanishini va borliqni belgilovchi qonuniyatlar
tushuniladi. Qonuniyatning ob‘ektivligi shundaki, u inson ongi va
hukmiga bog’liq bo’lmagan holda namoyon bo’ladi. Mavjudlik
sifati talablariga javob beruvchi ba‘zi qonuniyatlar qonunlar deb
yuritiladi.
Qonuniyatlar shuningdek, qonunlar sabab va oqibatlarning
bog’liqligini ta‘riflaydi, bunda sabab va oqibatlar ko’pincha o’rni
bilan almashinishi mumkin. Boshqacha xususiyati esa uning
mustaqilligi, ya‘ni bir - biriga nisbatan bog’liq emasligidir. Biror
qonun, hodisa sodir bo’lish sharoiti va mexanizmi mavjud bo’lsa,
boshqasini «inkor» qilmaydi.
Masalan, insoniyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari
6
35
www.qmii.uz/e-lib
www.qmii.uz/e-lib
Do'stlaringiz bilan baham: |