Ecologiya MurodovSh lot doc


Populyatsiya ekotizim bo’la oladimi?


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125
Bog'liq
ekologiya

1.8 Populyatsiya ekotizim bo’la oladimi? Shubhasiz
populyatsiya ham jamoadir, biroq u bir turning alohida 
yashaydigan organizmi bo’lishiga qaramay, populyatsiya va jamoa 
tirik materikning har xil ierarxik darajasini tashqil etadi (1.1 -
rasmda ko’rsatilgan). 
Bizning fikrimizcha, populyatsiya uni o’rab turgan muhiti 
bilan birgalikda qaralsa, ekotizim bo’lishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan botanik T.A. Rabotnov (1950) 
biogeotsenoz va biotsenozning aniq chegarasiga kiruvchi 
organizmlarni turkumlar yig’indisi sifatida tsenopopulyatsiya 
tushunchasini kiritgan.
11 
30 


www.qmii.uz/e-lib 
www.qmii.uz/e-lib 
boshqalar). Shuning uchun ham ekologiya ayniqsa, uning tarmog’i 
hisoblangan amaliy ekologiya, texnik va texnologik fanlar bilan 
uzviy bog’langan. 
Hozirgi davrda ayniqsa, antropogen (inson) omil yaqqol 
sezilmoqda. Shuning uchun ekologik o’rganishning zarur 
yo’nalishlaridan biri-jamiyat va tabiiy tizimlar orasidagi 
munosabatni o’rganishdan iborat. 
L.I. Tsvetkova va boshqalar (1999) «Ekologiya hozirgi 
paytda o’z ildizlari bilan biologiya fani zaminida rivojlangan 
bo’lsada, uning doirasidan chiqib yangi integrallashgan fanga
aylandi va tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlararo ko’prik vazifasini 
bajarmoqda» deb mutlaqo to’g’ri yozgan (24 bet). Shunga ko’ra, 
Yer haqidagi fanlarga ham taalluqlidir, desak xato qilmaymiz. 
Ekologiya nafaqat yuqorida qayd etilgan fanlar bilan, balki 
ma‘lum darajada iqtisod, matematika, informatika, kibernetika va 
boshqa qator fanlar bilan ham chambarchas bog’liq. 
Ekologiya va tabiat muhofazasi fani haqida ham to’xtalish 
lozim. Ekologiya va tabiat muhofazasining vazifalari bir-biriga 
chambarchas bog’liqligini hisobga oladigan bo’lsak, ularni bir 
biridan ajratuvchi chegarani aniqlash aslo mumkin emas. 
Boshqacha aytganda, ekologiyani tabiat muhofazasining nazariy 
asosi deb qarash mumkin. O’z navbatida, tabiat muhofazasi – 
ekologik vazifalarning amaliy tadbirlari va hal etish usulidir. Shu 
ma‘noda ba‘zi hollarda qo’llaniladigan «Texnik ekologiya», 
«Sanoat ekologiyasi» va ba‘zi tushunchalar ekologik fan
hisoblanmaydi. 
Ular faqat ekologik masalalarning muhandislik yechimini 
ta‘minlaydi va dastlab tabiiy muhitning sifatini saqlab qoladi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling