Ecologiya MurodovSh lot doc
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6 Biogeotsenoz.
0.4 Ekologiyaning vazifalari. Ekologiya boshqa tabiiy fanlar singari nazariya, amaliyot va dunyoqarashni shakllantiradi. Nazariy funktsiya insonning sub‘ektiv intilishlarini, tabiatning mavjud ob‘ektiv qonuniyatlarini chuqur o’rganish, shu bilan birgalikda dunyoning ilmiy manzarasini tuzish uchun jonli va jonsizlar birlik qonunlari, ularning o’zaro harakatini o’rganadi. Ekologiyaning amaliy faoliyati nazariy bilimlarga tayangan holda, biosferani antropogen omillar ta‘sirida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy, agrar-sanoat va ijtimoiy tizimlarni ilmiy asosda boshqarish, kelajak avlod uchun sof tabiiy dunyoni saqlashni o’rgatishdan iborat. L.I.Tsvetkova va boshqalar insoniyat jonsiz planetaga o’z qabri ustida «Har kim o’ziga yaxshi 1.6 Biogeotsenoz. Ekotizimga nisbatan biogeotsenoz o’lchamli tushunchaga ega, uning o’lchamligi organizmlarning muayyan majmuali va muhit sharoitlari bilan ta‘riflanadi. Ekotizim uchun keng doirada muayyan majmua tushunchasi mavjud emas. Biogeotsenoz - modda va energiya almashinuvi jihatidan bir-biriga bog’liq bo’lgan jonli va jonsiz tabiat tarkibiy qismlari majmuidir. Bu tabiatdagi eng murakkab tizimlardan biri hisoblanib, avtotrof, xemotrof va geterotrof organizmlarga bo’linadi. Biogeotsenozning tirik tarkibiy qismlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik vositalari, quyosh quvvati, tuproq va uning suv mineral vositalari esa jonsiz tarkibiy qismlariga kiradi. Har bir biogeotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o’sha joyda o’sib unadigan o’simlik hamda hayvonlar bir-biriga monand va o’zaro bog’langan bo’ladi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan boshqa barcha tirik mavjudotlar kiradi. Biogeotsenoz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar kishilar, muhit, hatto uzoq Koinotning ta‘siri ostida ham ro’y beradi.Biogeotsenozni o’rganish qishloq xo’jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Ushbu atama ekologiyaga 1940 yilda V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan. U biogeotsenozga quyidagicha ta‘rif bergan (biogeotsenologik tadqiqotlarning uslubi va dasturi, 1966 yil 14 betda shunday keltirilgan): «Biogeotsenoz - bu Yer yuzasining ma‘lum masofasidagi bir-biriga o’xshash tabiiy hodisalar (atmosfera, tog’ jinslari, o’simliklar, hayvonot olami va mikroorganizm hodisalari)» majmuidir. Bu majmua uni tashqil etuvchi tarkibiy qismlari o’zaro ta‘sirining o’ziga xos alohida xususiyatiga hamda tarkibiy qismlari o’rtasida va ichki dialektik birlikda, doimiy harakatda va rivojlanishda bo’lgan boshqa tabiat hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan xiliga egadir. Bu har bir biogeotsenoz turining o’ziga xos alohida va issiqlik energiya hamda noorganiq va organiq moddalar muvozanatiga olib keladi. Shu bilan birgalikda biogeotsenoz 14 27 www.qmii.uz/e-lib www.qmii.uz/e-lib bo’lishini o’ylagan», degan yozuvni qoldirmasligi uchun o’zining butun aqli, kuchi va mablag’ini sarflashi lozim, deb yozganida naqadar haq edi. Bugun biosferaning kelajagini, nafaqat bugungi kuni, balki ertangni kunini o’ylaydigan madaniyatli, aql-zakovatli kishilarni topish qiyin emas. Biosfera taqdiri bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan tabiiy, texnogen, ma‘naviy element sifatida qabul qilinmokda. Ko’pchilikka hozirgi kunda ijtimoiy muammolar ekologik muammolar bilan chambarchas bog’liqligi sir bo’lmaganligi kabi, zamonaviy ekologiya ham o’z navbatida sotsiologiya, siyosatshunoslik, etika, ma‘naviyat va boshqa ijtimoiy fanlarsiz o’z ma‘nosini yo’qotadi. Yuqorida qayd etilganlardan mantiqan ekologiyaning dunyoqarashni shakllantiruvchi funktsiyasi kelib chiqadi, ya‘ni inson o’zi ham tabiatni bir bo’lagi ekanligini his etishi, tabiiy jarayonlarga o’z ta‘sirini ko’rsatishi, iqtisodiy va ekologik qiziqishlarni hisobga olishi shart. Ekologik muammolarni hal qilish uchun A.V. Losev va G.G.Provadkin ta‘kidlaganidek, «Jamiyatning barcha qatlamlari, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarini birlashtiruvchi g’oya zarur». Shunday g’oya aql-idrok rivojlanishining noosferaga o’tish g’oyasi bo’lishi mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling