Ecologiya MurodovSh lot doc
Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
0.2 Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro
bog’liqligi. Ekologiya biologik fan. U «organizm - muhit» tizimida organizmlarni belgilovchi elementlarni tashkil etuvchilardan biridir. Shu bilan bir qatorda bu ma‘lum ma‘noda muhitga bog’liq bo’lgan «kuchsiz» elementdir. Organizmlar uchun muhitning «ob - havosi» muhim ahamiyatga ega, biroq o’z o’rnida «tabiatda noqulay ob-havoning o’zi yo’q». Shunga qaramasdan, yashash muhitining yomonlashishi muhitga nisbatan befarq munosabatda bo’lganda organizmlarga salbiy ta‘sir etadi. Muhit yomonlashishni qabul qilmaydi, ularni faqat organizmlargina qabul qiladi. Shuning uchun ham ekologiya o’z ishi faoliyati davomida zoologiya, botanika, mikrobiologiya, fiziologiya, genetika, biokimyo, evolyutsion biologiya, geologiya, poleontologiya va boshqa fanlarning ma‘lumotlari va uslublariga tayangan holda ish ko’radi. Bu fanlardan ekologiya ko’pgina izlanish uslublarini va qisman asosiy tushuncha va atamalarni qabul qilgan. Boshqa jihatdan biz «muhit» deb tushunayotgan element geologiya, geokimyo, geofizika, tabiiy geografiya, gidrologiya, tuproqshunoslik va Yer to’g’risidagi boshqa fanlarning asosiy o’rganish manbaidir. Shunday qilib ekologiyani biologiya va Yer to’g’risidagi fanlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan, deb qarash mumkin. Lekin ekologiya va atrof muhit himoyasi vazifalari ko’p hollarda injenerlik va texnologik usullar bilan hal etiladi (chiqindilarni qayta ishlash, kommunal va sanoat oqimlarini tozalash, energiyaning noan‘anaviy usullardan foydalanish va Ikkinchi printsip - chetga chiqish sharoitlari: biotop me‘yoridan qanchalik chetga chiqsa, shuncha biotsenoz qashshoqlashib boradi, shunga qaramasdan ayrim turlarning alohida yashaydigan organizmlarning miqdori birinchi holatdagiga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu birinchi navbatda ekstremal biotoplarga taalluqli, masalan, muhitning o’ta ifloslanishi bilan izohlanadi. Uchinchi printsip - muhitning bir tekis o’zgarishi: muhit sharoitlari qanchalik bir tekis o’zgarsa va shuncha uzoq payt biotop o’zgarmay qolsa, biotsenoz tobora turlarga boy, vazmin va barqaror bo’ladi. Bu evolyutsion - dinamik printsip. Demak, biotopda qanchalik tez o’zgarish sodir bo’lsa, turlarning bu o’zgarishlarga moslashishi qiyin kechadi va turlar tarkiblarining qashshoqlashishiga olib keladi. Nihoyat, to’rtinchisi - jins tur namoyondalari printsipi: jinslarning boy turi, odatda biogeotsenozlarda o’zining birdan-bir namoyondasi mavjud (G.F.Gauze nazariyasi, keyingi bobga qarang). Tabiiy biogeotsenozlarga (butun ekotizim) kiruvchi turlarning faoliyati, muhitda o’zining mavjudligini saqlashga yўnaltiriltirilgan. Turlar muhitni yo’q qilmaydi, vaholanki bu o’z- o’zini yo’q qilishga olib kelgan bo’lardi. Uzoq vaqt oralig’ida jamoalarning ajralganlik darajasi kamayishi mumkin, ekotizimda begona turlar tarqaladi. Natijada bitta biogeotsenoz asta-sekin qonuniy ravishda boshqasiga almashadi. Buni insonning tabiatga nisbatan keng miqyosidagi ta‘sirida ham ko’rish mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling