Ecologiya MurodovSh lot doc
zoologiya, mikrobiologiya
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3 Muhim organizmli biotizimlar.
zoologiya,
mikrobiologiya, mikologiya (zamburug’, qo’ziqorinlar to’g’risidagi fan), ixtiologiya (baliqchilik), ornitologiya (qushlar to’g’risidagi fan), antropologiya (insonlarni o’rganish) va boshqalarni o’rganadi. Organizmlarni tur sifatida, muhit bilan o’zaro munosabatini autekologiya (alohida ekologiya) o’rganadi. Ekologiyaning predmeti muhim organizmlar tuzilishidan tashqari populyatsiya, ekotizim, butun biosferani o’zida mujassamlantiradi. 1.3 Muhim organizmli biotizimlar. Biotizimning quyi bosqichi (darajasi) populyatsiya hisoblanadi. Populyatsiya - bu o’ziga o’xshashlardan ma‘lum belgilari bilan farqlanadigan, o’zidan keyin nasl qoldirish xususiyatiga ega, ma‘lum makonda tarqalgan bir turga mansub individlar yig’indisidir. Ayrim hollardagina tur yagona panmikatsiyalardan tashkil topgan bo’ladi. Ko’p hollarda esa u yuzlab, hatto minglab mahalliy panmikatsiyalarni o’z ichiga oladi. Panmikatsiyalardagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi bilan odatda, o’zaro chatishadigan har xil avlodlarga, hayot bosqichining turli davrlariga, beqaror guruhchalarga (poda, to’da, oila va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi. Populyatsiyalar lokal ma‘lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik qismlarga bo’linadi. Lokal populyatsiyalar deganda, biogeotsenozlarning iqlim, tuproq va boshqa sharoitlari bo’yicha alohida yashayotgan bir qancha turlari tushuniladi (biogeotsenoz atamasining mazmuni 1.6 qismda berilgan). Ekologik populyatsiya - biron bir biogeotsenozda yashaydigan oddiy populyatsiyalar majmuidan iborat bo’lib, qo’shni populyatsiyalardan salgina ajralganligi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun ham ular faqat muvaqqat o’ziga xos morfologik 19 22 www.qmii.uz/e-lib www.qmii.uz/e-lib muhit bilan alohida birlikni ifoda etadi; har qanday tizimlar elementi juda yuqori darajada o’z navbatida tizimlar elementi kuyi tartibda bo’lishi mumkin; tizim uchun emerjentlik xususiyati xarakterli hisoblanadi. Shunday qilib, o’zaro aloqada bo’lmagan elementlarni (ularning yigindisi) bir butun, yagona tizim sifatida qarab bo’lmaydi. Tizim ierarxik tuzilishiga ega, ya‘ni u yuqori tartibli va quyi tartibli elementlar yig’indisi sifatida qaralishi mumkin (tizim yonida). Tizim mutlaqo bir xil elementlardan tashqil topmaydi. Xullas, tizimlar emerjentligi – bu o’zaro aloqada bo’lgan elementlardan paydo bo’ladigan va aloxida elementda kuzatilmaydigan xossalardir. Buni quyidagicha izohlash mumkin: vodorod va kislorod – gazni tashqil etadigan moddalar, suv esa ushbu elementlardan tashqil topgan – suyuqlik, lekin bu suvni agregat holati bo’lib, vodorod va kislorodning agregat holatidan kelib chiqqan emas. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling