alomatlari bilangina farq qiladi. Jo’g’rofiy populyatsiya -
jo’g’rofiy sharoiti bir xil bo’lgan kattaroq hududda yashaydigan
populyatsiya tushuniladi. Ana shu hudud doirasida organizmlar
urchiydi, hayot hodisalarining yagona maromi va boshqa
vazifalariga ko’ra xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bunday
xususiyatlar boshqa jo’g’rofik sharoitda yashaydigan qo’shni
hududdagi populyatsiyadan farq qiladigan morfofiziologik tur (tip)
hosil qiladi.
Populyatsiya chidamliligi, tug’ilishi, o’lishi, o’sishi,
yoshiga qarab tuzilishi, fazoda taqsimlanishi va boshqa qator
xossalari
bilan
tavsiflanadi.
Populyatsiyaning
muhim
xususiyatlaridan biri uning yoshiga qarab tuzilishi hisoblanib,
o’z navbatida uning tug’ilish va o’lishiga bog’liqdir.
Rivojlanadigan, tez o’sadigan populyatsiyalarning katta ulushini
yosh tashqil etadi. Barqaror holatdagi populyatsiyalarda yoshiga
qarab taqsimlanish nisbatan bir tekis (tug’ilishi va o’lishi ham
taxminan teng). Populyatsiyalarda yosh, alohida yashaydigan
organizmlar turining halok bo’lish ulushi kamayadi.
Populyatsiyalar ichida genetik ma‘lumotlar (panmiksiya)
almashinishi u yoki bu darajada amalga oshiriladi.
Populyatsiya ta‘rifidan, shuningdek panmikatsiyaning
mavjudligi uning ichida tirik organizmlar uzoq vaqt oralig’ida bir
muncha yoki uzoq populyatsiya shaklida mavjud bo’lishi mumkin.
Populyatsiyaning barqaror holatga qaytish qobiliyati
gomeostaz deb atalib, teskari aloqaning ijobiy va salbiy vositalari
orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya kibernetik tizim
xossasiga – o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini tashkil etish va o’z-
o’zidan ko’payishi qobiliyati ega bo’lishidir.
Gomeostaz – organizmning o’z ichki muhiti tarkibi va
xossalarini doim bir me‘yorda, nisbiy dinamik turg’unlikda
Do'stlaringiz bilan baham: |