Ecologiya MurodovSh lot doc
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.7 Fotosintezning foydali ish koefftsienti.
+ 4H
2 O Ikki jarayon ham juda qiyin va ko’p bosqichli bo’lib fermentlar ishtirokida amalga oshadi. 4.6 Insoniyatning avtotrofligi. Fotosintez jarayoni ma‘lum bo’lgandan keyin V.I. Vernadskiyda birinchi marta, insonlar jamiyatni geterotrofdan (boshqalar bilan oziqlanuvchi) avtotrofga o’tkazishi mumkin bo’gan g’oyasi tug’ildi. Insoniyatning avtotrofligi deganda, insonning energiya va sintezlangan oziqni boshqa organizmlardan foydalanmasdan quyoshdan olishini nazariy imkoniyati tushuniladi. Bu kelajakda inson ko’p miqdorda oziqni yuqori molekulali tabiiy organik birikmalardan emas, balki oqsil, yog’, uglevod va boshqa zarur elementlarning past molekulali hatto, alohida elementlaridan foydalanishni bildiradi. Hozirgi davrda o’simliklardan olinadigan oziqni sun‘iy fotosintez yo’li bilan olish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda. Insoniyatning avtotroflik g’oyasi ekologik jihatdan qimmatli bo’lib, uning atrof muhit va organik dunyoga ta‘sirini kamaytiradi. 4.7 Fotosintezning foydali ish koefftsienti. Fotosintez jarayonida faqat quyosh energiyasining uncha katta bo’lmagan qismi assimilyatsiyalanadi. Bu 1-2% bo’lib fotosintezning foydali ish koefftsienti deb yuritiladi. Faqatgina juda qulay sharoitlarda fotosintez samaradorligi 2- 4% ga yetadi (asosan nam tropik o’rmon, okeandagi suv o’tlari va okean riflari). Suv ekotizimida suv qatlami o’zidan quyosh nurlarining o’tishiga halaqit beradi. Bundan ko’rinib turibdiki, suv organizmlarining FIK 0,5% dan oshmaydi. Biomassa to’plash imkoniyati bo’lgan zona eftrofik, ekotizimi esa avtotrof suktsessiya ekotizimi deyiladi. Suv tizimi qashshoq va boy biogen elementlari oligotorf va eftroflarga bo’linadi. Fotosintez jarayoniga qodir bo’lmagan organizmlar hissasi 1% dan oshmaydi, lekin planeta miqyosida organizmlar yillik quyosh radiatsiyasining faqat 0,1-0,2% dan foydalanadi. O’txo’r hayvonlar o’simliklarda to’plangan 10% atrofida energiyani iste‘mol qilsa, etxo’r hayvonlar (yirtqich) ham ulardagi 10% atrofidagi energiyadan foydalanadi. Demak, etxo’rlarning quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligi planeta miqyosida –0,001 % ni tashkil etadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling