Ecologiya MurodovSh lot doc
O’simliklar tsenopopulyatsiyasining bir uchastkadagi
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.9 Biomalar.
- 1.10 Ekologik makon.
O’simliklar tsenopopulyatsiyasining bir uchastkadagi
yig’indisi (biotopda) fitotsenozni, bir turli bir-biriga bog’liq tsenopopulyatsiyalar yig’indisi populyatsiyani tashkil etadi. Ko’chib yuruvchi hayvonlarga nisbatan murakkabroq: hattoki bir-biriga aloqador bo’lmagan biogeotsenozlar yoki yirik landshaftli-geografik birlashmalar elementlari bo’lishi mumkin. Biroq o’simliklarga nisbatan bu oson emas. Xuddi shuning uchun V.N.Beklemishev (1960) «superpopulyatsiya» atamasini taklif etdi, bu atama - uzluksiz keng hududda joylashgan har-xil populyatsiya bo’lib, keng hududdagi qismlari bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’la olmaydi. Yevro-Osiyoning shimoliy qismidagi hududlarida archa, qarag’ay, qayin, va boshqa turdagi o’simliklar ulkan superpopulyatsiyalar hisoblanadi. Bir-biridan uzoq bu turlarning jamoasi bir biri bilan erkin chatishish imkoniyatidan yiroq bo’ladi (panmikatsiya). 1.9 Biomalar. Biogeotsenozlar birmuncha yirikroq ekotizimlar jamoasiga birlashishi mumkin. Bu jamoa biom yoki formatsiya deb ataladi. Biom - bu mikrotizim bo’lib, iqlim sharoitlari, energiya oqimlari, moddalar almashinuvi, o’simliklar turi va hayvonlar migratsiyasi bilan uzviy bog’langan biogeotsenozlar yoki birmuncha past darajadagi ekotizimlar to’g’risidagi tushunchani bildiradi. Biomalar - yer, dengiz chuchuk suvli muhitlarga bo’linadi. Masalan tayga, dasht, tropik o’rmon, marjonli qoyalar majmuasi va boshqalar yer biomlari hisoblanadilar. Biomlarning global yig’indisi - Yer kurrasi biosferasini tashkil etadi. 1.10 Ekologik makon. Ekotizimlarda o’simliklar, hayvonlar va boshqa organizmlarning turi, ahamiyati va holati ekologik makon deb ataladi. Bu atamani fanga birinchi bo’lib, 1917 yili amerikalik olim I. Grinell taklif etgan. Yu. Odum (1986) ekologik makonning uchta asosiy 10 31 www.qmii.uz/e-lib www.qmii.uz/e-lib (2003, 25 bet) «Ekologiya» yunoncha so’zdan olingan bo’lib «Oykos» «uy-joy, makon» degan ma‘noni anglatadi va qadimiy adabiyotlarda bu so’zning sinonimi «oykologiya»dir. Mazmun jihatdan ekologiya «o’z uyingda»gi organizmlar haqidagi fandir. Keng ma‘noda ekologiya mazmunini quyidagicha ta‘riflash mumkin: «Ekologiya bir-biri bilan o’zaro bog’liq organizmlar va ularning ekologik muhit munosabati yoki organizmlar guruhining atrof muhitga yoki tirik organizmlarning bir-biri va yashash muhiti bilan o’zaro munosabatlari haqidagi fandir». Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling