Ecologiya MurodovSh lot doc


Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Bog'liq
ekologiya

0.2 Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro 
bog’liqligi. Ekologiya biologik fan. U «organizm - muhit» 
tizimida organizmlarni belgilovchi elementlarni tashkil 
etuvchilardan biridir. Shu bilan bir qatorda bu ma‘lum ma‘noda 
muhitga bog’liq bo’lgan «kuchsiz» elementdir. Organizmlar 
uchun muhitning «ob - havosi» muhim ahamiyatga ega, biroq o’z 
o’rnida «tabiatda noqulay ob-havoning o’zi yo’q». Shunga 
qaramasdan, yashash muhitining yomonlashishi muhitga nisbatan 
befarq munosabatda bo’lganda organizmlarga salbiy ta‘sir etadi. 
Muhit 
yomonlashishni 
qabul 
qilmaydi, 
ularni 
faqat 
organizmlargina qabul qiladi. Shuning uchun ham ekologiya o’z 
ishi faoliyati davomida zoologiya, botanika, mikrobiologiya, 
fiziologiya, genetika, biokimyo, evolyutsion biologiya, geologiya, 
poleontologiya va boshqa fanlarning ma‘lumotlari va uslublariga 
tayangan holda ish ko’radi. Bu fanlardan ekologiya ko’pgina 
izlanish uslublarini va qisman asosiy tushuncha va atamalarni 
qabul qilgan. 
Boshqa jihatdan biz «muhit» deb tushunayotgan element 
geologiya, geokimyo, geofizika, tabiiy geografiya, gidrologiya, 
tuproqshunoslik va Yer to’g’risidagi boshqa fanlarning asosiy 
o’rganish manbaidir. Shunday qilib ekologiyani biologiya va Yer 
to’g’risidagi fanlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan, deb qarash 
mumkin. 
Lekin ekologiya va atrof muhit himoyasi vazifalari ko’p 
hollarda injenerlik va texnologik usullar bilan hal etiladi 
(chiqindilarni qayta ishlash, kommunal va sanoat oqimlarini 
tozalash, energiyaning noan‘anaviy usullardan foydalanish va 
Ikkinchi printsip - chetga chiqish sharoitlari: biotop 
me‘yoridan qanchalik chetga chiqsa, shuncha biotsenoz 
qashshoqlashib boradi, shunga qaramasdan ayrim turlarning
alohida yashaydigan organizmlarning miqdori birinchi holatdagiga
nisbatan ko’p bo’ladi. Bu birinchi navbatda ekstremal 
biotoplarga taalluqli, masalan, muhitning o’ta ifloslanishi bilan 
izohlanadi. 
Uchinchi printsip - muhitning bir tekis o’zgarishi: muhit 
sharoitlari qanchalik bir tekis o’zgarsa va shuncha uzoq payt 
biotop o’zgarmay qolsa, biotsenoz tobora turlarga boy, vazmin va 
barqaror bo’ladi. Bu evolyutsion - dinamik printsip. Demak, 
biotopda qanchalik tez o’zgarish sodir bo’lsa, turlarning bu 
o’zgarishlarga moslashishi qiyin kechadi va turlar tarkiblarining 
qashshoqlashishiga olib keladi. 
Nihoyat, to’rtinchisi - jins tur namoyondalari printsipi: 
jinslarning boy turi, odatda biogeotsenozlarda o’zining birdan-bir 
namoyondasi mavjud (G.F.Gauze nazariyasi, keyingi bobga 
qarang). 
Tabiiy biogeotsenozlarga (butun ekotizim) kiruvchi 
turlarning faoliyati, muhitda o’zining mavjudligini saqlashga 
yўnaltiriltirilgan. Turlar muhitni yo’q qilmaydi, vaholanki bu o’z-
o’zini yo’q qilishga olib kelgan bo’lardi. 
Uzoq vaqt oralig’ida jamoalarning ajralganlik darajasi 
kamayishi mumkin, ekotizimda begona turlar tarqaladi. Natijada 
bitta biogeotsenoz asta-sekin qonuniy ravishda boshqasiga 
almashadi. Buni insonning tabiatga nisbatan keng miqyosidagi 
ta‘sirida ham ko’rish mumkin. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling