Ecologiya MurodovSh lot doc
© Qarsi muhandislik iqtisodiyot
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4 Tizimlar va evolyutsion qonunlar.
- 2.5 Xilma - xillik qonuni.
© Qarsi muhandislik iqtisodiyot
narsa o’rni to’ldirilishi lozim. Buning uchun to’lovdan qochib bo’lmaydi, faqat vaqti cho’zilishi mumkin (1974, - B.32). B.Kommonerning to’rtinchi qonuniga V.I.Vernadskiy tomonidan yaratilgan o’zgarmaslik qonuni yaqin: ma‘lum geologik davr biosferasidagi tirik moddalar soni o’zgarmasdir, ya‘ni tirik modda massasining bir joyda ko’payishi uning ikkinchi joyda kamayishiga olib keladi. Bu qonundan vulqon otilishi, yong’in va boshqa hodisalar tufayli hosil bo’lgan ekologik makon uzoq vaqt mavjud bo’lolmaydi, bu tirik moddalar miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkin. 2.4 Tizimlar va evolyutsion qonunlar. Biotik va hayotiy tuzilmalar tizim hisoblanib, ularga tizim nazariyasi qonunlarini va murakkab tizimlar mavjudlik qonunlarini qo’llash mumkin. Bu guruhning asosiy qonunlaridan biri sistemogenetik qonun bo’lib, u tabiiy tashkil topish bilan bir qatorda, biotik turlar va ekotizimlar shaxsiy rivojlanishida qisqartirilgan va ko’p holda qonuniy o’zgartirilgan shaklda tizim tarkibini evolyutsion rivojlanish yo’li qaytaradi. E. Gekkel va F.Myullerning biogenetik qonuni sistemogenetik qonunning xususiy holi bo’lib hisoblanadi. Bu qonunning mohiyati shundaki, organizm (tur) o’zining indivudual rivojlanish davrida qiskartirilgan va qonuniy o’zgartirilgan holda o’z turining tarixiy rivojlanishini ya‘ni organizm (tur) ontogenezida filogenez namoyon bo’lishini ifodalaydi. Sistemogenetik qonunga yaqin bo’lgan ketma-ketlik qonunining rivojlanish davriga o’tishi tutashib ketgan, unga ko’ra tabiiy tizimlarning rivojlanishi evolyutsion aniq va ekologik sharoit mavjud bulgan tartibda sodir bo’ladi. 2.5 Xilma - xillik qonuni. Xilma xillik tabiatning asosiy xususiyatlaridan biridir. Bu xususiyatlar tirik organizmlar va ekotizimlarda o’ziga xosdir. Bu qonunlardan birinchisi - genetik xilma-xillik qonunidir. Bu qonunga ko’ra, barcha tirik jonlar genetik jihatdan turlicha bo’lib, genetik xilma-xilligini ko’paytirish tendentsiyasiga ega. Tabiatda ikkita genetik jihatdan absolyut bir xil tur uchrashi mumkin emas. Ikkinchi qonun - zaruriy xilma-xillik qonuni - har qanday tizim (ekotizim) absolyut bir xil elementlardan tashqil topmagan. Uchinchi qonun - tizim rivojlanishining tengsizlik qonuni - a‘lo 2 39 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling