Education in Malaysia
Download 1.82 Mb.
|
XI. Gazeta va jurnallar
63.Xalq so’zi 2008 - 2011 yillar XIII. Virtual kutubxona elektron darsliklari va o’quv qo’llanmalari 65.Nishonova Z.T. Psixologik xizmat. Ma’ruzalar matni. T, 2000.-198b. 66.Jizzax Davlat Pedagogika instituti «Pedagogika va psixologiya » kafedrasining ma’ruza matnlari. 2009– 2011yillar. ILOVALAR 1 - ilova Oilada er-xotinning reproduktiv ko’rsatkichlari haqida ma’lumot
2 - ilova“Nechta farzandingiz bor?” savoliga berilgan javoblar
Barkamol avlod – Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 1 Vatanning baxti SOG‘LOM AVLOD UCHUN Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal 8 (220)-son, 2014-yil, avgust “Sog‘lom avlod uchun” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 127-sonli qaroriga asosan “Maktabgacha tarbiya” jurnali negizida tashkil etilgan. 1996-yil yanvardan chiqa boshlagan. MUASSISLAR: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi JAMOATCHILIK KENGASHI: Svetlana INAMOVA Tatyana KARIMOVA Ulug‘bek INOYATOV Abdulla ORIPOV Gulnora YO‘LDOSHEVA BOSH MUHARRIR: Muftillo YUSUPOV TAHRIR HAY’ATI: Hidoyat OLIMOVA (mas’ul kotib) Shomirza TURDIMOV Sabohat MIRDJALILOVA Malohat A’ZAMOVA Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri, Buyuk Turon ko‘chasi, 41. Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53. E-mail: jlsaumt@mail.ru www.jlsau.uz O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jurnal maketi tahririyatning matbaa bo‘limida tayyorlandi. Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga qaytarilmaydi. Navbatchi muharrir: Zilola Ergasheva Musahhih: Adolat Nurullayeva Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, B.Rizoqulov olgan suvratlardan foydalanildi. Bosmaxonaga 2014-yil 30-avgust kuni topshirildi. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi A-4. Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq. Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq. Adadi 5335 nusxa. 1257-buyurtma. "SANO-STANDART" MCHJda chop etildi. 100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy. USHBU SONDA: FOND FAOLIYATIDAN “Sog‘lom bola yili”da xayriya fondining xayrli ishlari...............2 TARBIYA TADQIQOTLARI Mehr va mas’uliyat..................................................................5 SHAXS KAMOLOTI Pedagogning axloqiy-ma’naviy qiyofasi.....................................6 SOG‘LOM OILA Ibrat maktabi...........................................................................9 ONALIK VA BOLALIK Ona suti – bebaho ne’mat .....................................................10 ILM-FAN UFQLARI Masofaviy ta’lim tizimi afzalliklari .........................................13 MA’NAVIY OLAM “Odam yaxshilig‘i so‘z ila” ....................................................15 IBN SINO DARSXONASI Fizioterapiya – tabiatning tabiiy davosi..................................17 DOLZARB MUAMMO Zamonaviy biogenlar tahdididan himoyalanish .......................19 BOLALAR DUNYOSI Kiyinish madaniyatida bolalarga xoslik ..................................22 RUHIYAT MANZILI E’tiqod zanglamasin...............................................................24 O‘ZLIKNI ANGLASH Muzey – tarix ko‘zgusi ..........................................................26 SOG‘LOM TANDA – SOG‘ AQL Tamakining immunitet tizimiga ta’siri.....................................27 IZLANGANGA IMKON KENG Sambo yulduzi .......................................................................29 FAN VA ZAKOVAT Dunyo va odamlar .................................................................31 BIRINCHI BET: Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim! TO‘RTINCHI BET: Istiqlol farzandlari 2 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 Mehr-muruvvat, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish, sog‘lom, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash xalqimizning oliyjanob fazilatlaridan. Mustaqillikka erishgach, ushbu ezgu ishlar davlat siyosatining asosini tashkil qildi, yosh O‘zbekistonni rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalarini belgilab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarimiz har tomonlama yetuk, Vatanimiz kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘- lib voyaga yetishi uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda har bir bola o‘zini baxtiyor his etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu borada belgilangan maqsadlarga erishish uchun turli vazirlik va idoralar, markaz va jamg‘armalar o‘z sa’y-harakatini birlashtirib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning nafaqat mustaqil, keng dunyoqarashga ega, balki sog‘lom va kuchli bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 1993-yil 23-apreldagi “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Sog‘lom avlod uchun” fondi ushbu yo‘nalishdagi ishlarda alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, fond faoliyatini tartibga solish va tibbiy, ijtimoiy, gumanitar va moliyaviy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. Ona va bola salomatligini himoya qilish, ehtiyojmandlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish fondning muhim faoliyatiga aylandi. Bugungi kunda fond xalqaro tashkilotlar bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, tibbiyot, gumanitar, ta’lim, sport va madaniyat kabi asosiy yo‘nalishlarda ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz tomonidan “Sog‘lom bola yili”, deb e’lon qilingan joriy yilda “Sog‘lom avlod uchun” fondi davlat tuzilmalari bilan birgalikda barkamol avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular salomatligini muhofaza qilish, ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan xayrli ishlarda faol ishtirok etmoqda. Fond faollari tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga minglab odamlar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Fond ezgu an’analarni davom ettirgan holda, joriy yilda Respublika Skrining markaziga xavfli guruhga kiradigan homilador ayollarni ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur biokimyoviy analizatorni taqdim etdi. Tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash davlat dasturi doirasida nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida skrining markazlarida 149,1 ming nafar chaqaloq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xavfli guruhga tushgan uch ming nafardan ziyod chaqaloq Respublika Skrining markazi filiallari orqali bolalar maxsus ovqati va zarur dori-darmonlar bilan beg‘araz asosda muntazam ta’minlanmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xalqaro hamjamiyat tomonidan dunyoning boshqa ko‘plab davlatlari uchun namuna sifatida e’tirof etilgan onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimi yaratildi. O‘zbekiston bolalar salomatligi haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan birinchi o‘ntalik davlatlar qatoridan joy oldi. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida “Sog‘lom bola yili”da ham fond Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Koreya Respublikasining “Ehwa Womans University” gospitali bilan shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomaga binoan shu yilning yanvar oyida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, fondning Tibbiy-ijtimoiy markazi, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi bolalar shifoxonasida ikki mamlakatning yetakchi kardiologlari, “SOG‘LOM BOLA yili”da XAYRIYA FONDINING XAYRLI ISHLARI Fond faoliyatidan Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 3 urologlari, pediatr, oftalmolog va boshqa mutaxassislari ishtirokida tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Davolanishiga muhtoj bemorlarga shifokorlar ko‘rsatmasiga ko‘ra dori-darmonlar berildi. Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida fond Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda. Sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida seminar, trening, savol-javob kechalari, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Hududiy skrining markazlaridagi mutaxassislar malaka darajasini, ular ko‘rsatayotgan yordam sifatini oshirish maqsadida monitoring qilinmoqda. Bundan tashqari, fondning tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘chma brigadalari joylardagi hokimliklar, xotin-qizlar qo‘mitalari, fuqarolar mahalla yig‘ini va sog‘liqni saqlash muassasalari ko‘magida 679 chekka qishloq va 1497 mahallada istiqomat qilayotgan 14 mingdan ortiq oiladagi psixologik muhit va ular salomatligini reja asosida o‘rgandi. Mazkur brigadalar orqali ehtiyojmand oilalarga insonparvarlik yordami sifatida dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, yotoqxona anjomlari, gigiyena vositalari topshirildi. Shu bilan birga, ona va bola salomatligini yaxshilash hamda saqlash maqsadida fond tomonidan homilador ayollarning tug‘ish fiziologiyasi va psixologiyasi to‘g‘risida xabardorligini oshirish maqsadida “Yosh onalar maktabi” loyihasi davom ettirilmoqda. Ularga tug‘ish paytida o‘zini qanday tutish, bolaga qarashning turli ko‘nikmalari o‘rgatilmoqda. Emizish, oiladagi o‘zaro munosabatlar, bola tarbiyasi, kontratsepsiya uslublari va boshqa masalalar haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda. Buklet va vitamin preparatlari bepul tarqatilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-maydagi “2001–2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilning olti oyida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘chma brigadalar xodimlari qariyb 700 nafar yolg‘iz pensionerlar va imkoniyati cheklangan odamlarni uyiga borib ko‘rdi. Ularga tibbiy vositalar va maishiy buyumlardan iborat ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Fondning keng ko‘lamli xayriya faoliyati haqida gapirganda, qo‘shma loyihalar samarasini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Fond bir necha yillardan buyon Koreya Respublikasidagi gospitallar bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. “JCI Korea” tashkiloti va Cha universeti huzuridagi “Pundan Cha” gospitali bilan hamkorlikda 2010–2014-yillarda tug‘ma yurak nuqsoni bor 29 bola “Pundan Cha” gospitalida bepul operatsiya qilindi. Yonsey universiteti huzuridagi “Severance” gospitali shifokorlari 10–14-fevral kunlaridagi tashrifi doirasida fondning Tibbiy-ijtimoiy markazi hamda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘rikdan jami 750 kishi o‘tkazildi. Shuningdek, oftalmologik ko‘rikdan o‘tkazilgan 2237 nafar bola orasida ko‘rish qobiliyatini yaxshilash lozim bo‘lgan bolalar borligi aniqlandi. Ular xayriya asosida ko‘zoynaklar bilan ta’minlanadi. Yana shuni qayd etish kerakki, “KOFIH” fondi tomonidan Toshkent viloyatidagi bolalar shifoxonasi va Tibbiy-ijtimoiy markazga tibbiyot uskunalari taqdim etildi. Koreyaning “KOFIH” sog‘liqni saqlash xalqaro fondi ajratgan grant mablag‘larga zamonaviy EKG apparatlari xarid qilinib, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatidagi tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘chma brigadalarga topshirildi. Koreyaning “Save the Children” xalqaro tashkiloti bilan tug‘ma yurak xastaligi tashxisi qo‘yilgan bolalarni operatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyiha muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida loyiha doirasida shunday kasallikka chalingan 21 bolaga operatsiya uchun zarur oksigenatorlar va boshqa vositalar berildi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi. Bundan tashqari, “Sog‘lom avlod uchun” fondi va “Save the Children” xalqaro tashkiloti o‘rtasida Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Chinobod” qishloq vrachlik punktini tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha imzolangan shartnoma doirasida fond tomoFond faoliyatidan 4 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 Fond faoliyatidan nidan tegishli tibbiyot asbob-uskunalari va inventari sotib olindi va “Chinobod” qishloq vrachlik punktiga topshirildi. “Sog‘lom avlod uchun” fondi va “Fridenzdorf Interneshnl” xalqaro tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq jag‘-yuz sohasida tug‘ma nuqsonlari bor va harakat-tayanch apparatining tug‘ma kasalliklariga chalingan bolalarni operatsiya qilish uchun grant mablag‘lari ajratildi. Bundan tashqari, joriy yilning fevral oyida o‘zbekistonlik bemor bolalar beg‘araz xayriya asosida operatsiya qilinish uchun Germaniya klinikalariga jo‘natildi. Yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ro‘yobga chiqarilayotgan loyihalarni monitoring qilish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun fond joriy yilda o‘zining xayrli vazifasini bajarish uchun sherik va donorlar topish ishlarini ham davom ettirmoqda. Yosh avlodni intellektual, jismoniy va ma’- naviy rivojlantirish dasturlarini hayotga tatbiq etish maqsadida fondning markaziy apparati va hududiy filiallari tomonidan bayram konsertlari, teatr tomoshalari, ko‘rgazmalar, tanlovlar, muzeylarga borish, mamlakatimizning qadimiy shaharlari – Samarqand va Buxoroga safarlar, eng yaxshi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olish kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Masalan, 2014-yilning yoz faslida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga jami 426 nafar bola jo‘natilgan bo‘lib, ularning 320 nafari Samarqand viloyatidagi “Sitora” va 106 nafari Toshkent viloyatidagi “Konstruktor” oromgohida dam oldi. Bularning barchasi ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilarini xursand qilish, ularga quvonch bag‘ishlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, fond tomonidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar ham o‘tkazilmoqda. Misol uchun, shu yilning mart oyida “Sog‘lom avlod uchun” fondi binosida “Bahor jozibasi” badiiy ko‘rgazmasi va rassom Dilorom Mamedovaning tasviriy san’at mahorat saboqlari o‘tkazildi. Shu oyda Xalq ta’limi vazirligi va Bastakorlar uyushmasi bilan hamkorlikda “San’at g‘unchalari” yosh musiqachilar respublika tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Unda barcha hududlardagi musiqa maktablarining 200 nafar tarbiyalanuvchilari qatnashdi. Nafaqat g‘olib va sovrindorlar, balki tanlovning barcha ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari, mukofot va diplomlar topshirildi. Joriy yilda o‘tkazilgan an’anaviy “Kamalak jilosi” tanlovida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan bolalar o‘z iste’dodini namoyish etdi. Ular “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilaridir. Fond bu bolalar uchun poytaxtimizdagi “Toshkentlend” bog‘ida “Sen yolg‘iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida o‘n oltinchi xayriya tadbirini tashkil qildi. Joriy yilda fond va uning hududiy filiallari tomonidan ko‘plab sport tadbirlari tashkil etildi. Xususan, sinxron suzish bo‘yicha “Go‘- zallik olami” sport festivali, “Kombat aykido” chempionati, mini-futbol bo‘yicha musobaqa, “Bahor malikalari – 2014” sport gimnastikasi bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida turnir, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sport bellashuvlari va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvarda “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlash bo‘- yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”- gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatda jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda sog‘lom, barkamol yosh avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, davlatning ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashga, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlarining maqsadlari va mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etishni tashkil qilish kabi fond faoliyatidagi muhim vazifalar belgilangan. Svetlana INAMOVA, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi. Tarbiya tadqiqotlari Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 5 MEHR VA MAS’ULIYAT Bola tarbiyasi bir qaraganda oson ko‘ringani bilan u juda murakkab ta’lim-tarbiya jarayonini o‘z ichiga olib, ota-onadan, eng avvalo, mehr va parvarishni, intellektuallikni, mas’- uliyatni talab etadi. Shu bois, bolaning faqat jismoniy tomondan emas, balki ruhiy jihatdan ham barkamol bo‘lishiga katta e’tibor qaratmoq lozim. Bu esa bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislardan yanada chuqur izlanishlarni talab qiladi. Tadqiqotchilar bola-ona va bola-ota munosabatini farqlashmaydi. Bolaning ilk yoshidagi tarbiyasida onaning roli kattaligiga urg‘u berishadi. Bola va ota-ona munosabatlarini bunday nomuvofiq o‘rnatish maqsadga muvofiq emas. Bola tarbiyasida otaning o‘ziga xos rolini alohida ko‘rsatib berish lozim. Bu vazifani bola tarbiyasida ota va ona rollarini qiyoslash yo‘li bilangina hal qilish mumkin. Bola shaxsining rivojlanishi uning kattalar bilan munosabatlariga bog‘liq. Bola oliy psixik xususiyatlarning shakllanishi kattalar bilan muloqoti doirasidagina amalga oshadi. Bunda ontogenezning ilk bosqichlari katta rol o‘ynaydi. Rivojlanishning ilk davrlarida esa ota-onalar bola tarbiyasida muhim o‘ringa ega katta yoshlilar sifatida namuna bo‘ladi. Ota va onaning bolaga munosabatidagi farqlarni ko‘rsatishga e’tibor qaratgan tadqiqotchi E. Frommdir, u muhabbatning turli ko‘rinishlarini tahlil qilayotib, otalik va onalik muhabbatlarining tafovutlari haqida yozadi. Uning fikricha, otalik mehr-muhabbati onanikiga qaraganda talabchanroq va shartliroq bo‘ladi. Bola ota-onaning muhabbatiga sazovor bo‘lishi uchun muayyan ijtimoiy talablarga javob berishi kerak. Farzand o‘z qobiliyatlari, yutuqlari, muvaffaqiyati bilan ota kutgan orzularga mos kelishi zarur. Otaning muhabbati bolaga yutuqlari va yaxshi xulq-atvori uchun mukofot bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib ota ijtimoiy vazifasini bajarishda talab, intizomda qo‘llaniladigan choralar ijrochisi hisoblanadi. Onaning farzandga muhabbati otanikiga qiyoslaganda hech bir shart talab qilmaydi. A.Adlerning tasavvuriga ko‘ra, otaning tarbiyadagi roli ijtimoiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan faollikni rag‘batlantirishdan iborat. Agar ona bolaga insoniy muhabbatni his qilish imkonini bersa, ota bolaga insoniy jamiyatga yo‘l ko‘rsatadi. Ota bolalar uchun dunyo haqida bilish manbayi hisoblanadi. Ularda ijtimoiy foydali maqsadlar va ideallar, kasbiy yo‘nalishlar shakllanishiga yordam beradi. Bola rivojlanishida ota va ona ta’sirining farqli jihatlarini tahlil qilishda otaning farzandi bilan turli yosh bosqichidagi munosabat xususiyatini o‘rganish muhimdir. Ota farzand hayotining birinchi kunlaridanoq u bilan muloqot o‘rnatishi masalasi xorij psixologlari tomonidan mufassal o‘rganilgan. Margaret Rodxolm tadqiqotiga ko‘ra, jarrohlik yordamida (kesar usulida) tug‘ilgan bolalar bilan taxminan 15 daqiqa davomida muloqotda bo‘- lishgan. Bunda ota-onaga bolani qo‘lga olish, u bilan gaplashish, boshini, qo‘l-oyoqchalarini silash taklif qilingan. Xuddi onalar kabi otalar ham chaqaloq bilan erta muloqot boshlasa keyingi o‘zaro munosabatida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday otalar faolroq bo‘lib, bola ehtiyojlarini osonroq tushuna boshlaydilar. Ma’lumki, bola tug‘ilish jarayonida ishtirok etgan otalar amalda bolaga darhol bog‘lanib qolishadi. Emotsional ko‘tarinkilik, g‘urur his qilishadi. Ular tug‘ilganidan bir necha kundan so‘ng bolasini ko‘rgan otalarga qaraganda farzandiga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishadi. Rafiqasi tug‘ishi jarayonida ishtirok etishdagi kechinmalar erkaklarni o‘z ayollariga kuchliroq bog‘laydi, er va xotin o‘rtasidagi umumiylik hissini mustahkamlaydi. 6 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 Ota parvarishini erta his qilgan chaqaloqlar aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanar ekan. Masalan, ular rahmdilroq, ko‘ngilchanroq bo‘lib o‘sishadi. Bunday oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolar kam uchraydi. Maqsadlarining birligi va bola tarbiyasi masalalarida yakdillik bo‘ladi. Ota-onaning chaqaloq bilan o‘zaro munosabatini o‘rganish natijasida shu narsa aniqlandiki, bolaga g‘amxo‘rlik qilishda faol ishtirok etuvchi otalarning chaqaloqqa munosabati onalarnikidan farq qilar ekan. Otalar bolalari bilan onalarga qaraganda o‘zgacharoq o‘ynaydi. Otalar ko‘proq bolalarini jismonan rivojlantiruvchi o‘yinlarga moyil bo‘lishadi. Ularni tepaga irg‘itishadi, qo‘loyoqchalarini harakatlantirishadi, yelkalarida opichlab sayr qildirishadi. Onalar esa kichkintoylarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishadi. Muloyim suhbatlashishadi, qo‘llarida asta ko‘- tarib yurishadi. Bolalari bilan chaqaloqlik yoshida kuchli, mehrli munosabat o‘rnatgan otalar keyinchalik farzandlarining o‘zgarayotgan talablari va qiziqishlariga sezgirroq bo‘lishadi. Bunday otalarning o‘z bolasiga ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Bolalar ularning gaplariga quloq solishadi. Otasining fikrlarini inobatga olishadi, munosabatlarda otalariga o‘xshashni xohlashadi. Shunday qilib, ota tomonidan farzandga ko‘rsatiladigan ta’sir onanikidan farq qiladi. Bu bola tarbiyasida ota va onaga taalluqli bo‘lgan ijtimoiy-madaniy vazifalar bilan bog‘liq. Farzand tarbiyasida, uning jismoniy va aqliy rivojlanishida ona bilan birga, otalarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ularning hech birini ikkinchi darajaga qo‘yib bo‘lmaydi. Odina ABOBAKIROVA, Farg‘ona PKQTMOI. PEDAGOGNING AXLOQIY-ma’naviy qiyofasi Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan an’ana, marosim, udum, urf-odat va ezgu fazilatlar xalqimiz tomonidan qadriyat sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Shunga ko‘ra, milliy tarbiyaning o‘ziga xos ijtimoiy, pedagogik, psixologik omillari mavjud. Buni biz har bir millatga xos bo‘lgan milliy xarakter xususiyatlarida ko‘rishimiz mumkin. Zero, Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Ezgu fazilat va intilishlar xalqimizning qon-qoni va suyak-suyagiga singib ketgan. Uning tabiatiga xos bo‘lgan yuksak ma’naviyat necha asrlarki bizni ne-ne baloqazolardan, to‘fon va bo‘ronlardan sog‘-omon asrab kelmoqda. Har qanday bosqin va istilolarga qaramasdan, har qanday og‘ir va murakkab sharoitda ham ota-bobolarimiz o‘zligini yo‘qotmasdan, ma’naviy hayot mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun ham barchamizga ibrat bo‘lib, kuch-quvvat bag‘ishlab kelmoqda”. Mustaqil fikrlovchi shaxsning shakllanishida shart-sharoitlar muhim o‘rin tutadi. Oila, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, mehnat jamoalari, mahallalar, madaniy-ma’rifiy uyushmalar shaxs tarbiyasida alohida ahamiyatga ega. Bolalikdan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning shakllanishi kelgusida barkamol shaxsning kamol topishini belgilaydi. Oila davrasida, dasturxon atrofida ota-onadan avval taomga qo‘l cho‘zmaslik, nonni e’zozlash, non ustiga narsa qo‘ymaslik, kattalarga quloq tutish, suvga tupirmaslik, yoshi ulug‘larga salom berish, kattaning yo‘lini kesib o‘tmaslik, ustozni ota-onadek hurmat qilish, qarindosh-urug‘lar holidan xabar olish, mehr-oqibatli bo‘lish kabi milliy qadriyatlarimiz vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan uyg‘un bo‘lib ketgan. Qadriyatlar mazmunida umuminsoniylik uyg‘unligini ifoda etuvchi xususiyatlar ham bor. O‘zbekona qadriyatning ko‘lami keng. Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 7 Komil insonni shakllantirish ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar oldiga katta vazifalar qo‘yadi. Jamiyat ravnaqining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tarbiya, tarbiyachi faoliyati ijtimoiy hayot manfaatlariga qaratiladi. Ma’naviy-axloqiy poklik shaxsning tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi asosiy mezon vazifasini o‘taydi. Shaxslararo munosabatda andishasizlik, dag‘allik, qo‘pollik, bir-birlarini hurmat qilmaslik, savodsizlik, kibr, baxillik, g‘arazlilik, ziqnalik, yolg‘onchilik, ig‘vo, adovat, g‘iybat, manmanlik va hasad kechirib bo‘lmaydigan umuminsoniy illat hisoblanib, uni bir gap bilan ma’naviy-axloqsizlik deb atash mumkin. Umuminsoniy munosabatlarda halollik, poklik, adolat, o‘zaro hurmat, to‘g‘ri so‘zlik, mehr-oqibat, yaxshilik, bir-biriga yordam berish, o‘zgalarni kamsitmaslik, insof, saxovat, diyonat, o‘z-o‘ziga talabchanlik va mushohadakorlik kabi xislatlar ma’naviy-axloqiy qiyofani belgilaydi. Husayn Voiz Koshifiy futuvvatning uch martabasi borligini ko‘rsatib, “Avval saxovat, ya’ni bor narsani hech kimdan qizg‘anmaslik. Ikkinchisi safo, ya’ni qalbni kibr-u havo, gina-kudurat, qasd-g‘azabdan pokiza, pok tutish. Uchinchisi vafo, ya’ni hamma vaqt xalq xizmatida bo‘lish” ekanligini bildiradi. Milliy qadriyatlarimizning o‘ziga xos belgisi sifatida ma’naviy-axloqiy yetuklikka ko‘plab misollar keltirish mumkin. Birgina mutasavvuf donishmand, Xoja Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoda ilk tasavvufiy tariqat – “Yassaviya”ning asoschisi, nafaqat Xuroson va Movarounnahr, balki turkiy xalqlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yetuk inson sifatida tanilgan. Ozodlik va yurtparvarlik yo‘lida fidoyilik namunasini ko‘rsata olgan buyuk o‘zbek farzandlari – Shiroq, To‘maris, Mahmud Torobiy, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Dukchi Eshon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosirlarning mustaqillik va erk yo‘lidagi ulkan jasoratlari, milliy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizning oliy namunasidir. Adolat va Vatan ozodligi uchun shiddat bilan kurashgan sohibqiron Amir Temurning xalqlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, hamkorlik o‘rnatgan buyuk xizmatlari jahon taraqqiyotiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilganiga tarixning o‘zi guvoh. Donishmand G‘azzoliy ta’biri bilan aytganda, shaxs o‘zining ma’naviy-axloqiy fazilatlari bilan har narsadan ustun. Inson moddiy boyliklar bilan emas, balki ma’naviy yetukligi bilan o‘z abadiyligini yaratadi. Bu fikr inson qalbini charog‘on etishga, ong-u shuurini poklash orqali ijtimoiy hayotdagi barcha munosabatlarni insonparvarlashtirishga qaratilgandir. Tarbiyachi hamda o‘qituvchi shaxsining yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishida o‘quvchi, talabani sog‘lom fikrli, fidoyi, vatanparvar bo‘lib voyaga yetishida katta hissa qo‘shadi. Imom G‘azzoliy tarbiya ishi mas’uliyati va bu borada ustozlik maqomini ulug‘lab, quyida shogirdning ustozi oldidagi vazifalarini aniq, o‘n ikki band bilan ko‘rsatgan. Birinchi – shogird ustoz huzuriga kirganda salomni hurmat bilan berishi. Ikkinchi – shogird ustoz yonida kerakli gapni gapirishi. Uchinchi – shogird ustoz so‘ramagan ishlarga doir mavzuda gap ochib, mavzudan chalg‘itmasligi. To‘rtinchi – shogird ustozidan izn olmaguncha savol so‘ramasligi va so‘zlamasligi. Beshinchi – shogird ustoz o‘rtaga qo‘ygan masalada ustoziga hurmatsizlik qilib: “Falon kishi bu masalada boshqa fikrda. Uning fikri siznikidan ustun va uyg‘un ko‘rinyapti”, deganga o‘xshash mayda va ezgin gaplar gapirmasligi. Oltinchi – shogird to‘g‘ri va egrini, yolg‘on va haqiqatni ustozidan ham yaxshi biladiganday, u ustozning qarashlariga teskari: “Unday emas, bunday qilish kerak” degan shaklda tadbirlar aytib, uni hamfikrlikka chorlamasligi. Yettinchi – ustozning majlisida o‘tirgan va u bilan suhbatda bo‘lganlarga maslahat qilmaslik va o‘rtaga o‘z qarashini tiqib, gapni u yoq-bu yoqqa chalg‘itmasligi. Aksincha, boshini egib turishi. Sakkizinchi – ustoz huzunli va sukutli damlarida uni o‘rinsiz savollarga tutib, bezovta qilmasligi. Shaxs kamoloti 8 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 To‘qqizinchi – ustoz o‘rnidan turganda, undan oldin turib, hurmat ko‘rsatishi. O‘ninchi – shogird ustozi aytmoqchi bo‘lgan so‘zni yoxud savolni yarmidan kesib, og‘- zidan olib, davomini aytishga odatlanmasligi lozim. O‘n birinchi – ustoz o‘zi aytgan joyga borguncha, talaba yo‘lda savol bermasligi, o‘zi aytmasa, ortidan ergashib ketmasligi lozim. O‘n ikkinchi – shogird o‘z fikriga yoki taxminiga ko‘ra, ustozning zohirda aql va mantiqqa to‘g‘ri kelmagan harakati sabab, ustozi haqida yomon fikrda bo‘lmasligi kerak. Tadqiqotga oid izlanishlar mobaynida o‘qituvchi o‘zining kasbiy faoliyatida shogirdning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga asosiy e’tiborni qaratishi lozim, degan xulosaga keldik. Chunki o‘quvchi va talabaning fikri doimo o‘zgarib turuvchi jarayon bo‘lib, o‘zining muayyan rivojlanish bosqichlariga ega. Shaxsning fikrlash qobiliyati dinamik xarakterga ega bo‘lib, yosh, jins va individual ruhiy xususiyatlari bilan dialektik aloqada bo‘ladi. Fikrning doimo o‘zgarib borishi shaxsning olayotgan tarbiyasi, bilimi, hayot tajribasida ko‘rinadi. Bu o‘rinda aqliy tarbiyaning yetakchi omil ekanligini qayd etish maqsadga muvofiq. Fikrlash, fikr-mulohaza insonning aqliy qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lib, har qanday vaziyatda o‘ziga to‘g‘ri yo‘lni tanlay oladi. Tadqiqotga oid tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki, shaxs nafaqat bilimli, ilmli, balki egallagan bilim va tajribasini ezgulik, yaxshilik, mehrmuruvvat, vatanparvarlikka safarbar qila olsagina u ma’naviy yetuk shaxs hisoblanadi. O‘qituvchi kasb faoliyatini texnologiyalashtirishning ma’naviy-axloqiy asoslari ana shu safarbarlikda, o‘zini bag‘ishlay olishida, shu bilan birga o‘z tashvishi bilan emas, yosh avlod, xalq va Vatan kelajagi deb yonib yashashida. O‘qituvchi va tarbiyachi faoliyati uning faol harakati, tashkilotchiligi bilan cheklanishi mutlaqo mumkin emas. Pedagogning kasbiy faoliyatiga xos fidoyilik, ya’ni o‘z bilimi va tajribasini yoshlarning farovon hayot yo‘lini belgilab berishiga yo‘naltirish orqali ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Pedagog kasb faoliyatini texnologiyalashtirishda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ikki jarayon yaxlit holda amalga oshadi. Bu birinchidan, pedagog maqomiga ega bo‘lgan shaxs o‘zining faoliyatida nafaqat kasbiy fikrlash jarayonini, balki barcha insoniylik amallariga qaratilgan yaxshilik, mehr, ezgulik ishlarini ilm asosida tartibga soladi. Unga izchillik, tizimiylik, uyg‘unlik baxsh etadi va ma’naviyaxloqiy asos beradi. Ikkinchidan, ustoz sifatida o‘zidagi bor fazilatlarini tarbiya amaliyotida qo‘llaydi. Shu bilan birga, pedagogning ijodiy fikrlash tarzi nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki kundalik turmushda vujudga kelgan muammolar yechimini topishga ham yordam beradi. Davr talabidan kelib chiqib, o‘zining kasbiy faoliyatiga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq va tadqiq etadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi yaxlit jarayon bo‘lib, yuqorida ko‘rib o‘tilgan obyektiv va subyektiv omillar komil inson tarbiyasining maqsadi va vazifasidan kelib chiqadi. Yorqinoy NURUMBEKOVA, Guliston davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 9 Albatta, siz ham kuzatgansiz: o‘g‘il uylantirayotganda yoki qiz uzatilayotganda yoshi ulug‘lar duoga qo‘l ochib, eng avvalo, uvalijuvali bo‘lishini tilashadi. Sog‘lom bolaning tug‘ilishiga niyat, yo‘l o‘sha lahzalardayoq umrimizga yangi bahorlarni tuhfa etadi. Bahor nafaqat tug‘ilish, balki umrni uzaytirguvchi fasl. Farzand dunyoga kelishi bilan shifokorlar bolani qo‘lga olgach, to‘rt muchasini sinchiklab tekshiradilar, shu asnoda qaytadan dunyoga kelgan, baxtiyor onaning sog‘lig‘ini jiddiy nazorat qiladilar. Bir qarashda juda oddiy ko‘ringan bu kundalik ishlar ona-bolaning sog‘lig‘i uchun o‘ta muhim va zarur. Farzand qanchalik go‘zal, yuzlari tiniq, ko‘zlari chaqnoq, kulgusi jarangdor, qadamlari shiddatli, so‘zlari mayin bo‘lsa, sochlari tovlanib tursa, bu – sog‘lomlik belgisi. Ota-ona borki, farzandining sog‘lom va yetuk bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Sog‘lom bola sog‘lom onadan sog‘lom oilada dunyoga keladi. Sog‘lom oilani yaratish aslida, juda oson va oddiy. Bunda har kim o‘z o‘rnini bilishi kerak: ota otaday, ona onaday, farzand farzandday. Shunda hayotning quvonchlari barchaga birdek tatiydi, muammolari, qiyinchiliklari birma-bir o‘z yechimini topib boradi. Shu o‘rinda oilada ota-onaning bir-biriga bo‘lgan munosabati ham bola salomatligiga aloqadorligi borasida muxtasar so‘z aytmoqchiman. Otam bilan onam katta oilani birgalikda yarim asrdan ko‘proq vaqt mobaynida tebratdilar. Tebratganda ham beminnat, halol va muhabbat bilan yashab o‘tdilar. Esimizni tanibmizki, bir-birlari bilan janjallashib, ovozlarini balandlatganlarini ko‘rmadik. Aksincha, xush kayfiyat, har kim o‘z ishini bilishi, o‘ylaymanki, ro‘zg‘orimiz barakasiga hamisha baraka qo‘shib kelgan. Otam bilan onam keksayayotgan chog‘larida ham ohista, jilmayib, ko‘p suhbatlashib o‘tirishardi. Bizlar – tinib-tinchib ketgan qizlari bolalarimizni yetaklab borib qolsak, boshlari ko‘kka yetib, ulardan baxtli inson topilmasdi. Chunki ular bolalarini hamisha sog‘inib yashashgan, darvozani katta ochib qo‘yib, har kuni kutishgan. Onam xushchaqchaq ayol edi. Tili biyron va ravon, shoirtabiat, yuzidan kulgu arimas, kulganda ovozlari jaranglab ketardi, radiodan beriladigan qo‘shiqlar, she’rlar, g‘azallarni sel bo‘lib tinglardi. Otam esa kamgap, o‘ychan, muloyim, bilimdon, qo‘lidan kitob, gazeta-jurnal tushmagan. Onam ham ko‘p o‘qirdi. Otam bir umr o‘qituvchilik qildi, uyda esa bog‘imizni sevib parvarishlar, mehnatdan charchamasdi. Men mana shularni baxt, shukronalik, tarbiya, ibrat va mehr maktabi deb tushunaman. Bunday maktabni yaratish uchun inson hayotni, odamlarni, oilasini, mehnatni qadrlab, har bir kunini aziz bilib yashashi kerak. Inchunun, tug‘ilish va o‘sish bor yerda hayot to‘xtamaydi. Sog‘lomlik ko‘nglimizda, amalimizda, ruhiyatimizda, qadamimizda bor ersa, niyatlar ijobat bo‘ladi. Zero, hammasi oiladan boshlanadi. Shuning uchun ham u – muqaddas dargoh. Unda barq urib qad tiklayotgan umrimiz nihollari kun kelib, benazir bog‘larga aylanguvsidir. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deganlaridek, ota-onaning namunasi, ibrati farzandlarimiz ongida bir umr muhrlanib qoladi. Va ular ham ota-ona bo‘lganlarida beixtiyor ota va onalarining harakatini takrorlaydilar. Oygul SUYUNDIQOVA. Sog‘lom oila IBRAT MAKTABI 10 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 ONA SUTI – BEBAHO NE’MAT Ona suti bola uchun eng muhim ozuqa omilidir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni olti oylik davri mobaynida ona suti bilan oziqlantirish zarur. Bola tug‘ilganidan so‘ng 15–30 daqiqa ichida ona suti beriladi. Ona sutida yuzdan ortiq kerakli oziq moddalar bo‘lib, faqat miqdor jihatidan bola ehtiyojini qoplamay, balki sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sog‘lig‘iga mos keladi. Ona sutida mineral moddalar va vitaminlar o‘sayotgan bola ehtiyojiga xos. Dastlabki bir necha kun davom etadigan og‘iz suti bola uchun o‘ta foydalidir. Og‘iz suti bolaning ichaklarini tozalaydi. Infeksiyadan saqlaydi va immunoglobulinga boy bo‘lib, immunitetini yanada yaxshilaydi. Og‘iz suti birinchi emlash deb ham ataladi. Ona suti turli kasalliklarni chaqiruvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy bo‘lib, u bolada immunitet sistemasining shakllanishida qatnashadi. Undagi immunoglobulinlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni turli infeksiyalardan himoya qiladi. Onadan bolaga immunitet o‘tishini ta’minlaydi. Chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqish uning ruhiy holatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday bolalarda harakatchanlik, sezuvchanlik sun’iy oziqlantirilgan bolalarga qaraganda erta boshlanadi. Ko‘krak suti emgan bola tetik va kasallikka kam chalinadigan bo‘lib, u onasini barvaqt taniy boshlaydi, onasiga intiladi, bu bolada ilk mehr kurtaklarini uyg‘otadi. Ona sutida oqsillarning o‘rtacha miqdori 1,15 g/100 mlga teng. Lekin bu ko‘rsatkichlar katta diapazonda o‘zgarishi mumkin. Chunonchi, 10 nafar ayol tekshirilganda oqsillar miqdori tug‘uruqdan 8 kun keyin 1,13 g dan 2,07 g gacha o‘zgargan. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, aminokislotalarga asoslangan holda aniqlanuvchi oqsillar miqdori haqiqatda 0,8- 0,9 g ni tashkil qilar ekan. Oqsillar miqdori kam bo‘lishiga qaramay, ular talabga to‘liq javob bera oladi va go‘dak buyraklariga og‘irlik tug‘dirmaydi. Zardob. Ona sutida kazein koeffitsienti taxminan 80–20, sigir sutida 20–80, boshqa ona sutining o‘rnini bosuvchi ozuqalarda 18– 82, 60–40 nisbatni tashkil qiladi. Inson zardob oqsillari asosan alfa-lakto albuminlardan tashkil topgan bo‘lib, u laktoza sintezida muhim komponent hisoblanadi. Ona suti sigirnikidan farq qilib, unda erkin aminokislotalar va sistein miqdori bir muncha kam bo‘ladi. Boshqa aminokislota, ya’ni taurin ona suti tarkibida ko‘p bo‘lib, o‘t tuzlarini birlashtiradi. Shuningdek, u markaziy nerv sistemasi rivojlanishida neyromodulyator va neyrodatchik bo‘lib xizmat qiladi. Yog‘lar. Ayrim jihatlarni hisobga olmaganda yetuk ona suti bola talabiga to‘liq javob bera oladi. Yog‘ miqdori og‘iz sutida 2,0 g/100 ml, yetuk sutda 4–4,5 g ga qadar ko‘tarilishi mumkin. Yog‘ sutning eng o‘zgaruvchi komponenti hisoblanadi. Yog‘ miqdorining kundalik ko‘tarilishi kuzatiladi. Emizish paytida ham uning o‘zgarishi qayd etiladi. Sutda yog‘ mikroskopik shariklar shaklida bo‘ladi. 98 foiz lipidlar sharchalarga yig‘ilgan holda bo‘ladi. Ona suti bir xil zanjirli, ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy. Ular miyarmiyelinizatsiyasi uchun zarurdir. Ko‘pgina ko‘krak sutining o‘rnini bosuvchi ozuqalar tarkibida bu yog‘ kislotalari kam miqdorda yoki umuman yo‘q. Ona sutida qisqa va o‘rta zanjirli kislotalarning miqdori sigir sutiga qaraganda to‘rt barobar ko‘p, biroq sigir sutini mutlaqo iste’mol qilib bo‘lmaydi. Prostoaglandinlar sintezi mana shu ikki yog‘ kislotasi miqdoriga bog‘liq. Ular ko‘pgina fiziologik funksiyalarga ta’sir qiladi. Ona suti ko‘p miqdorda prostoglandinlarni saqlashi mumkin, lekin uning o‘rnini bosuvchi ozuqalarda prostoglandinlar yo‘q. Ular me’da-ichak traktida keng tarqalgan bo‘lib, hujayralarning yetilishini tezlashtiradi va shu tarzda hamma himoya mexanizmlariga Onalik va bolalik Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 11 ta’sir etadi. Agar glyukoza homila uchun quvvat manbayi bo‘lib xizmat qilsa, bola uchun esa yog‘lar shu vazifani bajaradi. Ko‘krak sutini isitib bo‘lmaydi, chunki lipaza isiganda parchalanadi. Ko‘pgina enzimlardan faqatgina lipaza bolalarga metabolik modulyator sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Lekin ularning ahamiyati haligacha aniqlanmagan. Laktoza. Ona sutining asosiy uglevodlaridan biri hisoblanadi. U sutda, ayniqsa, ona sutida yuqori konsentratsiyada (og‘iz sutida 4 foiz, yetuk sutda esa 7 foiz) bo‘ladi. Lekin laktoza ko‘pincha bolalik davrining yarmidan boshlab o‘zlashtirilmaydi. Shuning uchun laktoza saqlovchi ozuqa hazm jarayonida o‘zgarishlar keltirib chiqarishi mumkin. Laktoza energetik talabning 40 foizini qondira oladi va boshqa vazifalarni ham bajaradi. U moddalarning glyukoza va galaktozaga almashinishidan hosil bo‘ladi. Kalsiy va temirning so‘rilishini va ichak koloniyalarining hosil bo‘lishini stimullaydi. Bu achitqi bakteriyalar me’daichak traktida kislotali muhitni hosil qiladi va boshqa patogen mikroorganizmlar o‘sishini to‘xtatadi. Bu uglevodlar sigir sutida aniqlanmagan. Sog‘lom emizikli bolalar najasida tiklanuvchi moddalar, masalan, qandlarning bo‘lishi xarakterlidir. Ular kislotali muhitni ta’minlaydi. Shu bilan patogen mikroorganizmlarning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Laktozani birlamchi ko‘tara olmaslik hollari kam uchraydigan tug‘ma anomaliya hisoblanadi. Parchalovchi enzimning bo‘lmasligi, laktozaning ichak bakteriyalari tomonidan bijg‘ishiga olib keladi. Bu najasning kuchli kislotali bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi hamda ichak devorlarini zararlaydi. Natijada bolalar qornida og‘riq, ko‘- piksimon suyuq ich ketishi yoki suvsizlanish kuzatilishi mumkin. Vitaminlar. Ko‘krak sutidagi vitaminlar deyarli hamma vaqt bola talabini qondira oladi. Lekin ularning miqdori onaning ovqatlanishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Yog‘da eruvchi vitaminlar ona suti ajralishi va onaning parhezidagi yog‘ miqdoriga qarab o‘zgarib turadi. Bola rivojlanishining ikkinchi yilida “A” vitaminining yetishmasligi ko‘proq emizishdan erta chiqarilgan bolalarda qayd etiladi. Tug‘uruqdan keyingi davrda “K” vitamini konsentratsiyasi og‘iz sutidan keyingi sutga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi. Biroq tug‘uruqdan ikki haftadan keyin ichak florasi hosil bo‘ladi va bolani “K” vitamini bilan ta’minlaydi. Agar ona “E” vitaminini ko‘p miqdorda iste’mol qilmasa ham, uning sutidagi mazkur vitamin miqdori bola talabiga javob bera oladi. “D” vitaminining miqdori kam bo‘ladi. Ko‘p yillar davomida bu miqdor bola uchun kam hisoblangan bo‘lsa-da, lekin ko‘krak suti bilan emizilganlarda uning yetishmasligi kuzatilmagan. Shuningdek, “D” vitamini terida quyosh nurlari ta’sirida ham hosil bo‘ladi. Uning yetishmasligi quyoshda kam sayr qilgan bolalarda va dengiz o‘simliklari yog‘larini kam isOnalik va bolalik 12 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 te’mol qilgan ayollar va bolalarda aniqlanadi. Suvda eruvchi vitaminlar konsentratsiyasi onaning ovqat ratsioniga qarab o‘zgarishi mumkin. Bolalarda vitamin yetishmasligi ko‘- pincha onalarning sifatsiz ovqatlanishi bilan bog‘liq. Ko‘krak sutida “B12” vitamini konsentratsiyasi kam bo‘lsa ham, uning biologik qiymati kattadir. Ayrim vitaminlar yetishmaganda maxsus choralarni qo‘llash zarur. Uzoq muddat homiladorlikdan saqlovchi vositalarni qabul qilgan onalar sutida “B6 ” vitaminining yetishmasligi kuzatiladi. Buning oldini olish uchun shifokor maslahatini olish lozim. Mineral moddalar. Ko‘krak sutidagi mineral moddalar miqdori, masalan, Ca, P, K va Fe birikmalari onaning ovqatlanishiga bog‘liq emas. Bunday paytda kompensator mexanizmlar, masalan, kalsiyning peshob bilan ajralishini kamaytiruvchi mexanizmlar ishga tushadi. Bunda laktatsiyadan keyingi tiklanish davri katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘krak sutida mineral moddalarning miqdori uni almashtiruvchi barcha ozuqalarga qaraganda kam bo‘ladi. Shuning uchun u ko‘proq bolaning ovqatlanish talabiga to‘g‘ri javob beradi. Kalsiy ancha samarali so‘riladi, chunki sut tarkibi unga boy – kalsiyning fosforga nisbati 2,1 ga teng. Buni to‘ldirish uchun ko‘krak sutini almashtiruvchi ozuqalarga ko‘p miqdorda temir qo‘shish kerak, bu esa patogen mikroorganizmlarning ko‘payib ketishiga olib kelishi mumkin. Fe tanqisligi – anemiya 6-8 oygacha ona suti bilan oziqlanuvchi bolalarda kam uchraydi. Haqiqatan ham, yaxshi ovqatlangan onalardan tug‘ilgan sog‘lom bolalar jigaridagi temir miqdori uning 1 yoshgacha rivojlanishi uchun yetarli hisoblanadi. Lekin boshqa mahsulotlarni bolaga erta berishni boshlash bu muvozanatni buzadi. Masalan, nok ko‘krak suti tarkibida erimaydigan birikmalarni hosil qilishi mumkin. Temir yetishmovchiligi aniqlangan ko‘pchilik emizikli ayollar hali homilador bo‘lmasdanoq anemiyaga chalinadilar. Bunday hollarda to‘liq terapevtik miqdorda temir dori vositalarini berish zarur. Ko‘pgina mamlakatlarda ayollar gemoglobin miqdori normal, hatto qo‘shimcha 200–300 mg bo‘lgandagina homiladorlikka tayyor hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan tavsiyalar faqat ona qonidagi temir ko‘rsatkichlariga tegishlidir. Tekshirishlar bola tug‘ilgach uning qon tarkibida temir ko‘rsatkichlari ona qonidagi temirga u qadar bog‘liq bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Shuningdek, onadagi Fe ko‘rsatkichining ko‘krak sutidagi temirga bog‘liqligi tasdiqlanmagan. Qo‘rg‘oshin enzimlar tuzilishi va funksiyasi hujayra immuniteti uchun juda muhimdir. Ko‘krak suti tarkibida uning miqdori kam, lekin bolaning talabini qondirishga yetadi. Ko‘krak sutida qo‘rg‘oshin yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan dermatitning oldini olishda tarkibida qo‘rg‘oshin bo‘lgan enzimlar ahamiyati katta. Bu kasallik ko‘pincha sun’iy ovqatlanuvchi bolalarda ko‘p uchraydi. Mikroelementlar. Avval ta’kidlab o‘tilganidek, ko‘krak suti va boshqa uning o‘rnini bosuvchi mikroelementlar bir-biridan farq qiladi. Ozuqalardagi mikroelementlarning yetishmasligi yoki ko‘payib ketishi emadigan bolalarda kam uchraydi. Mis nisbatan past molekulyar og‘irlikdagi oqsillar bilan birga birikadi va uning biologik faolligi yuqori bo‘ladi. Uning yetishmasligidan kelib chiqadigan mikrotsitar anemiya va asabiy o‘zgarishlar faqat sun’iy ovqatlanadigan bolalarda kuzatiladi. Selenning ham miqdori emadigan bolalarda yuqori bo‘ladi. Ko‘krak sutining o‘rnini bosuvchi ozuqalarda xrom, alyuminiy va marganes miqdori 100 marta ko‘p bo‘ladi. Buning salbiy oqibatlari, ya’ni bolalarning rivojlanishi va suyaklar o‘sishiga zararli ta’siri aniqlangan. Ko‘krak suti va uni almashtiruvchi ozuqalardagi mineral moddalar hamda ozuqaning boshqa komponentlari o‘rtasida ko‘pgina farqlar mavjud. Oxirgi 10 yil ichida minerallar va ularning o‘rnini bosuvchi biologik moddalar qiymati orasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda katta yutuqlarga erishilgan. Ona suti nafaqat bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, balki ona-bola o‘rtasidagi muhabbat, qadr-qimmat tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Maktuba MIRRAXIMOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. Mavjuda QOSIMOVA, assistent. Onalik va bolalik Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 13 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’- lim islohotlari bu sohani global axborotlashtirish bilan birga masofaviy ta’lim g‘oyasini ham ko‘zda tutadi. Ta’lim tizimini globallashtirish jarayonida masofaviy ta’lim tizimi ahamiyatini hisobga olgan holda, avvalo, uning o‘zi nima va u qanday tashkil etiladi, degan savolga javob berish lozim. Masofaviy ta’lim tizimi hududiy segment mavjudligi sababli, axborot-kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta’lim turi bo‘lib, muayyan oliy ta’lim muassasasining hududiy tarmog‘ini kengaytirish, taniqlilik darajasini oshirish, tijorat ta’lim xizmatlaridan tushadigan foydani ko‘paytirish maqsadida yuzaga kelgan ta’lim tizimidir. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, axborot tarmog‘ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Barcha oliy o‘quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirildi. Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy yo‘nalishlarida AKTning keng qo‘llanilayotganligi bu sohadagi masofadan o‘qitish tizimini tashkil etish va masofaviy usulda mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Iqtisod ta’lim sohasi yo‘nalishlarida masofaviy usulda mutaxassislar tayyorlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud: – Respublikamizning oliy ta’lim muassasalarida AKT asosida masofaviy usulda iqtisodchi kadrlar tayyorlash imkoniyatining boshqa ta’lim yo‘nalishlariga nisbatan ustunligi; – iqtisod ta’lim sohasi yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilarning va xodimlarning kompyuter texnologiyalarini boshqa ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilariga nisbatan yaxshi o‘zlashtirganligi; – internet tizimida mazkur soha mutaxassislarini tayyorlash uchun yetarli va eng yangi axborotlarning mavjudligi; – davlat ta’lim standartlariga muvofiq iqtisodiy yo‘nalishlardagi fanlardan tayyorlangan amaldagi o‘quv rejalarining bir-biriga yaqinligi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalardan biri ham “ta’lim tizimida yaxlit axborot makonini vujudga keltirish”dir. Fan va ta’lim sohasida ro‘y berayotgan yangiliklarni ta’lim tizimiga tatbiq etish raqobatbardosh va zamon talabiga javob beradigan Ilm-fan ufqlari MASOFAVIY TA’LIM TIZIMI AFZALLIKLARI 14 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 kadrlar tayyorlashning asosiy kafolati hisoblanadi. Bu esa masofaviy ta’lim tizimida mavjud fanlardan elektron darsliklar yaratish va ularni doimiy fan yangiliklari bilan boyitib borish orqali amalga oshiriladi. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq 168 dan ortiq yo‘- nalishda bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga asosan o‘qitiladigan fanlar soni 3000 dan ziyoddir. Ushbu fanlar turli ta’lim yo‘nalishlarida turli miqyosda o‘qitiladi va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun alohida darslik va ma’ruzalar matni tayyorlanadi. O‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash masalasini ilmiy tahlillar asosida tayyorlangan elektron darsliklar yaratish yo‘li bilan qisqa muddatlarda hal qilish mumkin. Ta’lim yo‘nalishlarini bunday darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash katta iqtisodiy samara beradi. Ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarda (“Sotsiologiya va psixologiya” ta’lim sohasi bo‘yicha 2 ta ta’lim yo‘nalishi, “Jurnalistika va axborot” ta’lim sohasi bo‘yicha 3 ta ta’lim yo‘nalishi, “Iqtisod” ta’lim sohasi bo‘yicha 16 ta ta’lim yo‘nalishi, “Huquq” ta’lim sohasi bo‘yicha 2 ta ta’lim yo‘nalishi) 23 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanmoqda. Masofaviy ta’lim tizimining iqtisodiy sohada tashkil etilishiga yana bir asos – soha ta’lim yo‘nalishlarida talabalarning internet tarmog‘i orqali ta’lim olishlari uchun axborotlar ko‘pligi va fanlardan yetarli bilim olishlari imkoniyati mavjudligidir. Iqtisod ta’lim sohasining namunaviy o‘quv rejalaridagi gumanitar fanlar deyarli barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun bir xil. Iqtisod ta’lim sohasi yo‘nalishlarida gumanitar fanlarning mavzulari va ma’ruza soatlari mosligi 95 foizni tashkil etadi. O‘qitilayotgan fanlar dasturlarining 85 foizga muvofiqligi bu fanlardan elektron darsliklar tayyorlash imkonini beradi. Yagona elektron darslik yaratilganda sarflanishi rejalashtirilgan mablag‘ning katta qismi iqtisod qilinadi. Toshkent moliya instituti bakalavr talabalarining masofaviy usulda o‘qish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida 2010-yil aprel oyida 165 ta talaba tomonidan to‘ldirilgan anketa so‘rovnomalari ilmiy tahlil qilindi. So‘rovnomada qatnashgan talabalarning asosiy qismi 18-24 yoshdagilardan iborat. Bu yoshdagilar barcha talabalarning 70,5 foizini, 25,5 foizini esa 24-26 yoshdagilar va faqat 4 foizini 26 yoshdan kattalar tashkil etdi. Talabalar tomonidan to‘ldirilgan anketa so‘- rovnomalariga ko‘ra masofaviy shaklda o‘qish istagini bildirgan talabalarning soni 83 kishini, ya’ni 50 foizni tashkil etdi. Masofaviy ta’limni qisman qo‘llash istagini bildirganlar soni 64 kishi yoki 35 foizdir. So‘rovnoma natijalariga muvofiq talabalarning 50 foizida masofaviy shaklda ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, ushbu imkoniyat 27 foiz talabalarda qisman mavjud. Talabalarning masofaviy shaklda ta’lim olishga bo‘lgan xohishlarini tahlil qilganimizda shu narsa aniq bo‘ldiki, ulardan 51,5 foizi ushbu usulda ta’lim olishni xohlasalar, 41,4 foiz talabalar masofaviy usulda ta’lim olishga qisman xohish bildirganlar. Qolgan 7,1 foiz talabalarning 4,9 foizi ushbu usulda ta’lim olishni xohlashmagan, 3,1 foiz talabalar aniq fikr bildirishmagan. Masofaviy ta’lim usulida tahsil olish imkoniyatlarini fakultetlar bo‘yicha tahlil qilganimizda, bank yo‘nalishi talabalari 100 foiz, moliya yo‘nalishida 82 foiz, soliq va sug‘urta ishi yo‘nalishida 80 foiz, buxgalteriya yo‘nalishida 60 foiz talabada bunday imkon mavjudligini aniqladik. Masofaviy usulda ta’lim olish xohishini bildirgan talabalardan ma’sofaviy ta’limning qaysi usulida ta’lim olishni xohlashlari o‘rganilganda, ularning 54,4 foizi keys texnologiyasi va tarmoq texnologiyasi asosida, 26,4 foiz talabalar tarmoq texnologiyasi asosida, 17 foiz talaba keys texnologiyasi, faqat 2,2 foiz talaba korrespondentlik texnologiyasi asosida ta’lim olish istagini bildirganlar. Iqtisod ta’lim sohasi masofaviy ta’lim tizimini yaratish, mablag‘lardan unumli foydalanish va tizim samaradorligini oshirishda masofaviy ta’lim uzluksizligini ta’minlaydi. Maqsuda TILLASHAYXOVA, Umar ASRAYEV, TMI katta o‘qituvchilari. Ilm-fan ufqlari Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 15 “ODAM YAXSHILIG‘I SO‘Z ILA” Ming yillar davomida shakllanib kelgan axloqiy an’analar, qadriyatlar shu millat ma’- naviyati, tafakkurining muhim uzviy qismi hisoblanadi. Millat ma’naviyati ham shu qadriyatlar negizi, doirasida shakllanadi. Buyuk bobolarimizning nodir asarlari mazmuni bugunimiz uchun ham daxldorligi, ulardagi mazmun mohiyatni hayotga keng tatbiq etishga katta ehtiyoj mavjudligi bu fikrning haqiqatligini isbotlaydi. Mutafakkir bobolarimiz bizga tuhfa qilib qoldirgan asarlar qatorida islom olamida “muhaddislar sultoni” deb tan olingan Imom Buxoriy asarlari ham bugungi jamiyat kishilari uchun dasturulamaldir. Sababi bu zot to‘plagan hadislarning asosiy qismi odob-axloq masalalari, inson ma’naviyati bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan. Masalan, bir hadisda shunday deyiladi: “Muloyim bo‘l, kimda muloyimlik xislati bo‘lsa, husn va kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo‘lmasa, u aybli va nuqsonli bo‘ladi”. Bu hadis eng nozik insoniy madaniyatni o‘zida mujassam etgan. Demak, har bir odam o‘z atrofidagi insonlarga nisbatan muomalada juda ehtiyotkor bo‘lishi zarur. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari ham badiiyatning yuksak namunasi hisoblanadi. Unda adib fikri go‘zal obrazlar, hayotiy o‘xshatish va lo‘nda istioralar, ta’sirchan timsollar bilan ziynatlangan. Adib so‘z va tilning qudratini, inson hayotidagi ahamiyatini nozik darajada his etadi: Til arslon turur, ko‘r eshikda yatur, Aya evlug, arsiq boshigni yeyur. (Til hovlida (ya’ni qafasda) yotgan arslon kabidir, Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni yeydi) Adib tilni arslonga o‘xshatish bilan tinglovchi kitobxonni katta bir xavfdan, yomon va behuda so‘zlarni so‘zlashdan mutafakkirona ogohlantiryapti. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari esa til odobi masalalari yoritilgan durdona asarlardandir. Asarda til odobiga doir maxsus boblar ajratilgan. Ulardan biri “Tilni tiyish va axloq-odob haqida” deb ataladi. Keyingisi esa “Aqldan ozish, til jarohati va uni tiyish haqida” deb nomlangan. Shu o‘rinda quyidagi to‘rtlikni keltirish o‘rinlidir: Hiradliqmu bo‘lur tili bo‘sh kishi, Telim boshni yedi bu til, so‘z bo‘shi. O‘chukturma erni tilin bil bu til, Bashaq tursa butmas, butar o‘q bashi. (Tili achchiq kishining aqli yetuk bo‘ladimi, Til va so‘z zahari ko‘p kishilarning boshini yedi. Kishini o‘chakishtirma,(uning) tilini bil, bu til, Yarasi tuzalmaydi, o‘q jarohati esa bitib ketadi.) Ma’naviy olam 16 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 Ko‘rinib turibdiki, til, nutq odobiga bo‘lgan e’tibor xalqimiz orasida asrlar davomida yuksak bo‘lgan. Jamiyat a’zolari orasidagi “eng muhim aloqa vositasi” bo‘lmish til haqida adib Ahmad Yugnakiy aytgan fikrlar hanuz o‘z kuchini yo‘qotmagan. So‘z mulkining sultoni Hazrati Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mahbub ul-qulub” va boshqa ko‘plab asarlari o‘zbek tilida nutq tuzishning go‘zal namunalari sanaladi. Navoiy so‘z qadrini benihoya ulug‘lagan va uning qudrati nimalarga qodirligini chuqur anglagan ulug‘ siymo edi. Shu bois Hazrat Navoiy yozadilar: So‘zdurki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdurki, berar jonga xabar jonondin. Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin. Mutafakkir fikricha, insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so‘zi, nutqidir: “Suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila, odam yaxshilig‘i so‘z bila.” (“Mahbub ul-qulub”) Bu singari asarlarni mutolaa qilish muloyimlik, o‘z nutqi orqali fikrlarini tinglovchilarga lo‘nda va aniq yetkaza bilish singari ko‘plab go‘zal va oliyjanob sifatlarning shakllanishiga turtki beradi. Shuning uchun ham bu singari axloqiy merosimizni maktabda, kollej va litseylarda, qolaversa, oliy ta’lim tizimida yanada chuqurroq o‘rgatish har bir insonni, yoshlarimizni axloqiy barkamollikka yetaklaydi. R. ASRAYEVA, Toshkent bank kolleji o‘qituvchisi. Ma’naviy olam Vatan tarkin bir nafas aylama, Yana ranji g‘urbat havas aylama. A. Navoiy Vatanparvarlik – bu vatanga xizmat qilayotgan kishi, vatan esa – bu birinchi navbatda xalqdir. N.Chernishevskiy Vatanning taqdiri undagi yoshlar tarbiyasiga bog‘liqligi kishilarni boshqarish san’ati to‘g‘risida fikr yuritadiganlarning hammasiga ma’lum. Aristotel Vatanni obro‘sizlantirish uni sotish bilan tengdir. Viktor Gyugo Vataning sen uchun nima qildi, deb so‘rama, vatanim uchun men nima qildim, deb so‘ra. Jon Kennedi Vatanparvarlik – yolg‘iz o‘z vataniga mehr qo‘- yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu – vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqotish demakdir. A. N. Tolstoy Vatanparvarlikning tarbiyaviy ahamiyati juda katta, bu kishini bashariyat haqidagi g‘oyalar bilan ulg‘aytiradigan maktabdir. M. Ye. Saltikov-Shchedrin Vatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon yerida ildiz otsin. I. S. Turgenev O‘zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan. A. Blok Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. J. Bayron Saxovatning eng buyuk jasurliklari vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan. J. J. Russo Kim bo‘lishdan qat'i nazar, uning vatanparvarligi so‘zi bilan emas, ishi bilan isbot qilinadi. V. G. Belinskiy Vatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir. V. A. Suxomlinskiy Vatanga nafi yo‘q yashalgan har kun, Inson hayotida qolur bemazmun. M. Salmon “Hikmatlar shodasi” kitobidan olindi. tafakkur gulshani Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 17 FIZIOTERAPIYA – TABIATNING TABIIY DAVOSI Har qanday kasallikni davolashda tanlangan davo muolajalarining foydalari bilan bir qatorda zararsizligi, hech qanday asorat qoldirmasligiga ham e’tibor qaratish kerak. Fizioterapiya muolajalari bilan davolangan bemorlarda odatda zararli asorat qolmaydi. Hozirgi kunda turli xil kasalliklarni davolashda fizioterapiyadan foydalanib kelinmoqda. Fizioterapiya afzalliklar haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Respublika Soliq qo‘mitasiga qarashli sport sog‘lomlashtirish markazida bo‘lib, u yerning yuqori malakali fizioterapevtlari Hasanboy Masharipov va Mohira Ochilovalar bilan suhbatlashdik. Ulardan fizioterapiyaning foydali xususiyatlari, bunday davolash usulining o‘ziga xosliklari haqida batafsil ma’lumot olishga urindik. – Hasanboy aka, fizioterapik muolajalar haqida ma’lumot berib o‘tsangiz? – Fizioterapiya davolashning eng qadimiy, sinalgan hammaga ma’lum turidir. Fizioterapiya yunoncha physis – tabiat va terapiya so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bu – tabiiy va fizikaviy faktorlar issiq va sovuq, ultratovush, elektr toki, magnit maydon, lazer, ultrabinafsha, ultraqizil nurlar, balchiq, suv, massaj, girudoterapiya va boshqalar yordamida tabiiy muolaja, zararsizlikka yo‘- naltirilgan havo, elektr, suv muolajasi ya’ni tabiatda bor narsa, moddalar bilan davolash. Fizioterapiya tibbiyotning deyarli barcha sohalarida qo‘llaniladi – xirurgiya, stomatologiya, kardiologiya, kosmetologiya, urologiya, akusherlik va ginekologiya, nevrologiya va h.k. Xirurgiya, akusherlik va ginekologiya, kosmetologiyada fizioterapiya imkoniyatlaridan ko‘proq foydalaniladi. – Fizioterapiyaning boshqa davo muolajalaridan qanday ustunlik jihatlari bor? – Bu muolaja turi odam organizmini tabiiy va fizik omillar yordamida davolashdir. Fizioterapiyaning boshqa davo muolajalaridan yoki xirurgik aralashuvdan farqi shundaki, bunda bemor organizmiga kam og‘irlik tushadi. Shuning uchun shifokorlar bemorlariga ko‘pincha aynan fizioterapiyani tavsiya etishadi. Bu davo turi azaldan hammaga ma’lum bo‘lib, u Ibn Sino darsxonasi 18 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 tabiiy o‘tlar davosi va bioenergetikadan keyin ikkinchi o‘rinda turgan. Xuddi o‘sha zamonlardagi kabi hozirgi kunda ham fizioterapiya dori-darmonlar, bioenergetik, xirurgik va boshqa davo turlari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ayniqsa, surunkali kasalliklarni davolashda fizioterapiyaning o‘rni kattadir. Bu davo turida noxush asoratlar kam uchraydi. Bemorlar bu muolaja turini qabul qilishi oson va unda asosan tabiiy omillardan foydalaniladi. Fizioterapiya bemorning kasallikdan keyingi tiklanish davrida juda muhimdir. U kasallikning kuchayishini oldini olishda, organizm faoliyatini tiklashda, ishga layoqatliligini oshirish va kayfiyatini ko‘tarishda yordam beradi. Kimyoviy va dorilar bilan davolash qatorida fizioterapiyadan alohida yoki qo‘shimcha muolaja sifatida qo‘llaniladi. Uning bir nechta ustun tomonlari bo‘lib, bularga quyidagilar kiradi: birinchidan, u keng ta’sir kuchiga ega bo‘lib, bu har bir bemorga alohida yuqori natijali kurs tayin qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, allergik reaksiyalar chaqirmaydi. Uchinchidan, organizmga kuchli, lekin yumshoq ta’sir qilib, uni zo‘riqtirmaydi. – Bu davo muolajasi qanday kasalliklarda buyuriladi, qanday kasalliklar davrida tavsiya etilmaydi? Mohira Ochilova: Fizioterapiyani alohida yoki boshqa davo vositalari bilan birga olib borish mumkin. Fizioterapiyada kasallikka, uning bosqichiga, bemor hayoti va kasallik tarixiga, yoshi, jinsi, fizik va ruhiy holatiga, yashash joyiga qarab ko‘rsatmalar beriladi. Onkologik, kamqonlik, tuberkulyoz, yurak, o‘pka, buyrak kasalliklari bilan og‘riganlarga, homiladorlarga buyurilmaydi. Yana bemor harorati ko‘tarilganda ham tavsiya etilmaydi. Gipertoniya, nafas yo‘llari kasalliklarida, asab sistemasi, mushak, xirurgik, urologik, ginekologik, stomatologik kasalliklarda ko‘p qo‘llaniladi. – Davo muolajasi necha kun va qancha vaqt davom etadi? – Davo muolajasining bir kursi 7 kundan 10 kungacha bo‘lib, maxsus magnit, elektrofarez apparatlari va turli xil mineral vannalar, igna bilan davolanib, 15–20 minut davom etadi. Muolajani qabul qilgach, ikki saotgacha harakatlanmaslik kerak. 3–4 kundan so‘ng natijasi sezila boshlaydi. Fizioterapiyani bemorga tavsiya qilishda kasallik turi, uning bosqichi, bemor yoshi va boshqa omillar hisobga olinadi. 60–70 yoshdan keyin bu usul qo‘llanilmaydi. Uning o‘rniga yengil massaj yoki kurortologiya turini tavsiya etamiz. Kasallik turiga qarab 3 yoki 6 oydan keyin yana davom ettiriladi. Fizioterapiya yuqori darajali natija va xavfsizligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ko‘pchilik kasalliklarning oldini olish vositasi hamdir. Fizioterapiyadan operatsiyadan keyin foydalanganda to‘qimalarning tiklanishiga, bemorning kuchga kelishiga va choklarning tez bitishiga yordam beradi. Fizioterapiya yaxshi natija berishi va xavfsizlik uchun bemor shifokor ko‘rigidan o‘tishi va uning ko‘rsatmalariga quloq tutishi lozim. Zamonaviy fizioterapiya fizik energiyaning ta’sir turiga qarab turli xil bo‘ladi. Uning tibbiyotda quyidagi turlari qo‘llaniladi: – elektroterapiya (past va yuqori chastotali); – magnitoterapiya; – lazeroterapiya; – vibroterapiya; – termoterapiya; – baroterapiya; – magnitolazer terapiya; – svetoterapiya; – gidroterapiya; – kompresli terapiya; – mikroto‘lqinli terapiya va boshqalar. Fizioterapiya xirurgiyada tiklanish jarayonini tezlashtiradi va asoratlarning oldini olib bemorni tezroq tuzalishiga va normal hayot tarziga qaytishiga yordam beradi. Kimyoterapiya bilan solishtirganda fizioterapiya organizmga bezarardir, shuning uchun ko‘p hollarda fizioterapiya afzal ko‘riladi. Xirurgiyada ishlatiladigan asosiy fizioterapiya faktorlari – lazerli terapiya, magnitoterapiya, ultrabinafsha nurlar, darmondorilar fonoforezi, modellashtirilgan tok va yana boshqalar. Fizioterapiya muolajalari xirurgik kasalliklarda kompleks davo qatoriga kiritiladi va shu bilan bir qatorda boshqa davo usullari bilan yuqori natija beradi. Ibn Sino darsxonasi (Davomi 28-betda) Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 19 Oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori sifatli bo‘lishi inson hayotida, ayniqsa, bolalar salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Barcha insonlar, shu jumladan, yoshlar va bolalar uchun ham geni o‘zgartirilgan mahsulotlar (GM-Genetically Modified Products) iste’mol qilish yoki ulardan kundalik turmushda foydalanish salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. GM texnologiya deb ataladigan ushbu usul har qanday tirik organizmga yagona bir gen qo‘shilishi natijasida turlar orasidagi tegishli gen o‘zgarishini o‘z ichiga qamrab oladi. Genetik injenerlik ta’sirida yaratilgan mahsulotlar tabiiy muhitda bir-biriga aloqasi bo‘lmagan organizmlar genlarining biridan ikkinchisiga ko‘chirilishi natijasida hosil bo‘- ladi. Biroq bunda ko‘chirilgan (yoki transfer qilingan) genlar inson geni, hayvon geni, o‘simlik geni, virus geni, mikrob geni yoki sintetik gen bo‘lishi ham mumkin. Bu usuldan foydalanib, bir organizmdagi genlarning boshqa organizmga o‘tkazilishi yangi, butunlay boshqa xususiyatlarga ega organizmlarni hosil qilyapti. Bugungi kunda ko‘pchilik tayyor ovqatlar va qadoqlangan ichimliklardan (GM texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan) foydalanmoqda. Masalan, riboflavin, aspartam, asparvit, aspamik, karamel, maltodekstrin, kraxmal, fruktoza, glyukoza, aromatizatorlar va boshqa Ye indeksli deb nomlangan qo‘- shimcha moddalar shular jumlasiga kiritish mumkin. Qishloq xo‘jaligida ham tabiiy urug‘lar bilan bir qatorda GM texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan urug‘lar ishlatilishi hech kimga sir emas. Masalan, kartoshka, piyoz, sarimsoqpiyoz, qovun, tarvuz, olma, nok, paxta, bug‘doy, guruch, soya, jo‘xori, qand lavlagi kabi asosiy oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini yetishtirishda GM urug‘lar qo‘llanilmoqda. Albatta, qayta ishlab olingan yog‘, un, shakar, qand, kosmetik va parfumeriya, bo‘yoq, gazlama hamda o‘g‘itlar ham GM texnologiyasi mahsulotlari sirasiga kiradi. Transgen mahsulotlarda ozuqa sifatida tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan organizmlarning genlaridan foydalanilayotganiga qaramay, bu mahsulotlarni iste’mol qilish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida keng miqyosli ilmiy izlanishlar olib Dolzarb muammo 20 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 borilmagan. Ularning bolalarga va kelajak avlodimizga ta’siri qanday bo‘lishi esa umuman o‘rganilmagan. GM texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan yoki yetishtirilgan mahsulotlarni iste’mol qilish orqali undagi transgenlarning butun organizmga tarqab ketishi oqibatida turli xil og‘ir va bedavo kasalliklar (onkologik kasalliklar, immunitet tizimining izdan chiqishi, qon kasalliklari, allergiya, bepushtlik va boshqalar) kelib chiqishi ehtimoli kuchli. Masalan, sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalarda transgenlarning miya, teri, jigar, buyrak, taloq, jinsiy a’zolar va homilaga ham joylashib, tezlik bilan ko‘payayotganligi aniqlangan. Nazoratdan chiqqan genlarni orqaga qaytarishning imkoni bo‘lmaydi va ularning tabiiy ekologik tizimdagi genlarni yo‘q qilib yuborishi xavfi mavjud. Natija esa juda halokatli. Ya’ni tabiiy biologik formalar qirilib bitib, ularning o‘rnini sun’iy biologik mavjudotlar egallaydi. Masalan, bugungi kunda transgen urug‘ga “terminator – yo‘q qiluvchi gen” joylashtirilib, bu urug‘larning keyingi bosqichda bepusht bo‘lishiga olib kelmoqda. Shuning uchun bunday urug‘lar bir martagina ishlatiladi. Agar bunday mahsulotlarni iste’mol qilgan insonlarning ko‘payish tizimi ham xuddi shunday o‘zgarishga uchrasa, nafaqat alohida insonlar, balki butun boshli millatlar bepusht bo‘lib qolishi va hatto qirilib bitishi hech gap emas. Shuning uchun ham GM texnologiyasi asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asta-sekin ta’sir qiladigan qo‘rqinchli ommaviy qirg‘in quroliga yoki insonlarning ommaviy boshqaruvini ta’minlaydigan vositaga aylanadi. Ammo shunga qaramay, inson haqiqatni anglab yetmaguncha turli xil muammolarga duch kelishi bizga hayot tajribalaridan ma’lum. Sun’iy aromatizatorlar, GM texnologiyasi asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ma’lum chastotalardagi lazer nuri, turli xil shovqinli musiqaviy akustik vibratsiyalar singari DNK viruslari DNK molekulasining o‘zgarishiga yoki o‘zgarishga moyil bo‘lishiga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni tadqiq qilgan olimlar inson DNKsining turli jarayonlar ta’sirida asta-sekin o‘zgarayotganini aniqlashgan. Bu esa turli xil kutilmagan xastaliklarni keltirib chiqarib, oxiri nima bilan tugashi noma’- lum bo‘lgan o‘zgarishlardir. Shu bois, bizning fikrimizcha, yoshlarning sog‘lig‘iga ziyon yetmasligi uchun salomatlikka tahdid solayotgan quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmaslik zarur deb hisoblanadi: – GM texnologiyasi asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, shu jumladan, vitaminlar, fermentlar, ta’m beruvchi moddalar, dorivor mahsulotlarning bolalar tomonidan iste’mol qilinishidan voz kechish lozim; – turli xil sun’iy qo‘shimchalar qo‘shilib qadoqlangan ichimlik va taomlarni, kir yuvish vositalarini, xushbo‘y hidli mahsulotlarni, dezodorantlarni, sun’iy parfumeriya va kosmetika mahsulotlarini, xona havosini xushbo‘ylashtiruvchilarni, saqichlarni ishlatmaslik, gen va nanotexnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan sun’iy mahsulotlardan va dorilardan foydalanmagan ma’qul; – bolalarning immunitet tizimini mustahkamlash uchun tavsiya etilgan sintetik gormonal preparatlarni ishlatmaslik kerak; – bolalar kasallanganda sun’iy gomeopatik dori-darmonlarni ishlatishdan imkoni boricha voz kechish talab qilinadi; – poliklinika va kasalxonalarda sovuq lazer terapiyasi va lazer depilyatsiyasidan foydalanishdan imkon darajasida voz kechgan ma’qul; – to‘y va marosimlarda, televideniye, radio va kinoda bolalar ularning ruhiyatiga va sog‘- lig‘iga ziyon yetkazadigan aks-sadoli, shovqinli va yuqori vibratsiyali musiqalarni tinglamasligi kerak. Ammo shuncha ogohlantirishlarga qaramay, ko‘pchilik bunday tavsiyalarga nafaqat rioya qilmaydilar, balki ularni eshitishni ham istashmaydi. Ular barcha yangiliklar inson tafakkuri mahsuli bo‘lib, faqatgina uning taraqqiyoti uchun xizmat qiladi, deb muammoning asl mohiyatini anglamasdan yanglishadi. Aksincha, kimyoviy elementlarni haddan tashqari keng miqyosda qo‘llash oqibatida yuzaga kelayotgan ekologik halokat xavfi paydo bo‘lmoqda. Nanotexnologiya (moddaning atom-molekulyar darajasida yuzaga chiqarilgan yangi xususiyatlaridan foydalanadigan fan va texnika yo‘nalishi) asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ko‘pchiligi titandioksid minerali va shunga o‘xshash moddalar (masaDolzarb muammo Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 21 lan, volfram, kobalt, uglerod va boshqalar) asosida yaratiladi. Yorug‘lik nuri fotonlari titandioksid nanozarrachalariga tushganda, organik moddalar kimyoviy reaksiya natijasida parchalana boshlaydilar va bu xuddi o‘simliklardagi fotosintezga o‘xshab ketadi. Agar fotosintez natijasida organik modda hosil bo‘lsa, titandioksid vositasidagi sun’iy fotosintezda organik moddalar parchalanadi, ya’ni batamom teskari ish bajariladi. Agar titandioksid nanozarrachalari har qanday organik modda yoki tirik hujayra bilan aloqa qilganida, u jonli to‘qimalarning, ayniqsa, proteinning parchalanishiga va uning funksiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi xavfli kimyoviy reaksiyani boshlab beradi. Ammo hozirgi paytda ko‘pchilik sanoat mahsulotlari, qadoqlangan oziq-ovqatlar, ichimliklar, dori-darmonlar, kiyim-kechaklar va boshqa narsalar xuddi shu titandioksid kabi nanozarrachalar yordamida ishlab chiqarilmoqda. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, nanozarrachalar tirik hujayraning genlarini mutatsiya qilish xossasiga ega. Tajriba maqsadida akvariumga uglerod (karbon) nanozarrachalari qo‘shilganida ikki kundan so‘ng infuzoriyalar tez sur’atlar bilan qirila boshlagan va baliqlarning miya hujayralarida salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan. Shunga qaramay, uglerod nanozarrachalari qadoqlangan ichimliklar tayyorlashda keng miqyosda ishlatilmoqda. Bugungi kunda nanotexnologiya va gen texnologiyasi usullari bilan vitamin, sintetik garmon, ferment va aminokislotalar singari juda ko‘p yangi dorilar ishlab chiqarilyapti. Ammo dorilar, oziq-ovqatlar, tuz va ichimlik suvlar bilan inson organizmiga kirayotgan nanozarrachalar keyinchalik qanday ta’sir qilishi o‘rganilmagani hisobga olinmaydi. Lekin shunisi aniqki, sintetik garmon va fermentlarni qabul qilgan inson ularga bog‘liq bo‘lib qoladi hamda ular vositasida boshqarilishi ham mumkin. Shuning uchun bu mahsulotlar kelajakdagi ko‘zga ko‘rinmaydigan psixotron va psixotrop turdagi global urushlarda inson ruhiyatini garovga olish strategiyasini amalga oshirishga imkon beradi degan taxmin bor. Ijtimoiy saytlar, bloglar va forumlar esa o‘zlarining insonlararo muloqotdagi ijobiy jihatlaridan tashqari, boshqa tomondan zararli mafkuralarni kerakli davlatlar yoki millatlarga zo‘rlab tiqishtirish uchun qulay vositadir. Xalqaro firmalar tomonidan iqtisodiy yordam ko‘rinishida turli xil sog‘lik uchun zararli va genetik ravishda o‘zgartirilgan mahsulotlar sotilib, katta daromad olishga erishilayotgani hech kimga sir emas. Agar bu mahsulotlarga nanokolbalar joylashtirilgan bo‘lsa, insonni topish va uni kerakli ravishda dasturlash, boshqarish yoki sterilizatsiya qilish katta muammo bo‘lib qolmaydi. Nanotexnologiyaning oxirgi yutuqlaridan biri – inson tafakkurini boshqarishni amalga oshirishdir. Buning uchun DNK molekulalari asos sifatida olinib, bionanotexnologik kalit hisoblanadigan “nanoaktuator” ishlab chiqarilgan. U tirik hujayralarning tabiiy energiyasidan foydalanib ishlaydi va bu orqali tirik biologik tizimlar va kompyuterlar olami orasida aloqa o‘rnatiladi. Bu holda esa tushunchalar, istaklar, tuyg‘ular, sevinch va his-tuyg‘ular nanokompyuter tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘ladi. Immunitet tizimini holdan toydirib, ishdan chiqarmaslik uchun turli xildagi kimyoviy dorilar qabul qilishni imkoniyat darajasida to‘xtatish kerak. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: – yoshlar to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish tarziga qat’iy rioya qilishi lozim; – vujudni tozalash amallarini bekami-ko‘st bajaring. Buning eng to‘g‘ri yo‘li – tabiiy ozuqalarni iste’mol qilish, ichki va tashqi a’zolarni tozalash, vaqti-vaqti bilan ochlik e’lon qilib turish hamda yuqoridagi bo‘limlardagi ko‘rsatmalarga iloji boricha rioya qilish; – genetik modifikatsiyalangan va nanotexnologiya asosida tayyorlangan mahsulotlarning yoshlar tomonidan iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymang; – yoshlarning doimiy harakatda bo‘lishlariga hamda sport bilan shug‘ullanishlariga e’tiborli bo‘ling; – bolalarning quyosh, havo, suvdan hamda shifobaxsh meva, sabzavot, giyohlardan va tabiiy mahsulotlardan unumli foydalanishlariga e’tibor qarating. Manzura AZIZOVA, TMI katta o‘qituvchisi. Go‘zal BOLTABOYEVA, TMI o‘qituvchisi. Dolzarb muammo 22 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 kiyinish madaniyatida bolalarga xoslik Ertalab birin-ketin kirib kelayotgan bolalarni kutib olish maqsadida MTM hovlisiga chiqqan tarbiyachini Bonuning tund qiyofasi ajablantirdi. Onasiga savolomuz qarab: “Nima bo‘ldi, har kuni kulib, shodon kelardingizlar-ku?” – dedi. Shundog‘am ishga shoshilgan, ustiga-ustak ertalabdan asabi buzilgan ona: – O‘zi mushtday bo‘lib, kiyim tanlagani nimasi? Qizil gulli ko‘ylagini kecha kiyganligi uchun bugun kiymasmish, – dedi xunob bo‘lib. Bu misoldan ham ko‘rinadiki, bolalarning shunchalik ziyrakligidan ba’zan kattalar ham o‘ylanib, xayolga cho‘mib qoladilar. Biz kattalar kiyinish uslubimizni o‘zimizga mos tartibda, kundalik ishlarimiz asosida shakllantirib olishga allaqachon ulgurganmiz. Bolalar-chi, biz har doim ham ularning kiyimlariga yetarlicha e’tibor qarata olamizmi? Ba’zida ota-onalar uch yoshli boladan o‘ziga kiyim tanlashda maslahat so‘rashning nima keragi bor, deya ajablanishadi. Balki bu borada ular biroz haqdirlar, ammo bu narsa, avvalo, bolada o‘z-o‘ziga, ota-onasiga bo‘lgan ishonchni oshirishini ham hisobga olganlari ma’qul. Gap orasida onalarning bolamni “Qo‘g‘irchoqdek kiyintirib qo‘yibman”, deya g‘ururlangani quloqqa chalinadi. Bolaning qo‘g‘irchoqdek bejirim kiyingani yaxshi, abatta, lekin bunda uning orzulari, istaklarini ham inobatga olish kerak. Bolalar tanlovini rad etmaslik, o‘zlarini zamonaviy, jozibali his etishlari uchun imkoniyat yaratish, kiyim tanlayotganda uning fikriga tazyiq o‘tkazmaslik kelajakda bu bolaning mustaqil fikrga ega bo‘lishiga imkon yaratadi. Ma’lumotlarga qaraganda, bolalar kiyimlarini loyihalash jarayoni dizaynerlardan ularning psixologiyasi, jismoniy rivojlanishi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lishni talab etarkan. Birinchi navbatda, bolalar kiyimining qulay, yengil bo‘lishi, albatta, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi haqida aytib o‘tmoqchimiz. Chiroyli kiyim bolani ozodalik, batartiblilik, saranjom-sarishtalikka o‘rgatishi bilan birga badiiy didini rivojlantirib boradi. Bir yoshga to‘lmagan bolalarning bo‘yni, oyoqlari kalta, yuzi kichkina, boshi katta, bosh va bo‘ksa aylanalari deyarli bir xil bo‘ladi. Bu yoshda bolalarga oson kiyilib-yechiladigan kiyimlar tavsiya etiladi. Ilk MTM yoshidagi va maktabgacha yoshdagi 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlarning qomati orasida farq deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Bu yoshdagi bolalar kiyimiga qulaylik va tarbiyaviylik talablari qo‘yiladi. Bolalarning tez o‘sadigan davri 7–14 yoshgacha bo‘ladi. Endilikda bu yoshdagi bolalar kiyimlarida xushbichimlik kuzatila boradi. Ularda qorin tortiladi, bel chizig‘i ko‘rina boshlaydi, oyoq-qo‘llari uzayadi. RANG TANLASHDA ADASHMANG Bozordan bolalariga kiyim-kechak xarid qilib, horib-charchab kelayotgan Dilnozani qo‘shnilari to‘xtatishdi. Odatdagidek, nimalar xarid qilganiga obdon qiziqishdi. Gap orasida Dilnoza kenja o‘g‘li sariq rangli ko‘ylakni xarxasha bilan oldirganini, lekin bu rangni qaynonasi xushlamasligini, salbiy munosabat bildirishini o‘ylab, xavotirga tushayotganini aytdi. Mutaxassislar kiyimning rangi bolalarga eng ko‘p ta’sir etadigan vosita sanalishini Bolalar dunyosi Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 23 ta’kidlashgan. Ularning sevimli ranglariga qarab, hissiy kechinmalarini, kuchli-kuchsiz tomonlarini, qanday mashg‘ulotlarga qiziqishini bilsa bo‘ladi. Haqiqatan ham sariq rangga turli millatlarda har xil qarashlar mavjud. Aytaylik, Hindistonda sariq rangga ma’budlar rangi deb qaralib, uni muqaddas bilishadi. Bizda esa otaonalar bu rangga nisbatan salbiy munosabat bildirib, yosh bolalar kiyimlarida iloji boricha bu rangni ishlatmaslikni afzal ko‘rishadi. Aslida, sariq rang baxtsiz hodisalarga sabab bo‘- ladimi? Psixologlar sariq rang kishi ruhiyatida tushkunlik holatini keltirib chiqarishini, shuningdek, miya tormozining ayrim salbiy nuqtalarini qo‘zg‘atib, charchoq holatlariga sabab bo‘- lishini isbotlashgan, balki shu sabab bu rangga nisbatan salbiy fikrlar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Lekin bolalar kiyimlari bo‘yicha mutaxassislar bolalar kiyimida sariq rangdan umuman foydalanmaslikni qoralashadi, bu rangdagi kiyimlar bolada murakkab vaziyatlarni yenga oladigan kuch paydo bo‘lishiga zamin yaratadi, deyishadi. Ikki oylik chaqaloqning atrofidagi farqlay oladigan narsasi rangdir. Avvaliga, u ochiq va to‘q ranglarni, keyinchalik esa alohida tartibda qizil rangni ajrata boradi. Shuni ma’lumot sifatida aytish mumkinki, yorqin qizil rangli kiyimlar bir yoshga to‘lmagan yoki o‘ziga “bino” qo‘ygan bolalarga tavsiya etilmaydi. Kuchsiz, ko‘p hollarda o‘zgalar fikriga tayanadigan bolalar kiyimlari orasida qizil rangli kiyimlar bo‘lgani ma’qul. Agarda bolada bu rangga nisbatan butunlay qiziqish bo‘lmasa, uni shu rangli kichik detallar yordamida shakllantirib borish lozim (kichik sharf, qizil rangdagi tugmacha). Qizil rang bolaga qiyin vaziyatlardan chiqib ketishda, o‘zini xotirjam tuta bilishida yordam beradi. Yana mutaxassislar shuni ham alohida ta’- kidlashadiki, qizil rangli kiyimlarning bola kiyimlari orasida me’yordan ortib ketishi o‘ziga xos xarakter shakllanishiga olib keladi. Natijada bola har joyda, har qanday vaziyatda o‘z “men”ini ustun qo‘yib, muammolarini o‘z bilganicha hal etishni xohlab qoladi. Ko‘k rangli kiyimlarni xush ko‘radigan bolalar esa o‘ziga ishongan, do‘stlari bilan kirishuvchan bo‘ladi. Ammo voqea-hodisalarga biroz sovuqqonlik bilan qaraydi, har qanday holatda ham o‘zini o‘zi boshqarishga harakat qiladi. Muomalaga kirishadi-yu, lekin uni uzoq davom ettirishni xohlamaydigan bolalarga ko‘k rangli kiyimlar tavsiya etilmaydi. Havorang kiyimlarni sevadigan bolalar ijobiy xususiyatga boy, sir saqlovchi, sodiq, og‘ir-bosiq bolalar sirasiga kirishadi. Bu rangdagi kiyimlar bola immunitetini ko‘taradi, ruhiy va jismoniy charchoqning oldini oladi. Ba’zan ertak va multfilmlardagi salbiy qahramonlar tasviri aks etgan kiyimlardagi obrazlarni bola o‘ziga tez qabul qilib oladi. Bolaga kiyimdagi qahramonlar ham, rangi ham ramziy ta’sir qiladi. Odatda, bolalar multfilm qahramonlari orasidan o‘z obrazlarini qidirishadi. Vaholanki, bu obraz salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin, shundan kelib chiqib bu bolaning kelajagiga ta’sir etadi. Aytaylik, yoningizdan bir bola qo‘rqinchli ertak qahramonlari yoki odam kalla suyagining tasviri tushirilgan kiyimda, sochlari bolalarga xos jimjimadorlik bilan o‘rilgan qizaloq esa katta lab surati tushirilgan ko‘ylakda o‘tib ketdi, unga nisbatan ilk taassurot qanday bo‘- ladi? Bolalar dunyosi 24 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 E ’ T I Q O D ZANGLAMASIN (“Oltin zanglamas”ni o‘qib) Yosh avlodni ezgulik, mehr-muhabbat, odamiylik ruhida tarbiyalashda Abdulhamid Cho‘lpon ta’riflaganidek, “o‘tkir yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi” – adabiyotning xizmati katta. Sodiq, Jannat, Aziza singari qahramonlarining taqdirida kitobxon uchun ibrat bo‘ladigan jihatlar ko‘pligi sababidan Shuhratning “Oltin zanglamas” romani ham qalb kirlarini yuvmoqqa qodir asarlardan hisoblanadi. Qismat Sodiqni hayotning g‘oyat sermashaqqat va murakkab yo‘llaridan olib o‘tadi, uning boshiga og‘ir kunlar tushadi. Lekin Sodiq shunchaki jafokash bir kimsa emas, u kurashchan shaxs: sermashaqqat onlarda taqdirga tan berib qo‘ya qolmaydi. Aksincha, vijdoniga gard yuqtirmaydi, ezgu g‘oyalarga sodiq qoladi. “Ona yurt o‘g‘lonining e’tiqodi, bu – oltin, bu oltin e’tiqodning oliyjanobligi, metinligi, sinovlardan g‘olibona o‘tib tantana qilishi, ya’ni oltinning zanglamasligi bosh qahramon xarakterining falsafasini, romanning asosiy pafosini tashkil qiladi”, – deb e’tirof etadi adabiyotshunos olim Umarali Normatov. Darhaqiqat, romanning bosh qahramoni Sodiq hayotda zo‘r maqsad va yuksak g‘oyalarga ega bo‘lgan, o‘z xulq-atvori bilan boshqalarning e’tiborini torta oladigan, o‘quvchilarining o‘ziga ruhiy dunyosiga ta’sir ko‘rsata oladigan pedagog bo‘lish bilan birga, xalqi, vatani uchun har qanday qiyinchiliklarga bardosh beruvchi inson. Asar sujeti qiziqarli voqealar asosiga qurilgan bo‘lib, Sodiq taqdiri bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Asar voqealari sobiq sovet davrida bo‘lib o‘tadi. Sodiq xotini Jannat va onasi Adolat xola bilan qishloqda hayot kechirishadi. Farzandga zor bo‘lgan bu ahil oila bir qancha yaxshi niyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun shaharga Ruhiyat manzili Bolalar istagidagi kiyinish uslubi har xil bo‘lishi mumkin, lekin har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Ota-onalar bolalarga tanlov borasida biroz erkinlik yaratishlari bilan bir qatorda cheklovning o‘rnini ham me’yorida qo‘llaganlari afzal. Qarangki, e’tiborsizligim tufayli to‘rt yoshli o‘g‘limga “o‘rgimchak odam”ning surati tushirilgan kiyim sotib olganman. U bu kiyimini ko‘chaga kiyib chiqqanda, do‘stlari “Sen endi, o‘rgimchak odamsan, bizga ham o‘yinlaringdan o‘rgat”, deyishadi. Aslida o‘g‘lim bu filmni ham, multfilmni ham ko‘rmagan, do‘stlarining maqtovidan so‘ng o‘g‘lim aynan shu kiyimni kiygan vaqtda tabiatida o‘zgarishlar ro‘y berayotganini angladim. Garchi u o‘rgimchak odam kim ekanligini bilmasa-da, o‘rinsiz e’tibor tufayli o‘rtoqlaridan o‘zini ancha ustun qo‘yayotganligini tushundim. (Davomi kelgusi sonda) Navbahor RAHMONOVA, jurnalist. Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 25 ko‘chib keladi. Jannatni taniqli doktorlarga ko‘rsatib davolatish, farzandli bo‘lish, shaharga o‘qishga kirgan Sodiqning ukasi Qodirning issiq-sovug‘idan xabardor bo‘lish, kelajakda Sodiqning aspiranturaga kirib o‘qishni davom ettirish kabi maqsadlar ularni shaharga olib keladi. Shaharga kelgan dastlabki kunlaridanoq Sodiq Mirsalimga duch keladi, oddiy tanishuv bilan boshlangan bu do‘stlik asar oxiriga kelib g‘oyaviy raqiblik darajasigacha yetadi. Mirsalim Sodiqni xalq dushmani sifatida qamattiradi. Uning o‘rnini, ya’ni direktorlik lavozimini egallaydi. Sodiqqa davlat tomonidan berilgan uyni tortib oladi. Romanni o‘qib borar ekanmiz, Sodiqning oilasi shaharga ko‘chib kelishi bilan sujet chizig‘i ikkiga bo‘linganiga guvoh bo‘lamiz: biri Sodiq, turmush o‘rtog‘i Jannat, Adolat xola, ukasi Qodir hayoti va faoliyati bilan bog‘liq holda kechsa, ikkinchisi salbiy qahramonlar – Mirsalim, Musharraf ishtirokidagi voqealar orqali rivojlanib boradi. Ilk tanishuvda samimiy munosabatda bo‘lgan bu oilalar bir muncha vaqt o‘tgach, bir-biriga g‘oyaviy raqibga aylana boradi. Zeroki, taraqqiyotni qarama-qarshiliklar, to‘qnashuvlar, g‘oyalar, fikrlar, his-tuyg‘ular kurashisiz tasavvur qila olmaymiz. Kurash, olishuv, to‘qnashuvlar bor joyda esa, ba’zan adashish, yanglishish va xatolar bo‘lishi tabiiy. Hayotning bu dialektikasi nuqtayi nazaridan bosh qahramon Sodiq obraziga razm solsak, u ham hayotda aldanadi. O‘z sevimli xotini Jannatni tug‘maslikda ayblab, Mirsalimning hiylasiga chuv tushib, Musharrafga uylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, faqat aqlli, sofdil, bilimli bo‘lishning o‘zi inson hayotda qoqilmaslik uchun yetarli bo‘lmasligi, balki atrofdagi odamlarni yaxshiroq bilish ham foydadan xoli emasligi yozuvchi tomonidan ishonarli qilib tasvirlab berilgan. Chunki Sodiqning turmush o‘rtog‘i, maslakdoshi Jannat, uning shu odamdan ehtiyot bo‘lishini aytib bir necha bor ogohlantirgan edi. Bu esa siz-u bizga oilaning muqaddas ekanligini, unda ayolning o‘rni ham beqiyos ekanini, shu sababdan ayolining fikrlarini inobatga olish lozimligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, Jannat ismi jismiga monand, o‘zbek xotin-qizlariga xos bo‘lgan umumiy xislat – hayo va iffat, insonga hurmat, halollik va vafodorlik ramzidir. Jannat turmushning ancha achchiq-chuchugini ko‘rgan, mashaqqatlar chekkan, shunda ham insoniyligini yo‘- qotmagan ayol siymosidir. Sodiqning boshiga Mirsalim tuhmatlari tufayli og‘ir kun tushib, davlat dushmani sifatida qamalib ketganda, xotini Musharraf unga xiyonat qilib, tashlab ketganida Jannat Sodiqning oilasiga – Adolat xola yoniga, kundoshining bolasi Maratni o‘z bag‘riga olish uchun qaytib keladi. Bir qarashda ishonish qiyin, sababi eri tomonidan xo‘rlangan ayolning bunday fidoyilik qilishi har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Yuqorida ko‘rganimizdek, eri qamoqqa tushganiga hech qancha bo‘lmay nopok yo‘lga kirgan, sarosimaga tushib o‘zini yo‘qotib qo‘ygan Musharraf bunga yaqqol misol. Lekin Jannat, Adolat xola, Aziza obrazlarida biz ayollarga xos juda ko‘p fazilatlarni ko‘ramiz va jamiyatni asrab, uning taraqqiyotiga ana shunday ayollar hissa qo‘shayotganidan faxrlanamiz. Sodiqning xarakteri, g‘oyaviy dunyosi, ichki kechinmalari, ma’naviy qiyofasi, undagi tipik xususiyatlar va barcha insoniy fazilatlar uning dushmanga qarshi kurashida, do‘stlariga bo‘lgan samimiy munosabatida, og‘ir tahlikali kunlarida, mushkul daqiqalarda o‘zini tutib idora qilishida birin-ketin ochila boradi. “Oltin zanglamas” asaridagi Sodiq obrazida pessimistik ruh also ko‘rinmaydi. Sodiq optimistik kayfiyat, umidvorlik ruhidagi inson. Uning har bir xatti-harakati, muomalasi va faoliyati kuchli e’tiqod egasi ekanligidan dalolat. Sodiq o‘zining qisqa, ammo sermazmun hayoti bilan inson qanday yashashi va ishlashi kerak degan savolga javob beradigan darajada yashab o‘tdi. Bu asar g‘oyasini teran his qilgan holda mutolaa qilmoq, undagi falsafiy mohiyatni anglamoq o‘quvchi-yoshlarni, umuman, insonni o‘z e’tiqodi, fe’l-atvori haqida o‘ylab ko‘rishga, chuqurroq mushohada qilishga undaydi va mazkur asar ham ko‘ngil kirlarini tozalovchi ma’rifat suvi ekanligi o‘z isbotini topadi. Nodira SOATOVA, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi. Ruhiyat manzili 26 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 MUZEY – TARIX KO‘ZGUSI Yosh avlodni ma’nan barkamol qilib tarbiyalashda madaniy merosning alohida o‘rni bor. Har bir hududning buyuk allomalari, ma’rifatparvarlari, mutafakkirlari, san’at arboblari hayoti va ijod yo‘li farzand tarbiyasida namuna vazifasini o‘taydi. Xuddi shu sababdan, Surxondaryo viloyatidagi ko‘hna nodir san’at asarlari, go‘zal me’morchilik obidalarini asrashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Surxondaryo vohasida musiqa, qo‘shiq, raqs rivoji ajdodlarning tarixiy-madaniy merosi asosida sayqal topib kelmoqda. Termiz, Denov, Sherobod shaharlari turli tadbirlar o‘tkaziladigan ma’rifiy-madaniy markazga aylanmoqda. Sog‘lom avlod tarbiyasida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantiradigan teatr, musiqa va san’at maktablarining o‘rni beqiyosdir. Termiz shahridagi Mannon Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqa drama teatri ular orasida yetakchi hisoblanadi. 1935-yilda tashkil topgan bu san’at dargohining ijodiy jamoasi o‘tgan davr mobaynida tarixiy va zamonaviy mavzuda qator spektakllarni sahnalashtirdi. Teatr repertuari yangi dramatik asarlar bilan boyitib kelinmoqda. Teatr jamoasi xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarning sovrinli o‘rinlariga sazovor bo‘ldi. Surxon vohasida milliy qo‘shiq va raqs san’- ati rivojiga katta e’tibor berilib, 1997-yilda Termiz shahrida “O‘zbekraqs”ning viloyat bo‘limi ochildi. Bu jamoalar shahar hamda viloyat miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishadi. Masalan, O‘zbekistonning boshqa hududlarida kam uchraydigan “Sog‘im qo‘shiqlari” (“Xo‘sh-xo‘sh”, “Turey-turey”, “Churs-churs”), sog‘ilayotgan jonivorlarni tinchlantirish, erkalash va ularni iydirish maqsadlarida keng qo‘llanilgan raqs ko‘rinishlari barcha tumanlardagi bayram tadbirlarida olqishga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, bu jamoalar har yili respublika miqyosida keng o‘tkazilib kelinadigan milliy “Navro‘z” bayrami tantanalarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. O‘tmishi boy merosimizni chuqur o‘rganish va vohamizning ming yillik tarixidan guvohlik beruvchi osori-atiqalarimizni targ‘ib etishda muzeylar g‘oyat katta ahamiyatga egadir. 1999-yil 27-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida 1999-yil 29-dekabrda Termiz Davlat universitetining “Arxeologiya va etnografiya markazi” tasarrufida “Arxeologiya-etnografiya muzeyi”, 2002-yilda Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyi tashkil etildi. Arxeologiya muzeyining ekspozitsion materiallar, ya’ni eksponatlar (arxeologik topilmalar) bilan to‘ldirilishida, Surxon vohasida amalga oshirilayotgan arxeologik qazishmalarda qadimshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ham ishtirok etib kelishmoqda. Shuningdek, muzey ko‘rgazmalaridan Surxon vohasi xalqining urf-odatlari, marosimlari, an’anaviy xo‘jaligi va mashg‘ulotlarini o‘zida aks ettiruvchi etnografik jihozlar o‘rin olgan. Muzeydagi eksponatlar ko‘rinishi jihatidan ikki qismdan iborat: arxeologik va etnografik buyumlardan tashkil topgan. O‘zlikni anglash (Davomi 32-betda) Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 27 TAMAKINING IMMUNITET TIZIMIGA TA’SIRI Bola organizmi rivojlanishi jarayonida turli tashqi va ichki omillar ta’siriga nisbatan immunitetning rivojlanishi ma’lum xavfli davrlar bilan xarakterlanadi. Bolaning o‘smirlik davri ham (qiz bolalarda 12–14 yosh, o‘g‘il bolalarda 14–15 yosh) ana shunday xavfli davrlar qatoriga kiradi. Bu davr har tomonlama ehtiyotkorlikni talab etadi. Ko‘pincha, aynan ana shu davrda bola organizmida immunitet tizimiga nisbatan turli aks ta’sirlar kuchayib ketadi. Kashandalik, ichkilikbozlik shular jumlasidan. Bu aks ta’sirlar kishining nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatligiga ham shikast yetkazuvchi salbiy odatdir. Shuning uchun ota-ona, qarindoshlar, mahalla ahli o‘smirlarga e’tiborli bo‘lishi, bunday illatlarning oldi olinishiga, yoshlarning to‘g‘ri yo‘ldan ketishiga turtki bo‘lishi lozim. Hozirgi kunda kashandalik global muammolardan biri bo‘lib, tibbiy-ijtimoiy, pedagogik, hatto yuridik xarakter kasb etmoqda. Tibbiystatistika ma’lumotlariga ko‘ra, kashandalar yurak-ishemik kasalligi bilan tamaki chekmaydiganlarga nisbatan 30 marta, miokard infarkti bilan 12 marta, oshqozon va o‘n-ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan 10 marotaba ko‘p kasallanar ekan. O‘pka saratonidan olamdan o‘tgan har 20 nafar bemorning 19 tasini tamaki chekuvchilar tashkil qilar ekan. Masalan, tamakining o‘smirlar organizmi immunitet tizimiga nisbatan qanday ta’sir qilishi va ularning kasallanish xususiyatini o‘rganish maqsadida olimlar tomonidan o‘smir yoshdagi tamaki chekuvchi 12 nafar qiz bolalar va 20 nafar o‘g‘il bolalar tekshirildi. Ulardan 15 nafarigina sog‘lom, 17 nafari nosog‘lom bo‘lib chiqdi. So‘ngra ana shu bolalarga savoljavob anketasi tarqatildi. Tekshiruv natijasida ma’lum bo‘ldiki, o‘smirlarda tamaki chekishga sabab bo‘lgan asosiy omillar: – ota yoki onaning tamaki chekishi (88,0 foiz); – oilada tez-tez kelishmovchiliklar bo‘lishi (65,0 foiz); – chekishga bo‘lgan qiziqish (57,0 foiz); – oilaviy muhit darajasi (48,0 foiz) kabilardir. Ularning kasallanish ko‘rsatkichi o‘rganilganda esa, qiz bolalarda surunkali stroduodenitlar foizlari quyidagilarni ko‘rsatdi: o‘t yo‘llari diskineziyasi (42.0 foiz), neyro sirkulyator distoniya (38.0 foiz), anemiya (68.0 foiz). O‘g‘il bolalarda esa, surunkali strid (55.0 Sog‘lom tanda – sog‘ aql 28 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 foiz), surunkali tonzillit (64.0 foiz) va anemiya (58.0 foiz). Allergik holatlarning qayd qilinishi ham o‘g‘il va qiz bolalarda yuqori foizga ega bo‘ldi (44,0 foiz; 40,0 foiz). O‘smirlar immunitet tizimidagi tamaki ta’sirida o‘zgarishlar hujayraviy va garmonal immunitet yetishmovchiligida namoyon bo‘ldi. Tamaki chekish natijasida uning zahari – nikotinning inson organizmiga qanchalik salbiy ta’sir qilishini hozirgi kunda aholining ko‘pchilik qismi yaxshi biladi, lekin bu masalaga jiddiy e’tibor qilmaydi. Holbuki, tamaki chekuvchi odam o‘z sog‘lig‘ini o‘zi asta-sekin yemirib boradi. Tamakining inson salomatligiga ta’siri Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, XXI asr o‘rtalariga borib, yer kurrasi aholisi o‘rtasida allergik kasalliklardan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi, deb taxmin qilinmoqda. Chunki tamaki tutuni nafaqat chekuvchini, balki uning yon atrofidagi odamlarni ham zaharlaydi. Bu hol, ayniqsa, jamoat joylarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Passiv chekish nima? – 5 ta sigaret chekilgan yopiq xonada 8 soat davomida bo‘lgan shaxslar passiv chekuvchi hisoblanadi; – passiv chekuvchilar ko‘p chekuvchilar kabi zararlanadilar; – ota-onasi chekuvchi bolalar zararlanishi ko‘p chekuvchilarning zararlanishiga nisbatan ancha yuqoridir. Nafas yo‘llarining tamaki tutuni bilan doimiy ravishda ta’sirlanishi natijasida kashanda bronxiti, keyinchalik esa bronx devorlarining tamaki tutuni ta’siridan doimiy qitiqlanishi natijasida organizm sezgirligining ortib ketishi, antigen-antitela reaksiyalarining kuchayishi, joyli va umumimmun tizim faoliyati sustlashuvi va oqibatda, bronxial astma kasalligi rivojlanishi kuzatiladi. O‘smirlik davri o‘g‘il bola uchun ham, qiz bola uchun ham ulg‘ayish davrining eng nozik pallasi bo‘lib, organizmda kechadigan turli fiziologik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Bu davrda aynan immunitet tizimi va endokrin tizimi funksional faoliyatida sezilarli zo‘riqishlar kuzatiladi. Shuning uchun bu davrda organizmga nisbatan turli zararli omillarning ta’sir qilishi, shu jumladan, tamaki ushbu zo‘riqishni yanada kuchaytirishi, ichki a’zolar disfunksiyasi, yo‘ldosh kasalliklar rivojlanishi va surunkali kechishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, har qanday holatda va sharoitda biz farzandlarimiz hamda yon-atrofimizdagi o‘smirlar sog‘lig‘iga, ularning bu murakkab o‘tish davrida uchraydigan muammolariga befarq bo‘lmasligimiz kerak. Barno KARIMOVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi “Pediatriya” kafedrasi assistenti. Sog‘lom tanda – sog‘ aql Fizioterapiyani ginekologiyada qo‘llash keng amalga oshirilmoqda. Fizioterapiya kursiga ko‘rsatma berishdan oldin ginekolog bemorning gormonal holatini, yoshini, alohida belgilari va belgilangan davo muolajasiga qarshi ko‘rsatmalarni o‘rganadi. Ginekologiyada ko‘proq ultratovushli terapiya, fototerapiya, elektroterapiya, magnitoterapiyalar qo‘llaniladi. Kosmetologiyada fizioterapiya asosiy davo vositalaridan biri hisoblanadi. Bunday davo teri pigmentatsiyasi buzilishida, teri burmalari paydo bo‘lishida, shishlarda, yallig‘lanish jarayonlarida, yog‘ bezlarining faolligi oshganda, tomirli “yulduzchalar” paydo bo‘lganda, chandiqlarni davolashda, terining kosmetik nuqsonlarida va boshqalarda qo‘llaniladi. Kosmetologiyada ishlatiladigan fizioterapiyaning ko‘pchiligi elektr tokiga asoslangan. Fizioterapiya fizika, kimyo, elektrotexnika va radiotexnika, biofizika, bioximiya, shuningdek, kurortologiya va klinik fanlar bilan bevosita bog‘langan. Insonning eng katta boyligi, shubhasiz, uning sog‘lig‘idir. Chiroyli hayot va sog‘lom turmush kechirishimiz uchun doimo o‘z sog‘- lig‘imizga e’tiborli bo‘lishimiz kerakligini unutmaylik! Nazokat IBRAGIMOVA suhbatlashdi. (Davomi. Boshi 17-18-betlarda) Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 29 SAMBO YULDUZI Sport inson sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini tetiklashtirish, yaxshi kayfiyat va chiroy bag‘ishlash kuchiga ega. U har bir sportchi uchun nafaqat sevimli mashg‘ulot, balki hayotning mazmuni, yashashning mohiyati hisoblanadi. Shu bois, yoshlikdanoq sportga oshno tutinib, hayotining eng navqiron pallasini o‘z sog‘lig‘ini asrab-avaylash yo‘lida sarflayotgan yoshlar chin ma’noda baxtlidir. Bugun xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan chempion yigit-qizlarning aksariyati o‘zining maqsadini aniq belgilab, vaqtini reja asosida zarur amallarga taqsimlashni o‘ziga kasb qilgan. Shular orasida Navoiy viloyat Qiziltepa tumanida yashovchi kurash bo‘yicha jahon chempioni Dildora Halimova ham bor. Mustaqilligimiz tengdoshi – qahramonimiz aynan o‘zbek yurtida tavallud topganligidan faxr etadi. Dildora Halimova Qiziltepa tumanidagi 15-o‘rta umumta’lim maktabida o‘qib yurgan kezlari mahallasidagi “Rabot” sport kompleksida sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni ko‘rib, ularga havasmand bo‘lib yurgan. Kurashga bo‘lgan mehr bu jajji qalbda o‘sha damlardan paydo bo‘la boshlagan. Qiz bola bo‘lishiga qaramay, yigitlar qatori kurash to‘garaklariga qatnashib, milliy kurash hamda sambo bo‘yicha saboq olgan. – Kurash – mening hayotim, – deydi Dildora yutuqlari haqida so‘z ochar ekan, – 13 yoshimdan sport bilan shug‘ullanib kelaman. Shu kunga qadar erishgan barcha yutuqlarimda sportning hissasi katta. Tengdoshlarim orasida o‘z o‘rnimni topishimda, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishda, doimo sog‘lom va tetik yurishimda, hayotga, yashashga bo‘lgan mehrim balandligida ham uning o‘rni beqiyos. Qahramonimiz maktab ta’limidan so‘ng Buxoro viloyatidagi sport kollejida tahsil ola boshlaydi. Bu dargoh uning shijoatiga shijoat, ishtiyoqiga ishtiyoq qo‘shib, katta-katta musobaqalarda ishtirok etishiga kuch berdi. Dildora 2008-yil milliy kurash bo‘yicha 57 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. G‘oliblik uning kuchiga kuch bag‘ishlab, ketma-ket turli xil musobaqalarda ishtirok etdi. Garchi natijalar ko‘pincha mag‘lubiyat bilan tugagan bo‘lsa-da, sportchimizning shashti so‘nmadi. Bir necha urinishlardan so‘ng 2010- yil yana bir karra chempionlikka erishdi. Shundan so‘ng Dehlida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. 200 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashgan bellashuvlarda sharafli 3-o‘rinni band etdi. Izlanganga imkon keng 30 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 – 2010-yil kollejni bitirib shu yerning o‘zida sambo bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishga qabul qilindim, – deydi Dildora faoliyati to‘g‘risida gapirar ekan. – Qizlarga mazkur sportning sir-u asrorlarini, foydali tomonlarini tushuntirish va o‘rgatish men uchun juda maroqlidir. Mamlakatimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shartsharoitlar yaratilgan. Zamonaviy jihozlarga boy sport majmualarini bugun yurtimizning har go‘shasida, hatto eng chekka hududlarida ham uchratish mumkin. Bu esa sportning qadrini oshirib, sog‘liqqa bo‘lgan e’tiborning yuksalishiga sabab bo‘lmoqda. Qahramonimiz 2010-yilning o‘zida sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Shuningdek, ushbu yilda Toshkent shahri Jar stadionida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 60 kg vazn toifasida 2-o‘rinni egallab, ustozlari, ota-onasi, xalqi oldida yuzi yorug‘ bo‘ldi. – “Sambo yulduzlari” nomi ostida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati… Yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilganida ko‘zlarimdan yosh qalqdi, – deydi qahramonimiz. – Shundan so‘ng menga tanishlarim, do‘stlarim “Sambo yulduzi” deb murojaat qiladigan bo‘lishdi. Bu quvonarli hol, albatta. Endilikda ustoz-shogird an’anasiga amal qilib, qizlarni musobaqalarga tayyorlash bilan bandman. Ular raqibi bilan ko‘rishganda hayajonini yengishi uchun o‘zimda sinagan bir necha usullarni o‘rgataman: hech qachon mag‘lubiyatdan qo‘rqma, zero, mag‘- lubiyat keyingi g‘oliblikka poydevor bo‘lishi ham mumkin. Muhimi ruhni tushirmaslik kerak. Dildora ayni damda ayollar futboli bilan ham shug‘ullanmoqda. Sababi shundaki, mutaxassislar futbol bilan muntazam shug‘ullanish kishida mushaklar va suyak to‘qimalarini mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘p bora ta’kidlashgan. Bundan tashqari, futbolchilarda harakatlar koordinatsiyasi sezilarli darajada yaxshilanadi. – Sportchining yutug‘i shundaki, u nafaqat aqliy va jismoniy salomatligini ta’minlaydi, shuningdek, sport orqali o‘zida matonat va chidamlilik fazilatlarini shakllantirib boradi. Binobarin, qalbiga Vatanparvarlik hissini jo aylagan, jahon arenalarida mamlakatimizning mavqeyini oshirishni istagan yoshlar borki, sportning biror turiga do‘st tutinadi. Men ham kurashga do‘st tutingach mana shu yutuqlarga erishdim, do‘stlar orttirdim, shogirdlar yetishtirmoqdaman. Keyinchalik bir qolipda qolib ketmaslik uchun futbol bilan shug‘ullanishni boshladim. Bu qiziqish faoliyatimga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Aksincha, yanada ko‘proq o‘z ustimda ishlashimga undaydi. Qahramonimizning nega bunday yo‘l tutganligini tushunishga urinib ko‘rdim. Axir, sog‘lom va baxtli kelajakka faqat ruhiy va jismoniy yetuklik orqaligina erishish mumkin. Sport esa shu yetuklikni insonga in’om etadi. Sport aqlni, qalbni, ruhiyatni, jismni birday tarbiyalab, chiniqtirib boradi. Kishida hayotga nisbatan muhabbat uyg‘otadi, yashash lazzatini tuyishga ko‘maklashadi. Sport musobaqalari esa ularning kuchini, imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi, qolaversa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga ham sezilarli hissa qo‘shadi. Qachonki oilada sog‘lom muhit shakllangan bo‘lsa, uning bag‘rida tarbiyalanayotgan farzandlar ham, albatta, jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetadi. Dildora Halimova ham xuddi shunday oilalardan birida kamol topgan. Ota-onasi uning tanlagan yo‘lini ma’qullagan, hozir ham har bir musobaqa oldidan duo qilib kuzatib qo‘yishadi. Xullas, qahramonimizni hech bir ikkilanishsiz sportning shaydosi, deb atasak mubolag‘a bo‘lmas. Uning yutuqlarini rag‘batlantirib borish esa, o‘ziga bo‘lgan ishonchini yana bir karra oshiradi. Uning o‘zi qizlarga qarata bunday deydi: – Sport inson salomatligini asrash, jamiyatda sog‘lom muhit yaratish, barkamol avlodni voyaga yetkazishning eng muhim omili hisoblanadi. Shu sababli ayollar birinchi galda o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lib, farzandining kelajagini o‘ylashi lozim. Zero, sog‘lom onadan baquvvat bolalar dunyoga keladi. Mehrigiyoh BOZOROVA. Izlanganga imkon keng Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 31 Galaktikada o‘ziga xos hayot mavjud bo‘lgan yagona sayyoramiz – Yer butun insoniyatni necha asrlardan buyon o‘z bag‘rida asrab kelmoqda. Yer yuzi aholisi 2010-yil 7 milliard, 2030-yil 8,5 milliard, 2050-yilda esa 10,5 milliard bo‘lishi kutilmoqda. Bir necha ming tilda so‘zlashuvchi sayyoramiz aholisining hayoti, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analariga oid juda ko‘plab qiziqarli dalillar, ma’lumotlar bor. Keling, aziz o‘quvchi, ularning ayrimlari bilan birgalikda tanishib chiqaylik. Yer aholIsI Yevropada sekin, Afrikada tez... Sayyoramiz aholisi yil sayin ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, oxirgi 100 yilda bu jarayon juda tezlashdi. E’tibor bering, olimlarning hisoblashicha, 1800-yildan to 1990-yilgacha dunyo aholisi 6 baravar oshgan. Shunday bo‘lsada, aholi soni hamma qit’ada bir xil darajada ko‘paymoqda deb bo‘lmaydi. Masalan, Yevropada aholi 3,5 baravar, Osiyoda 5 baravarga, Afrikada esa 6 baravarga oshgan. Albatta, biror mamlakat yoki mintaqa aholisi sonining tez ko‘payishi yoki kamayishining turli sabablari bor. Masalan, Amerikada aholi sonining kutilmaganda oshishiga XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmida yuz bergan katta migratsiya oqimi (chetdan aholining ko‘chib kelishi) sabab bo‘ldi. Yana bir qiziq ma’lumot: dunyo aholisi 1950-yildan 1990-yil oralig‘ida, ya’ni qirq yilda 2 baravar ko‘paygan. Bir mamlakatda tug‘ilish kamayib, qariyalar soni ortib borayotgan bo‘lsa, boshqasida tug‘ilish ortib, mamlakat tobora “yosharib” qolgan. Eng “millioner” shaharlar Shahar Aholi soni Tokio (Yaponiya) 29 950 000 Mexiko (Meksika) 20 965 000 San-Paulu (Braziliya) 17 834 000 Nyu-York (AQSH) 17 600 000 Bombey (Hindiston) 16 400 000 Seul (Janubiy Koreya) 14 250 000 Shanxay (Xitoy) 13 400 000 Kalkutta (Hindiston) 13 200 000 Rio-de-Janeyro (Braziliya) 10 200 000 Aholini ro‘yxatga olish Ma’lumki, vaqti-vaqti bilan barcha mamlakatlarda aholi soni ro‘yxatga olinadi. Bu juda zarur tadbir. Yer yuzida qancha aholi yashashi, ularning yoshi, o‘rtacha umri, tug‘ilish va o‘lish darajasi kabi ma’lumotlar ana shunday hisob-kitobdan so‘ng aniqlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa, Avstraliya, AQSHda odamlar uzoqroq yashar ekan. 1990-yil AQSHda 65 yoshdan Fan va zakovat 32 Sog‘lom avlod uchun | 8 | 2014 oshgan kishilar mamlakat aholisining 4 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilga borib 12 foizga yetgan. Germaniya va muhojirlar Germaniya Ikkinchi jahon urushi oqibatlariga qisman to‘lov ma’nosida 1949-yil siyosiy sabablar bilan ta’qib qilinayotgan qochoqlarni mamlakatga qabul qilish haqida qonun qabul qildi. Shu bois, bu mamlakatga ko‘plab qochoqlar (ayniqsa Sharqiy Yevropadan) kela boshlagan. Jumladan, o‘tgan asrning 50-60 yillarida Germaniya urush tufayli vayron bo‘lgan iqtisodni tiklash va rivojlantirish maqsadida chet mamlakatlar ishchi kuchidan (turklar, greklar, italyanlar va boshqa mamlakat fuqarolaridan) foydalandi. 1990-yillarda hukumat tomonidan bu borada cheklovchi choralar ko‘rilishiga qaramasdan, Germaniyada xorijiy fuqarolar soni 7 milliondan oshib ketdi. 1999-yil qabul qilingan qonunga ko‘ra, Germaniyada kamida 8 yil doimiy yashagan ota-onalarning farzandlariga mamlakat fuqaroligi beriladi. Bilasizmi? Dunyo aholisining 23 foizi sayyoradagi jami resursning 80 foizini sarflaydi. 1 milliard 100 000 000 kishi kuniga 1 dollardan kamroq mablag‘ hisobiga yashamoqda. Afrika nega kambag‘al qit’a? Afrika, ayniqsa, Sahroyi Kabirning janubiy qismi Yer yuzidagi eng kambag‘al hudud sanaladi. 1993-yil dunyodagi eng qashshoq mamlakatning 11 tasi Afrika davlatlari edi. Bu yerda tug‘ilishning haddan ziyod ko‘pligi ham kambag‘allikni yanada kuchaytiradi. Buning ustiga Afrika davlatlari xorijiy mamlakatlardan katta qarzdor. Qit’a aholisining turmushi asosan qishloq xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lib, sarmoya kiritish uchun qiziqish uyg‘otmaydi. Ichimlik suvi yetarlimi? Yer yuzidagi jami suv zahirasining atigi 2 foizini chuchuk suv tashkil etadi. Keyingi 50 yil davomida suvga bo‘lgan talab 3 baravar oshdi. 2050-yilga borib bundan bir necha baravar oshishi kutilmoqda. Ko‘pgina mintaqalarda suv yetarli darajada. Boshqa bir mamlakatlarda suvning yetishmasligi jiddiy muammo tug‘dirmoqda. Bir milliard aholi yetarli miqdorda ichimlik suviga ega bo‘lgan holda, 2 milliard kishi keraklicha zahiraga ega emas. Har kuni dunyoda 6000 nafar bola suv yetishmasligidan halok bo‘ladi. Chuchuk suv havzalarining ifloslanishi va yo‘qolib borishi butun insoniyat uchun katta muammolar tug‘dirishi aniq. Shu sabab chuchuk suvni asrab-avaylab ishlatish, ifloslanishidan saqlash lozim. Rustam BOYTO‘RA tayyorladi. Undan Surxon vohasidagi o‘rta asrlar va XVI–XX asr boshlariga oid ko‘za, qopqoq, chiroqlar, bir baldoqli ko‘zalar, kosalar, ko‘rgazma eksponatlar hamda etnografiyaga oid ko‘rgazmalardan qadimgi davrlardan boshlab muomalada bo‘lgan pul-chaqalaridan namunalar, vohaning an’anaviy xo‘jaligini aks ettirgan eksponatlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va marosim kiyim-kechaklari, taqinchoqlari joy olgan. Xalqaro muzeylar kengashi a’zosi bo‘lgan Surxondaryo Arxeologiya muzeyida 72000 taga yaqin nodir eksponatlar saqlanmoqda. Muzeyning ilmiy kutubxonasida 13 mingta qo‘lyozma va kitoblar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq muzey manbalarini ingliz tiliga tarjima qilib, ushbu tarjima asosida xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini chet eldan kelgan sayyohlarga tushuntirish tufayli mamlakatimizning boy tarixini jahon uzra tanitishga e’tibor kuchaymoqda. Ingliz tiliga tarjima qilingan Boysundagi Teshiktosh g‘ori, Machay g‘ori, Zarautsoy san’at rasmlari hamda Darbandning qadimgi darvozasi o‘rnida savdo karvonlarini qabul qiladigan manzilgoh mavjud bo‘lganligini chet el sayyohlariga tushuntirish va targ‘ib qilishda bu tilni puxta egallagan yoshlar ham faollik ko‘rsatmoqdalar. Munira TOG‘AYEVA, Termiz shahar Maktabgacha ta’lim kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi. Fan va zakovat (Davomi. Boshi 26-betda) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Uz Ru En Начало формы Конец формы Jamg’arma haqida Tarkibiy bolinmalar Pensionerlarga Bo’lajak pensionerlarga Ish beruvchilarga Ish bilan band aholiga Ijtimoiy nafaqalar Kompensatsiya pul to’lovlari Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi Me’yoriy-huquqiy hujjatlar Kodeks va qonunlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari Xalqaro shartnomalar Vazirlar Mahkamasining qarorlari BTPJ fаоliyati sоhаsigа dоir Hukumat dаsturlаri Idoraviy hujjatlar Kuzatuv Kengashining qarorlari Ishlаb chiqilаyotgаn qоnunchilik hujjatlari Oz kuchini yoqotgan meyoriy-huquqiy hujjatlar Murojaat uchun Fuqarolarning murojaat qilish tartibi Ishonch telefonlari Tez-tez beriladigan savollar Bo’sh ish o’rinlari Sayt xaritasi Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling