Education in Malaysia
-modda. Ota-ona vaqtincha bo’lmaganda bolalarga vasiylik yoki homiylik belgilash
Download 1.82 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 179-modda. Vasiy va homiy tayinlash tartibi
- 180-modda. Vasiy va homiy qilib tayinlanishi mumkin bo’lmagan shaxslar
- 181-modda. Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari
178-modda. Ota-ona vaqtincha bo’lmaganda bolalarga vasiylik yoki homiylik belgilash
Ota-ona olti oydan ortiq hozir bo’lmagan taqdirda, agar bolalarning manfaatlari uchun zarur bo’lsa, ularga nisbatan vasiylik va homiylik belgilanadi. Ota-ona vaqtincha bo’lmaganida, agar ular bolasini qarindoshlari yoki boshqa yaqin kishilari qaramog’iga tarbiyalash va nazorat qilish uchun qoldirgan bo’lsalar, bolalarga vasiylik va homiylik belgilanish shart emas. 179-modda. Vasiy va homiy tayinlash tartibi Vasiylik va homiylik majburiyatlarini bevosita amalga oshirish uchun vasiylik va homiylik organlari vasiy yoki homiy tayinlaydi. Vasiy yoki homiy etib voyaga etgan har ikki jinsdagi fuqarolar ularning roziligi bilangina tayinlanishi mumkin. Vasiylik yoki homiylik tayinlash lozimligi vasiylik va homiylik organlariga ma’lum bo’lgan vaqtdan boshlab bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi lozim. Vasiy yoki homiyni tayinlash vaqtida uning shaxsiy fazilatlari, tegishli majburiyatlarni bajarishga qobiliyati, mazkur shaxs bilan vasiylik yoki homiylikka muhtoj shaxs o’rtasidagi munosabatlar, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olinuvchining o’z xohishi e’tiborga olinishi lozim. 180-modda. Vasiy va homiy qilib tayinlanishi mumkin bo’lmagan shaxslar Quyidagi shaxslar vasiy va homiy qilib tayinlanishi mumkin emas: ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olganligi ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha bekor qilingan bo’lsa; qonun bilan zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklari yoki o’z huquqlarini suiiste’mol qilganliklari uchun vasiylik yoki homiylik vazifalaridan chetlatilganlar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar. 181-modda. Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari Vasiylar o’z qaramog’idagi shaxslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini ko’zlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar. Homiylar o’z qaramog’idagi shaxslarga ular o’z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko’maklashadilar, shuningdek ularning huquqlari uchinchi shaxslar tomonidan suiiste’mol etilishidan himoya qiladilar. Vasiy va homiy: turar joyi o’zgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini xabardor qilishi; vasiyligi va homiyligidagi bolalarni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, salomatligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g’amxo’rlik qilishi hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi; o’z qaramog’idagi voyaga etmagan shaxslar bilan birga yashashi shart. O’n olti yoshga to’lgan homiylikdagi bolaning o’z homiysidan alohida yashashiga, basharti bu uning tarbiyasiga hamda huquq va manfaatlarining himoya qilinishiga salbiy ta’sir qilmasa, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yo’l qo’yiladi. Vasiy va homiy quyidagilarga: vasiyligi va homiyligidagi bolaning fikri, shuningdek vasiylik va homiylik organining tavsiyalarini hisobga olgan holda bolani tarbiyalash usullarini mustaqil ravishda belgilashga; vasiyligi yoki homiyligidagi bolani qonuniy asoslar bo’lmasdan turib, o’z qaramog’ida saqlab turgan har qanday shaxslardan, shu jumladan bolaning yaqin qarindoshlaridan sud tartibida qaytarib berishni talab qilishga haqlidirlar. Vasiy-va homiy bolaning o’z ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan ko’rishib turishiga to’sqinlik qilishga haqli emas, bunday ko’rishish bola manfaatlariga zid hollar bundan mustasnodir. Vasiy yoki homiy, agar o’z qaramog’idagi shaxsning muomalaga layoqatsiz yoki spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalarni iste’mol qilishi natijasida muomala layoqati cheklangan deb topilishiga asos bo’lgan holatlar barham topsa, uni muomalaga layoqatli deb topishni va vasiylik yoki homiylik bekor qilinishini so’rab sudga murojaat etishi shart. Vasiylik va homiylik vazifalari bepul bajariladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling