Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions
Abdirahmonov L.L., UrDPI Kendjayev S.R., UrDU
Download 1.09 Mb.
|
1-To\'plam
- Bu sahifa navigatsiya:
- AHHomas
- Kalit so
- Ключевые слова
Abdirahmonov L.L., UrDPI Kendjayev S.R., UrDU
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston respublikasida aholi salomatligini saqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning ahamiyati borasida fikr yuritilgan. AHHomasия: В данной статье было рассмотрено значение сохранения здоровья населения и пропаганды здорового образа жизни в Республике Узбекистан. Kalit so(zlar: jismoniy tarbiya, sport, sport tibbiyoti, sogdom turmush tarzi, sport targ‘ibotchisi, semizlik. Ключевые слова: физическое воспитание, спорт, спортивная медисина, здоровый образ жизни, спортивный промоутер, ожирение. XXI-asr rivojlanish taraqqiyot asri sifatida namoyon bodishi bilan bir qatorda aholi o‘rtasida har kim o‘z salomatligini saqlashning qanchalik muhim jarayon ekanligini tushunib yetishi uchun ham o‘ziga hos tarzda namoyon bodmoqda. So‘nggi yillarda jamiyatdagi har bir aholining sogdom turmush tarziga e’tibor kuchaymoqda, bu mamlakatning ertangi faol harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan xalqning sogdigi bilan bog‘liq xavotirlari, shuningdek, kasbiy tayyorgarlik jarayonida kasalliklarning ko‘payishi va keyinchalik ishlash samaradorligining pasayishi bilan bogdiq. Axir, sog‘lom aholi jamiyatimiz va davlatimizning asosidir. Sogdom turmush tarzi aholining hayot tarzi, shuningdek, kundalik va dam olish tartibi bilan bog‘liq.[3] O‘zbekiston respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunida aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi borasida bir qator ko‘rsatmalar berilgan. •jismoniy tarbiyadan sogdiqni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va davolash vositasi sifatida foydalanadi; mamlakatda sport tibbiyotini o‘rganish va rivojlantirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; aholining jismoniy jihatdan kamol topishi holati tahlilini odkazadi va tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning tibbiy monitoringini tashkil etadi; sportchilarning sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishini tibbiy jihatdan ta’minlashda ishtirok etadi; sport tibbiyoti sohasidagi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; sportchilar va boshqa mutaxassislar sport jarohatlarini olganda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi, shuningdek ularni jismoniy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi; aholining jinsi va yoshi toifasiga qarab, jismoniy mashqlar dasturini shakllantirishga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi; jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; sog‘lomlashtirish markazlarini, davolash-jismoniy tarbiya dispanserlarini tashkil etadi.[1] Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini ko‘rsatdi. COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko‘plab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi. Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini meyoridan ortiq iste’mol qilmaslikni, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda.2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida: sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilsin; ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) rahbar va barcha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishi ta’minlansin; har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etilsin. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, “shou” ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratilsin; mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajyor zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari, sport mashg‘ulotlari va musobaqalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin; birinchi rahbarlar “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlaming antropometrik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin; [2] Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta, Internet tarmog‘i) orqali bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati muntazam ravishda yoritib borilishini ta’minlash borasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar tag zamirida aholi salomatligini saqlash, insonlar hayotini va kelajagini faravon bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sport usullari va vositalari aholini ijtimoiy himoya qilishning keng ko‘lamli vazifalarini hal qilishga imkon beradi, ularning soni va xilma-xilligi shunchalik kattaki, ba’zida u ijtimoiy ishning asosiy, yakuniy maqsadini yashiradi. Ular har qanday ijtimoiy dasturning markazida sog‘liqni saqlash talablari bo‘lishi kerakligini aniq tushunishlari kerak, ya’ni, kundalik turmush tarzida ahalining harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladigan darajada mashg‘ulotlarga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar berish zarur. Butun hayoti davomida insonda moddalar almashinuvi jarayoni kechadi, bu jarayonda organizmda tinimsiz energiya hosil bo‘lishi va sarflanishi kuuzatiladi. Inson mavjud energiyani harakat va jismoniy faollik orqali to‘g‘ri sarflanishiga erishishi mumkin. Hozirgi kunda aholi orasida jismoniy tarbiya va sportning salomatlik uchun ahamiyati nechog‘lik muhim ekanligini singdirish uchun jamiyatning barcha qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishimiz muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi qonuni. 04.09.2015. O‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 30.10.2020. А. А. Ляшенко, В. Г. So^ - Текст : непосредственный // Молодой ученый. - 2018. - № 1 (187). - С. 34-36. - URL: https://moluch.ru/archive/187/47629/ (дата обращения: 28.10.2022). ПРИВЛЕЧЕНИЕ И ПРОПАГАНДА К ЗДОРОВОМУ ОБРАЗУ ЖИЗНИ Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling