Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Grant (subsidiya) deganda


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Grant (subsidiya) deganda xo‘jalik yurituvchi subektlarga ular 
belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirishni ragbat- 
lantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan 
ko‘rsatiladigan pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam tushunildi. 
Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro 
tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga 
oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin. 
Grant va subsidiyalar quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi: 
8810-'Grantlar"; 
8820-"Subsidiyalar". 
Mazkur hisobvaraqlarda o‘z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona 
faoliyatini moliyalash manbai sifatida ko‘rib chiqiladigan ajratilgan grant 
va subsidiyalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
hisobga olinadi. 
Pul shaklida olingan grantlar quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 5110, 5210-"Pul mablag‘lari"hisobvaraqlari; 
Kt 8810- «Grantlar». 
Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 8810-«Grantlar»; 
Kt 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari. 
Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoya- 
siga badal sifatida kiritish haqidagi qarori zarur. Ustav kapitalining 
oshishiga hamda yangi muassis paydo bo‘lishiga barcha muassislarning 
roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish lozim: 
Dt 8810-'Grantlar"; 
Kt 8530-"Tekinga olingan mol-mulk". 
Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir et- 
maydi. Aktivlarga tegishli davlat subsidiyalari quyidagicha aks ettiriladi: 
-aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan 
olinadigan maqsadli tushumlar sifatida; 
-kelib tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi hamda 
amortizatsiyalanadigan aktivdan foydali foydalanish muddati davomida 


454 
hisoblanadigan 
eskirishni qisqartirish yo‘li bilan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotda aks ettiriladi. 
Shuningdek, 
8800-"Maqsadli 
tushumlar" 
guruhida 
quyidagi 
hisobvaraqlar ochilgan: 
8830-"A’zolik badallari"; 
8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari". 
8830-"A’zolik' badallari" hisobvaragida ta’sis hujjatlari bilan 
belshlangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik 
badallarining tushumi 8830-"A’zolik badallari" hisobvaragi krediti bo‘- 
yicha pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korres- 
pondensiyada aks ettiriladi. 
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar 
summalarini maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirishning hisobi 8840- 
"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" hisobvarag’ida amalga 
oshiriladi. 
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlari bo‘yicha) qarzlarni hisobga olish 
hisobvaraqlari bo‘shagan mablag‘lar summasiga debetlanadi, 8840- 
"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" hisobvaragi kreditlanadi. 
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalari 
imtiyozli davr ko‘rsatilgan taqdirda -imtiyozli davr tugagach, qolgan 
hollarda esa-har yili 8840-"Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" 
hisobvaragi debetidan 8530-"Bepul olingan mol-mulk" hisobvarag’i 
kreditiga hisobdan chiqariladi. 


455 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling