Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki foydalanuvchilar Tashqi foydalanuvchilar
- Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bo‘lgan ehtiyoji
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar.
Buxgalteriya hisobi va uning ma’lumotlaridan hayotda juda keng miqyosda foydalaniladi. Bu axborotlardan foydalanuvchilarni uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) subektning boshqaruvchilari; 2) subektdan tashqarida turib, undan moliyaviy manfaatdor bo‘lganlar; 3) subektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiziqishda bo‘lmagan shaxslar, guruhlar yoki agentlar. 493 Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar Ichki foydalanuvchilar Tashqi foydalanuvchilar Boshqaruv xodimlari Aksiyadorlar va boshqa mulk egalari; Kreditorlar Mol yetkazib beruvchilar Xaridor va buyurtmachilar Xukumat: soliq organlari Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar) Statistika organlari Boshqa davlat organlari Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bo‘lgan ehtiyoji Haqiqiy va bo‘lgusi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruv- chilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaroriga kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi: Berilgan investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar munosabati bilan investorlarda. Aksiyadorlar ham ular xo‘jalik subektining dividendlarni to‘lash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakmi yoki yo‘qligini belgilashga ko‘maklashadigan axborotdan manfaatdordirlar; O‘zlariga tegishli kreditlar va foizlar o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki yo‘qmi ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‘lgan kreditorlarda; O‘zlariga tegishli summa o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki yo‘qmi ekanli- gini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‘lgan mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida; 494 Xo‘jalik yurituvchi subektning uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bo‘lsalar yoki mazkur xo‘jalik yurituvchi subektga bog‘liq bo‘lsalar; Xo‘jalik yurituvchi subektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan xodimlarda. Ular ham xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyincha- lik ham yollash bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar; Resurslarning taqsimlanishi va, binobarin subektlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari-da. Ularga ham xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatini tartib ga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni ham-da boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak; Jamoatchilikda ham, chunki xo‘jalik yurituvchi subektlar mahalliy iqtisodiyotga ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan katta hissa qo‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi subektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi. Xo‘jalik yurituvchi subektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida qo‘shimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qo‘shimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur konseptual asos doirasidan chiqadi. Hisobotdan tashki foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlarni chuqur va har tomonlama urganib quyidagi imkoniyatlarga ega buladilar: - u yoki bu subekt bilan ish yuritish lozimligi va shart - sharoitlarni belgilash; - ishonchsiz shaxslarga qarz berish yoki bermaslik; - u yoki bu subektning aktivini sotib olishning maqsadga muvofiq ligi; - iste’molchi va buyurtmachilar bilan munosabatni to‘g‘ri urnatish; - kelgusida aloqa qiladigan subektlarning moliyaviy axvolini baholash; 495 - ishni boshlash va yuritish jarayonida ba’zi bir tavakkalchilikni hisobga olish. Davriy va yillik hisobotlar asosan yuqori tashkilot, soliq muassasasi, bank, statistika muassasalariga takdim qilinadi. Ayrim hollarda ta’minot- chilarga, manfaatdor va qiziquvchi shaxslarga hisobot ma’lumotlari ham beriladi. Tashki foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko‘rsatkichlar qiziq- tiradi: Subektning aktivlari va passivlarining tarkibi; Subektning likvidligi; O‘zining va jalb qilingan kapitalning hissasi; Aktivlarning aylanish tezligi; Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabellik darajasi; Subektning ixtiyorida qoladigan sof foyda; To‘langan dividentlarning hissasi (agar aksiyadorlik kompaniyasi bo‘lsa). Buxgalteriya hisobining axborotidan foydalanuvchilarning manfaati Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling