Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
18.4. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Ushbu shaklda xo‘jalik yurituvchi subektlarning asosiy, "-" muomalaviy va moliyaviy faoliyati natijasida olgan foyda yoki kurgan zararlarining miqdori tegishli moddalar bo‘yicha yoritiladi. 510 Xo‘jalik yurituvchi subektlar "Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan tushgan daromad" moddasida (010-satr) savdo ustamalari, xaridor va buyurtmachilar tomonidan to‘lagan soliqlar bilan birgalikda, mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishdan tushgan jami daromad (qaytarilgan tovarlar, tayyor mahsulotlar qiymatining miqdori va sotish bahosidan xaridor hisobidan chegirib tashlangandan keyin) aks ettiriladi. Ayrim tovarlarning eksport kilinishi sababli xorijiy valyutada tushgan daromadning majburiy sotiladigan qismi, ya’ni Markaziy bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan kursda 010-satrda aks ettiriladi. 020-satrni ("Qo‘shilgan qiymat solig‘i" moddasini) tuldirganda ma’lumotlarning Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisoblashish qismida "Soliq kodeksi"ning Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash to‘g‘risidagi tartiblarga rioya qilishi lozim. Aksiz solig‘i to‘lovchi subektlar "Aksizlar" moddasida (030-satr) sotish schyotida hisobga olingan tushum tarkibidagi 9100-"Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi" schyotining debeti va 6410- "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar" schyotlarining kreditida ko‘rsatilgan miqdori aks ettiriladi. Aksiz soliqlarini hisoblash va ularning to‘lanish qoidasi Soliq kodeksa bilan belgilangan. 040-satrda mahsulot (ish, xizmat) larning chetga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar, eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari va ko‘zda tutilayotgan ajratmalar uchun to‘lovlar yoziladi. "Sotishdan olingan daromad" moddasida (050-satr) subektning asosiy faoliyatida mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishdan, egri soliq va eksport bojxona to‘lovlari chegirilgandan keyingi tushgan daromad, shu bilan birgalikda subektning yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalaridagi mahsulotlarning boshqa subektlarga sotilishidan tushgan daromad, xo‘jalik hisobida turmagan tashkilotlarning daromadining xara- jatidan oshiq qismi, xo‘jalik va boshqa tijorat faoliyatidan olingan daro- madlar ko‘rsatiladi. Sotishdan olingan daromad 010-satr ko‘rsatkichidan 020-030-040-satrlar ko‘rsatkichlarini kamaytirilganiga tengdir. Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq 2010- "Asosiy ishlab chiqarish", 2300-"Yerdamchi ishlab chiqarish", 9450-"Xizmat ko‘rsatuv- chi xo‘jaliklar" schyotlaridagi jami xarajatlarning yig‘indisidan tugallan- 511 magan ishlab chiqarish sarflari chegirilib qolgan summa mahsulot tannarxi hisoblanib, 060-satr "Sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi"da ko‘rsatiladi. Bundan tashqari ushbu ma’lumotlar umumlash- tirilgan holda 9110, 9120 va 9130 "Sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tannarxi" schyotlarida yig‘ilib boriladi. Savdo tashkilotlari mazkur satrda sotilgan tovarlarning sotib olish qiymatini aks ettiradilar. Tovarlarning aylanishi (tovarlarni kirim qilish va sotish) da qatnashmasdan, xizmat xaki sifatida daromad oladigan vositachi (diler) subektlar bu satrni to’ldirmaydilar. "Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija" (070-satr) sotishdan olingan daromad va sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi (050-satr-060-satr). 9400-"Tavr xarajatlari" schyotlarining turkumida jamlangan ma’lumotlar yordamida 080-"Sotish bo‘yicha sarflar", 090- "Ma’muriy xarajatlar" va 100-"Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlarida sarflangan xarajatlar" satrlari tuldiriladi. 100-satrning jamgarilgan daromad qismi 9300-"Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar ni hisobga oladigan schyot" larning ma’lumotlari yordamida tuldiriladi. Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi ("Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)" moddasi, (110-satr) ni aniqlash uchun, sotishdan tushgan yalpi daromaddan (070-satr) sotilgan mahsulot, ish, xizmat va tovarlarning tannarxi, sotilgan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning qiymatini chegirib chiqqan natijaga boshqa daromadlar (100-satr, 5-ustun)ni qo‘shish bilan aniqlanadi. Hisobotning 120-satr ("Uyushma va avlod korxonalaridan olingan dividendlar"), 125-("Boshqa olingan dividendlar"), 130-("Uyushma va avlod korxonalaridan olingan va berilgan qarzlar bo‘yicha foizlar"), 135- ("Boshqa to‘langan va olingan foizlar"), 140-("Xorij valyutasi kursining farqi"), 145- ("Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromad va xarajatlar") satrlari 9500-"Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar" schyotlaridagi umumiy summadan 9600-"Moliyaviy faoliyat bunicha sarflarni hisobga oladigan schyot"larda yig‘ilgan sarflar chegirilib qolgan summaga to‘lg‘aziladi. 512 "Umumxo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)" (150-satr) subektning asosiy faoliyatdan olingan daromadi summasiga moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qo‘shilib olingan summadan asosiy va moliyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan sarflar chegirilib aniqlanadi. Ushbu summa 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotida ko‘rsatiladi. 160-satr-("Favquloddagi foyda va zarar") 9710- "Favquloddagi foydalar" va 9720-"Favquloddagi zararlar" schyotlarining ma’lumotiga muvofiq to‘ldiriladi. 170-satr ("Soliq to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)")da 150 va 160-satrlar yig‘indisidan (K; belgilarni hisobga organ holda) iborat olingan natija ko‘rsatiladi. Bundan tashqari ushbu ma’lumotlar 8710-"Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplan- magan zarar)" schyotida yig‘ilib boriladi. Bu schyotning natijasi foyda solig‘ini hisoblashda asosiy ko‘rsatkichi bo’lib hisoblanadi. 180-satr "Foyda (daromad)dan soliq va yig‘imlar"da 9810- "Foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha sarflar" schyotining debetida hisobga olingan va yil boshidan buyon hisoblangan, ya’ni byudjetga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan foyda (daromad) solig‘ining, miqdorlari hamda 9820-"Yig‘imlar va boshqa majburiy ajratmalar" bo‘yicha sarflar, 9890-"Boshqa ajratmalar bo‘yicha sarflar" schyotlaridan ma’lumotlar olinadi. Subektlar 200-satr "Hisobot davridagi sof foyda (zarar)"da 170 va 180-satrlarning farqi natijasida hisoblangan sof taqsimlanmagan foyda (yoki qoplanmagan zarar) miqdorini ko‘rsatadilar. "Byudjetga to‘lanmalar to‘g‘risida ma’lumot"da, subektlar uz manbalari hisobiga quyidagi meyoriy hujjatlarga asosan byudjet to‘lovlarini ko‘rsatadilar: 210-satr "Mulkdan olinadigan soliq" O‘zbekiston Respublikasida 2008 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan. 220-satr "Foydadan olinadigan soliq" O‘zbekiston Respublikasida 2008 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan. 230-satr "Daromaddan olinadigan soliq" O‘zbekiston Respublikasida 2008 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan. 513 240-satr "Qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq" O‘zbekiston Respublikasida 1998 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan. 250-satr "Aksiz soliqlari" O‘zbekiston Respublikasida Davlat soliq kumitasi-ning 1995 yil 15 fevraldagi 18/16-sonli O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilayotgan alohida tovarlarga aksiz soliqlarini kullash uchun vaqtinchalik yuriknomasi, 1996 yil 21 avgustdagi 275-sonli "O‘zbekiston Respublikasidagi tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklariga qo’llaniladigan aksiz markalari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-sonli (3 ilova) "Uzdeu avto qo’shma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida"gi Qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 23 sentabrdagi 333-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq kumitasining 1996 yil 5 noyabridagi 71/96-89-sonli yuriknomalari va keyinchalik qabul qilingan "Soliq kodeksi"ga asosan. 260-satr "Eksport bo‘yicha boj to‘lovlari" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 oktabrdagi 485-sonli "eksport va import qilinayotgan alohida tovarlarga boj to‘lovlarini hisoblash va olish tartibi to‘g‘risida"gi Qaroriga va keyingi kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan: 270-satr "Import bo‘yicha boj to‘lovlari" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 martdagi 114- sonli Qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-sonli (4-slova) "UZDEU" avto qo‘shma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi" Qarorlariga va keyingi kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan: 280-satr "Suvdan foydalanish to‘lovlari" O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining O5.05.95 yildagi 52/39- sonli "Suvdan foydalanish haqi to‘g‘risida"gi xati va "Soliq kodeksi"ga asosan: 310-satr "Daromad solig‘i" O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 15 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 514 to‘g‘risida" gi xati, 21.01.94 yildagi 9/84-sonli 24.02.95 yildagi 20/17- sonli 10.03.95 yildagi 28/21-sonli o‘zgarish va tuldirishlar 2008 yil 1 yanvardan boshlab "Soliq kodeksi" ga asosan: 320-satr "Boshqa soliqlar" O‘zbekiston Respublikasining "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq to‘g‘risida" gi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risidagi Qarorlari va soliq kodeksi asosida belgilangan boshqa hamma turdagi soliqlar ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 29 iyundagi 303-sonli Qaroriga muvofiq va 2008 yil 1 yanvardan boshlab "Soliq kodeksi"ga asosan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muxitni ifloslantiruvchi okava suvlarni chiqarish bo‘yicha to‘lovlar miqdori hisoblanib, shu satrda aks ettiriladi. Shuni nazarda tutish lozimki, atrof muxitni ifloslantiruvchi okava suvlarni chiqarish to‘lovpari belgilangan meyorlar tartibida bo‘lsa. U holda bu to‘lovlar ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga olib boriladi, belgilangan meyorlardan oshiq to‘lovlar subekt ixtiyoriga qolayotgan foyda hisobiga qoplanadi. 330-satr "Soliq hisoblash va uni to‘lash tartibining buzilishi tufayli belgilangan iqtisodiy jarimalar"da O‘zbekiston Respublikasi Soliqchiligi asosida "O‘zbekiston Respublikasining korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risidagi qarorlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Narxlarni erkinlashtirish to‘g‘risi- da"gi Qarori va boshqalar asosida) subektlarning uz ixtiyorida qoladigan foydalari hisobidan byudjetga o‘tkazib berilgan iqtisodiy jarimalarning miqdorlari ko‘rsatiladi. 340-satr "Mahalliy byudjetga to‘lanmalar" da sof foyda hisobidan ajratmalar, ya’ni hududlarni tozalash yig‘imi, ijara haqidan ajratma va soliqpar kabi to‘lovlar to‘g‘risidagi xoqimning amaldagi qaroriga asoslangan holda, mahalliy byudjet uchun hisoblangan soliq va yig‘imlarning miqdori aks ettiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling