Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

18.5. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasining 
"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida" gi Qonuniga muvofiq hisobotliklarga 
kiritilgan bo’lib, mazkur moliyaviy hisobot hujjatida pul mablag‘larining 
harakati 
nuktai 
nazaridan 
subektning 
mulki 
bulgar 
moliyaviy 
resurslarining o‘zgarishi aks ettiriladi. Bu hisobot yordamida inflyatsiya 
sharoitida, boshqa moliyaviy hisobot shakllarini tuldirishda hisoblash 
usulidan foydalanishni e’tiborga olgan holda, subektning likvidligini 
obektiv baholash imkoni yaratiladi. 
Subektning joriy xo‘jalik, investision va moliyaviy faoliyatining 
ta’sirida barcha pul mablag‘larining o‘zgarishi va pul mablag‘lari va unga 
tenglashtirilgan mablag‘larning qoldiqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobot 
davrining boshi va oxiriga nisbatan urnatish imkonini beradi. 
Ushbu 4-shakl "Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot" beshta bo‘limdan 
tashkil topgan: 
1. Xo‘jalik faoliyatida pul mablag‘larining harakati. 2. Investitsiya 
foydasi va moliyaviy xizmat ko‘rsatishdan olingan va to‘langan 
mablag‘lar. 
3. Soliqni to‘lash uchun sarflangan mablag‘lar. 4. Investitsiya faoliyati 
uchun sarflangan va olingan mablag‘lar 
5. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflangan va olingan mablag‘lar. 
Bundan tashqari ayrim bo‘limda xorij valyutasining 
harakati 
to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan moddalarda aks ettirilmasdan, ulardan mos 
ravishda 040 va 041-satrlarda aks ettiriladi. 
Subektlar "Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘langan pul 
mablag‘lari" moddasida (012-satr) xodimlarga Mehnat haqi va mukofot 
ko’rinishida), hamda pensiya jamg‘armasiga, bandlik jamg‘armasiga, 
shaxsiy sug‘urta uchun davlat va nodavlat sug‘urta jamg‘armalariga, 
daromad solig‘i uchun byudjetga, kasaba uyushmalariga, alimentga, uy-joy 
jamg‘armasiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun, xodimlarga 
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun va boshqa xarajatlar uchun gazna va bank 
schyotlaridan xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul va unga 
tenglashtirilgan mablag‘larning miqdorini ko‘rsatadilar. 


516 
"Boshqa pulli to‘lovlar va tushumlar" moddasining "Kirim" ustunida 
(013 va 014-satrlar) xar xil mukofotlar, komission va boshqa xil 
daromadlar, savdo va dilerlik maqsadida tuzilgan shartnomalarga tegishli 
komission mukofot uchun pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning 
tushumi, "Chiqim" ustunida esa, mazkur maqsadlar uchun va milliy 
valyutani xorijiy valyutaga almashtirish uchun bankka to‘langan 
to‘lovlarning miqdorlari ko‘rsatiladi. 
"Jami. Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi/chiqimi" 
moddasida, "Kirim" ustunidagi "=" va "Chiqim" ustunidagi "-" belgilar 
ta’sirini hisobga olgan "Kirim" = 010 satr va "Chiqim" esa 010+ 011+ 
012+ 013+ 014 satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi. 
Investitsiya va moliyaviy xizmat ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha 
"Olingan foizlar" (020-satr) va "To‘langan foizlar" (021-satr) moddalariga 
mos ravishda bankdagi schyotlarga, kassaga kelib tushgan va to‘lagan 
foizlarning miqdorlarini ko‘rsatadilar. Olingan va to‘langan foizlar 
yuzasidan ma’lumotlar 9530-"Foiz ko’rinishidagi daromadlar" va 9620- 
"Foiz ko’rinishidagi sarflar" schyotlaridan olinadi. 
"Olingan dividendlar" (022-satr) va "To‘langan dividendlar" (023-satr) 
moddalarida pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar ko’rinishida olingan 
va to‘langan dividendlarning miqdorlari ko‘rsatiladi. 
Olingan va to‘langan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli 9420- 
"Dividend 
ko’rinishidagi daromadlar" va 6610- 
"To‘lanadigan 
dividendlar" schyotlaridan olinadi. 
"Chiqim" ustunidagi "-" belgilar ta’sirini hisobga olgan holda 020+022 
va 021+023 satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi. 
Soliqni to‘lash bo‘limida: "Daromad (foyda) dan to‘langan soliq" 
moddasida (030-satr) foyda (daromad)dan to‘langan soliqning miqdori 
ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha 
qarzlar" va 4510-"Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari" schyotlaridan 
olinadi. 
"Boshqa to‘langan soliqlar" moddasida (031-satr) daromad (foyda) 
solig‘idan tashqari barcha to‘langan soliqlar, bojlar va shularga 
tenglashtirilgan yig’im va ajratmalar ko‘rsatiladi. 


517 
Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar va daromad soliqlari bu 
moddada aks ettirilmaydi. 
"Jami. To‘langan soliqlar" moddasida (032-satr) 030 va 031- 
satrlarning yig‘indisi aks ettiriladi. 
Investitsiya faoliyati bo‘limi. "Nomoddiy aktivlarni sotib olish va 
sotish" moddasining (040-satr) "Chiqim" ustunida nomoddiy aktivlarga 
egalik qilish uchun mol yetkazib beruvchilar va pudarchilarga to‘langan 
(shu jumladan, oldindan to‘langan bo‘naklar xam) pul mablag‘lari va unga 
tenglashtirilgan mablag‘larning miqdori ko‘rsatiladi. "Kirim" ustunida esa, 
nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan daromadlar (egri soliqlar bila n 
6irga) ko‘rsatiladi, agar bunday sotishlar subekt uchun boshqa aktivlarning 
sotilishi hisoblansa. 
Subektlar "Uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotib olish va sotish" 
moddasining (041-satr) "Chiqim" ustunida uzoq muddatli moddiy 
aktivlarni ya’ni, kuchmas mulk, bino, jihoz va boshqa asosiy vositalarni 
sotib olish uchun mol yetkazib, beruvchilarga to‘lagan (shu jumladan, 
oldindan to‘langan bo‘naklar xam) pul 
mablag‘lari va 
unga 
tenglashtirilgan mablag‘larning miqdorini ko‘rsatadilar. Uzoq muddatli 
moddiy aktivlarni sotishdan tushgan daromad (egri soliqlar bilan birga) 
"Kirim" ustunida ko‘rsatiladi, agar bunday sotishlar subekt uchun boshi 
aktivlarning sotilishi hisoblansa. 
Subektlar "xarid qilingan uzoq va Qisqa muddatli kuiilmalar" 
moddasining (042-satr) "Chiqim" ustunida vositachilarga komission 
to‘lovlar va birjada to‘langan foizlarni hisobga olmagan holda, 
qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish uchun to‘lagan pul mablag‘larini 
ko‘rsatadilar. "Kirim" ustunida uziniki bo‘lmagan 
qimmatbaho 
qog‘ozlarni, shu bilan birga bank va boshqa yuridik shaxslarning Qisqa va 
uzoq muddatli krediti va qarzlarini sotishdan tushgan tushum ko‘rsatiladi. 
Mazkur moddada kapitalizasiya qilinadigan tajriba konstruktorlik. 
ishlariga, to‘lovlar ham ko‘rsatiladi. 
"Investitsiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi chiqimi 
moddasida 043-satr), "Kirim" ustunidagi "+" va "Chiqim" ustunidagi "-" 
belgilar ta’sirini hisobga olgan holda, 040-041.-042; satrlar yig‘indisining 
natijasi ko‘rsatiladi. 


518 
"Jami. Pul mablag‘larini sof kirimi/chiqimi (moliyalashtirgunga 
qadar)" moddasida (044-satr), "Kirim" ustunidagi "+" va "Chiqim" 
ustunidagi "-" belgilar ta’sirini hisobga olgan holda, 014-024-032-043- 
satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi. 
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha bo‘limida. "Aksiya chiqarishdan kapitalga 
kelib tushgan daromad" moddasida (050-satr) hissadorlarining hisobot 
davrida aksiya chiqarishdan kelib tushgan pul mablag‘larining miqdori aks 
ettiriladi. 
"Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning kelib tushishi" moddasining 
(051-satr) "Kirim" ustunida, subektlar hisobot davrida kelib tushgan 
kreditga va qarzga olgan pul mablag‘larini, "Chiqim" ustunida kredit va 
qarzlarning qaytarilishini aks ettiradilar. 
Subektlar "Ijara majburiyatlari bo‘yicha tushum va to‘lovlar" 
moddasining (052-satr) "Chiqim" ustunida ijaraga beruvchiga to‘langan, 
"Kirim" ustunida ijarachidan kelib tushgan ijara haqi, ya’ni pul va unga 
tenglashtirilgan mablag‘larni ko‘rsatadilar. 
"Vami. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha sof kirim/chiqim" moddasida 
(053-satr) 050-051-052-satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi. 
"Sof usish (kamayish) (pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar 
uchun)" moddasida (060-satr) subekt uchun mablag‘larning kirim yoki 
chiqim bo‘lgan miqdor, ya’ni (+ /- belgilar ta’sirini hisobga olgan holda) 
044 va 053-satrlarning yig‘indisi ko‘rsatiladi. 
Subektlar "Pul mablag‘lari va unga tenglashtirilgan mablag‘larning 
hisobot yili boshiga polati" moddasida (070-satr) hisobot yilining 31 
dekabr holatiga pul mablag‘lari schyotlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 
5600, 5700, 5800) goldik va balansning 62-3-"Olingan vasikalar" 
schyotida hisobga olinadi- gan Qisqa muddatli qimmatbaho qog‘ozlarning 
miqdorlarini ko‘rsatadilar. 
"Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning hisobot davri oxiriga 
holati" moddasida (080-satr) hisobot davrining oxirgi kalendar kuniga pul 
mablag‘lari schyotlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700, 5800) 
soldik va balansning 4020- "Olingan vasikalar" schyotida hisobga 
olinadigan Qisqa muddatli qimmatbaho qog‘ozlarning miqdorlari 
ko‘rsatiladi. 


519 
"Xorij valyutasidagi mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi ma’lumot" 
bo‘limida subektning hisobot yilidagi valyuta mablag‘larining harakati 
ko‘rsatiladi. 
"Yil boshiga qoldiq" moddasida (90-satr) subektning 5200 xorij 
valyutasini hisobga oluvchi schyotlari va 5020 gaznasidagi xorij 
valyutasidagi mablag‘lari ko‘rsatiladi. 
Subektlar "Jami kirim moddasida (100-satr) yil boshidan buyon xorij 
valyutasidagi mablag‘larining umumiy kirimini, "Shu jumladan" 
moddasida esa. Kirim qilingan mab laglarining manbalarini ko‘rsatadilar: 
101- 
satr - a) "Sotishdan tushum" - yil boshidan buyon subektga 
tushgan pul mablag‘lari va unga tenglashtirilgan mablag‘larning tushumi; 
102- 
satr - b) "Xorijiy valyutaga almashtirilgan" - valyuta birjasidan 
sotib olingan valyutalarning miqdori; 
103- 
satr - d) "Olingan kredit" - xorijiy valyutada olingan kreditning 
miqdori; 
104- 
satr - e) "Olingan qarz" - xorijiy valyutada olingan qarzlarning 
miqdori; 
105- 
satr - f) "Boshi manbalar" - 101-103-satrlarda keltirilmagan 
manbalarga ko‘ra, subektning xorijiy valyuta schyoti va g’aznasiga kelib 
tushgan boshqa valyuta mablag‘larining yig‘indisi. 
"Jami sarflangan" moddasida (110-satr) subekt tomonidan turli 
maqsadlarda sarflanilgan umumiy xorij valyutasidagi mablag‘lari aks 
ettiriladi. Xorij valyutasidagi mablag‘larining sarflanishi "Shu jumladan" 
moddasining 111- 116-satrlarida yoritiladi: 
111- 
satr - "Ishlab chikzrish (muomala) sarflariga qo‘shiladigan 
xarajatlar" - mahsulotning tannarxi va davr xarajatlariga qo‘shilgan xorij 
valyutasidagi mablag‘lari sarflarining yig‘indisi ko‘rsatiladi. Masalan, 
bank xizmati uchun to‘lovlar; 
112- 
satr - "Ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari" - asosiy 
vositalarni, jihozlarni sotib olish va boshqa kapitallashtirish xususiyatidagi 
xarajatlar uchun sarflangan xorij valyutasidagi mablag‘larining yig‘indisi 
ko‘rsatiladi; 
113- 
satr - "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lovlar" - 
xom-ashyo, material, tovar va boshqa oborot mablag‘larini sotib olishga 


520 
uzoq muddatli aktivlarni yaratishga sarflangan xorij valyutasidagi 
mablag‘larining yig‘indisi ko‘rsatiladi; 
114- 
satr - "Kredit uchun to‘lovlar, shu jumladan foizlar uchun ham" - 
kredit va uning foizlarini uzishga sarflangan xorij valyutasidagi 
mablag‘larining yig‘indisi ko‘rsatiladi; 
115- 
satr - "Qarz uchun to‘lovlar, shu jumladan foizlar uchun xam qarz 
va uning foizlarini uzish uchun sarflangan xorij valyutasidagi 
mablag‘larining yig‘indisi" ko‘rsatiladi; 116-satr - "Boshqa maqsadlar 
uchun" - boshqa maqsadlar uchun (111-115-satrlarda keltirilgan 
maqsadlardan tashqari) sarflangan xorij val yutasidagi mablag‘larining 
miqdori ko‘rsatiladi. 
Subektlar "Hisobot davri oxiriga qoldiq" moddasida (120-satr) hisobot 
davri oxiriga xorij valyutasidagi schyotlari (5200) va gaznasidagi (5020) 
xorij val yutasidagi mablag‘larining qoldiq miqdorini aks ettiradilar. Bu 
miqdor, 90-100-110-satrlar yig‘indisining natijasiga teng buladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling