Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

18.7. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma. 
1. "Debitorlik va kreditorlik qarzi bo‘lgan Vazirlik, konsern va boshqa 
subektlarning nomlari" ustunida hisobot davrining oxirgi kuniga qarzlari 
bo‘lgan debitor va kreditorlik qarzlari bo‘lgan hukukiy va jismoniy 
shaxslarning ro‘yxati keltiriladi. Ushbu ma’lumotlar debitor qarzlar 
(olinadigan schyotlar) bo‘yicha ayrim olgan holda tegishli olinadigan 
schyotlar gurukidagi 4000-"Olinadigan schyotlarning joriy qismi", 4100- 
"Bo‘linmalardan olinadigan schyotlar", 4200- "Da’volar bo‘yicha 
olinadigan schyotlar", 4300-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
berilgan bo‘naklar", 4400- "Xodimlarga berilgan bo‘naklar", 4500- 
"Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari", 4600-"Boshqa 
muomalalar 
bo‘yicha ta’sischilarning qarzi" va 4800-"Har xil 
debitorlarning qarzi" schyotlaridan olinadi. 
Kreditor qarzlar (joriy majburiyatlar) bo‘yicha ma’lumotlar esa 6000- 
"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotini to‘lash", 6100- 
"Ayrim balansga ajratilgan bo‘linmalarning schyotini to‘lash", 6200- 
"Muddati uzaytirilgan majburiyatlarning joriy qismi", 6300-"Olingan 
bo‘naklarning joriy qismi", 6400-"Byudjet to‘lovlari bo‘yicha qarz", 6500- 
"Sug‘urta va byudjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha qarzlar", 6600- 
"Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar", 6700-"Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar 
bilan hisoblashish", 6800-"Xar xil kreditorlarga va boshqa hisoblangan 
majburiyatlar bo‘yicha qarzlar", 6900-"Qisqa muddatli bank kreditlari va 
olingan qarzlar"ni hisobga oladigan schyotlardan va 7000-7900-"Uzoq 
muddatli majburiyatlar" guruhi schyotlaridan olinadi. 
Bundan tashqari, ko‘p debitor va kreditorlar bilan muomalada bo‘lgan 
subektlar 2a- shaklini har bir debitor va kreditorlar bo‘yicha ochilgan 
analitik ma’lumotlari bo‘yicha ayrim olgan tashkilotlar - Vazirlik
birlashma va konsernlar bo‘yicha debitor qarzlarni alohida va kreditor 
qarzlarni alohida jamlash yuli bilan tuldirishi xam mumkin. 
Agar debitor (kreditor)lar uzidan yuqori turuvchi Vazirligiga 
(idorasiga) ega bo‘lmagan hollarda, bunday huquqiy shaxslarning qarzi 
alohida yozilib kiritiladigan "Boshqa subektlar" moddasida ko‘rsatiladi. 
Mazkur debitor va kreditor qarzlarini aks ettirish tartibi, O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida joylashgan debitor va kreditorlarga taallukli 


523 
emas. Ularning nomlarini to‘liq yoki umumiy qabul qilingan qisqartirishlar 
bilan keltirish va shu bilan birga qavslar ichida davlatlarning nomi 
ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir. 
2a-shakldagi 
satrlarning 
soni 
ko‘rsatilayotgan 
debitor 
va 
kreditorlarning soniga bog‘liq. 
2. "Umumiy qarzlar" ustunida qarzlarning miqdori xar bir debitor va 
kreditor uchun alohida ko‘rsatiladi. Agar, bir huquqiy shaxsning xam 
debitorlik, xam kreditorlik qarzi bo’lib, subekt ularni xar xil schyotlarda 
hisobga olsa va ayrim sabablarga kura o‘zaro hisoblashish (koplash) 
o‘tkazilmagan takdirda, debitorlik qarzlarining miqdori alohida va 
kreditorlik qarzlarining miqdori alohida ko‘rsatiladi. 
3. "Jumladan Respublikadan tashqaridagi" ustunida O‘zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan subektlarning debitorlik va 
kreditorlik qarzlarining miqdori ko‘rsatiladi. 
4. "Umumiy qarzlardan olish va to‘lov muddati utgan qarzlar va 
solig‘i" ustunida debitorlik va kreditorlik qarz to‘lovlari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 may "Kordona (tashkilot) 
raxbarlarining xalq xo‘jaligida hisoblashishlarni o’z vaqtida o‘tkazish 
mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi №UP-11584-sonli 
Qarorida keltirilgan muddatlarda uzilmagan qarzlarning miqdori 
ko‘rsatiladi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlarining kechikishi 
shartnmoada (masalan, qarz shartnomasida) ko‘rsatilgan vaqtga asosan 
aniqlanishi lozim (mol yetkazib berish, oldi-sotdi shartnomalari bunta 
kirmaydi). 
5. 
"Jumladan 
respublika 
hududidan 
tashqaridagi" 
ustunida 
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan debitor va 
kreditorlar qarzining muddati va soliq miqdori ko‘rsatiladi (muddati va 
soliqlar bo‘yicha qarzlar yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limdagi 
kabi 
aniqlanadi). 
6. 2a-shakl subektning raxbari va bosh buxgalter tomonidan 
imzolanib, uning xar bir varag’i muxr bilan tasdiqlanadi. 
7. Tushuntirish xati. 


524 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling