Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


  Balansdan tashqari schyotlar o‘zida nimani aks ettiradi?


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

6. 
Balansdan tashqari schyotlar o‘zida nimani aks ettiradi?
 
A) Xar xil turdagi boyliklarning ko‘payishi yoki kamayishi; 
*B) Korxona mulki bo‘lmagan, lekin vaqtincha korxona ixtiyorida bo‘lgan 
aktivlarni ko‘payi shi yoki kamayishi; 
C) Majburiyatlar va kapitalni kamayishi yoki ko‘payishi; 
D) Daromad va sarflarni ko‘payishi yoki kamayishi. 


527 
GLOSSARIYLAR 
 
AKTIV - buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, ma’lum bir 
muddatga subekt mablag‘larining tarkibi va joylaniqini pul ko‘rinishida 
aks ettiradi. Bundan tashqari balansning passiv qismi ham mavjud bo‘lib, 
aktiv va passiv tomonlar bo‘lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining 
jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo‘lishi lozim. Buni 
shunday tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag‘larning 
manbalari balansning passiv tomonida joylashgan. 
Uzoq muddatli aktivlar – 1 yildan ko‘p muddatda xizmat qiladigan va 
oborotda bo‘ladigan moddiy va nomoddiy mablag‘lardir. 
Qisqa muddatli aktivlar – 1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va 
oborotda bo‘ladigan mablag‘lar. 
AKKREDITIV (lat. accredo - ishonaman) - nakd pulsiz hisob-kitob 
turlaridan biri. Ma’lum bir tovar va xizmatlar uchun belgilangan muddatda 
mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul 
mablag‘idir. Akkreditiv quyidagi xollarda qo‘llaniladi: xaridor va mol 
yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomaga asosan, xaridor va mol yetkazib 
beruvchi o‘rtasidagi xo‘jalik munosabati doimiylikka ega bo’lmasa, 
xaridor tovarni mol yetkazib beruvchi manzilida qabul qilib olsa, 
xokimiyat ko‘rsatmasi va yo‘riqnomasiga ko‘ra, tovar yetkazib berishning 
alohida ma’lum bir sharoitlarida bank muassasasi talabi bilan kreditlash va 
hisob-kitobning ma’lum usuliga o‘tgan korxonalar munosabatida, tovar 
moddiy boyliklarining meyoridan yuqori zahiralariga ega bo‘lgan 
korxonalar munosabatida. 
AKSEPT (lat. accueptuk - qabul qilingan) - belgilangan sharoit 
bo‘yicha shartnoma tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitobda 
aksept xaridorning mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan hisobini to‘lashga 
rozilik bildiradi. 
AKSEPTANT (lat. acceptaiik - qabul qiluvchi) - hisob bo‘yicha 
to‘lovni amalga oshirishga rozilik bergan korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalar yoki shaxslar. 
AKSEPTLASH (lat. acceptare - qabul qilish) - to‘lov hisobini qabul 
qilish, mol yetkazib beruvchi schyotiga to‘lovni o‘tkazishga rozilik berish. 


528 
AKSIYA KURSI – aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi. Bu 
aksiyalar baxosining asosiy shakli sifatida, aksiyaning real qiymatini 
belgilab beradi. Aksiyalar kursining yuqori yoki past bo‘lishi aksiya 
bo‘yicha olinadigan dividendga bevosita bog‘liq. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling