Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Balans-netto bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va 
eskirish summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar 
bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib tashlash yo‘li bilan tuzilgan 
balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etadi. 
Balans bo‘limi deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish 
manbalarini ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab 
jamlash usuli tushuniladi. 
Balans moddasi deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir 
qator esa o‘z navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi 
schyotlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham balansning tasdiqlangan 
shaklida har bir modda bo‘yicha qavs ichida tegishli schyotlarning tartib 
raqamlari ko‘rsatilgan. 
BIRJA BAHOSI - birja savdosi orqali sotilayotgan tovarlar bahosi 
bo’lib, tegishli tovar bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan 
ma’lumotlarning muhim va ishonchli manbai hisoblanadi. 
BONIFIKATSIYA (fr. bonifico - yaxshilayman) - agar shartnomada 
belgilanganidan tovarning sifati yuqori bo’lsa, shu shartnomaga asosan, 
ushbu tovarning bahosiga ustama. Teskari bonifikatsiya (refaksiya) - 
shartnomada kelishganidan tovar sifati past bo’lsa, shu tovar bahosidan 
chegirma. 
BOSHQARUV HISOBI - bu xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati, 
faoliyat natijalari, mulki (aktivlari, mablag‘lari), mulkni tashkil topish 
manbalari to‘g‘risidagi turli o‘lchov birliklaridagi batafsil axborotlarni 
ichki boshqaruv segmentlari, ya’ni obektlar, subektlar va javobgarlik 
markazlari kesimida yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni 


536 
ichki boshqaruv organlari hukmiga tezkor boshqaruv qarorlarini qabul 
qilish uchun maqbul shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling