DEPOZIT FOIZI - tijorat bankining mijoz jamgarmasidan
foydalanganlik uchun to’laydigan foizi.
DEPOZIT SERTIFIKATI - ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini
bankka qo‘ygan shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz
bo‘lib, uning egasi daromad manbai hisoblanadi. D.s. boshqa shaxslarga
beriladigan va berilmaydigan bo‘lishi mumkin.
DILER (dallol) - fond birjasining a’zosi (alohida shaxs, firma) va
banklar. Diler qimmatbaho qog‘oz, valyuta, qimmatbaho metallar savdosi
bilan shug‘ullanib, o‘z nomi va o‘z hisobidan harakat qiladi. Dilerlar
o‘zaro, hamda brokerlar va bevosita mijozlar bilan (mijozlar bilan London
fond birjasi dilerlari - djobberlar) kelishuvni amalga oshiradilar. D. foydasi
xaridor va sotuvchi kurslarining farqi hisobiga, shuningdek, qimmatbaho
qog‘ozlar, valyuta kurslari o‘zgarishi hisobiga vujudga keladi. Ko‘pgina
fond birjalarining dilerlari brokerlik jarayonlarini amalga oshiradi.
DIREKT - KOSTING (Direct–Costing-System) – bevosita xarajat-
larni ishlab chiqargan mahsulot yoki buyumlar boyicha umumlashtiradigan
boshqaruv hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to’liq bo’lmagan
tannarxini kalkulatsiya qilish usuli bo’lib ushbu usulni qo’llaganda
mahsulotning tannarxiga faqat o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada
bilvosita
xarajatlar
esa
hisobot
davrining
moliyaviy
natijalari
(xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.
DISKONT - 1) vasiqa hisobi; 2) hisob foizi - vasiqa hisobida banklar-
ga to‘lanadigan foiz; 3) birja va valyuta ishlarida - tovar katiral bahosidan
ustama (masalan, agar tovar sifati standartdan past bo‘lsa) valyuta.
DISKONTLANGAN QIYMAT – joriy qiymat va diskontlash
koeffitsiyentini qo’llash orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi
tushumining miqdorini hisoblash.
539
Do'stlaringiz bilan baham: |