Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


BRUTTO (ital. brutto-qo’pol


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

BRUTTO (ital. brutto-qo’pol) - tovarlarning idishi yoki o’rovi bilan 
birgalikdagi og’irligi. Tovarlarning bunday og’irligi ba’zi hollarda zarur 
bo’lsada, lekin tovarning sof og’irligi haqida aniq ma’lumot berolmaydi. 
Buning uchun tovarning sof ogirligi (netto)ni aniqlash lozim. 
Buxgalteriya hisobi - bu xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati, 
faoliyat natijalari, mulki (aktivlari, mablag‘lari), mulkni tashkil topish 
manbalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash 
hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl va 
mazmunda taqdim etish tizimidir. 
BUXGALTERIYA HISOBINING MEMORIAL-ORDER SHAKLI 
- bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini memorial-orderlar asosida qayd 
etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. 
BUXGALTERIYA HISOBINING JURNAL-ORDER SHAKLI - 
bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jurnal-orderlar asosida qayd etish, 
guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. 
BUXGALTERIYA HISOBINING IXCHAMLASHTIRILGAN 
SHAKLI - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini ixchamlashtirilgan 
registrlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. 
BUXGALTERIYA HISOBINING KOMPYUTERLASHTIRIL- 
GAN SHAKLI - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini kompyuterlarda 
mashinogrammalar ko‘rinishida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga 
mo‘ljallangan shakli. 
DAROMADLAR - hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud 
majburiyatlarning kamayishidir
DARGUMON QARZLAR deb subektning belgilangan muddatda 
uzilmagan yoki meyoriy zarur vaqtichida aniqlanmagan va tegishli kafolat 
bilan ta’minlanmagan debitor qarzlari aytiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar dargumon qarzlar summasiga teng 
miqdorda hisobot yilining oxirida olgan foydasi hisobidan tegishli zahira 
tashkil qiladi va uni dargumon qarzlar bo‘yicha zahiralar deyiladi. 
DA’VO - da’vo qo‘zg‘atuvchining talabi. Korxonalar ularga 
qarzdorlarga (debitorlarga) o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzlik summalar 


537 
uchun da’vo qo‘zg‘atishlari lozim. Da’vo moddiy zarar keltirganlarga 
nisbatan asosli ravishda qo‘zg‘atilishi zarur. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling