Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


DISKONTLANGAN XARAJATLAR –


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

DISKONTLANGAN XARAJATLAR – joriy vaqtdagi diskontlash 
koeffitsiyenti orqali aniqlangan kapital quyilmalar boyicha taxmin 
qilinadigan xarajatlar. 
DIVIDEND - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi bo‘lib, 
aksiyadorlar o‘rtasida soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga 
ajratmalarni, zaxiralarni tashkil etish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni va 
boshqa to‘lovlarni amalga oshirilganidan so‘nggina taqsimlanadi. 
DOTATSIYA - korxona, tashkilot, muassasalarga qarzlarni qoplash 
uchun davlat tomonidan beriladigan nafaqa. 
EMITENT – qimmatli qog‘ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi 
yuridik va to‘lovga qobiyatli jismoniy shaxslar. 
EMISSIYA FAOLIYATI – qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar va 
obligasiyalar) chiqarish yo‘li bilan boshqa korxonalar va shaxslar 
mablag‘larini jalb etish. 
FAOLIYATNING NATIJASI – “xarajatlar-daromadlarnomli 
iqtisodiy ko’rsatkichni o’lchash natijasida olinadigan samara ko’rsatkichi. 
Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va xarajatlari(X) 
o‘rtasidagi ijobiy farq, ya’ni 
F = D > X. 
Demak, qanchalik daromad ko‘p bo‘lib, xarajat kam bo‘lsa, 
korxonaning foydasi shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
FOYDA INDEKSI – pul mablag’larining joriy kirimining investitsiya 
hajmiga nisbati boyicha investitsiya loyihasining jalb qilinishini 
tavsiflovchi nisbiy ko’rsatkich. 
FYUCHERS–qimmatbaxo qog‘ozlarni, valyuta yoki tovarlarni 
belgilangan narx va kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki sotib 
olish borasidagi bajarilishi majbur bo‘lgan qisqa muddatli standart 
shartnomalardir. 
GORIZONTAL TAHLIL – o’tgan davrdagi yoki hisobot davrida 
tasdiqlangan smeta xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli. 
GRAFIK (CHIZMA) USULI – zararsizlikning iqtisodiy va 
buxgalteriya modulini tuzish uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va 
foyda hajmining ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lishi. 


540 
GRANTLAR -- bu korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, 
nodavlat, xalqaro tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib 
tushgan moddiy va nomoddiy mablag‘lar majmuasi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling