Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARI


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARI. 
ASOSIY ISHLAB CHIQARISH ZAHIRASI deganda ishlab 
chiqariladigan mahsulotni asosiy komponentini tashkil etadigan xom - 
ashyo materiallar tushuniladi. Masalan, kolbasa ishlab chiqaruvchi 
korxona uchun asosiy xom-ashyo material bo‘lib go‘sht hisoblanadi. 
Qolgan materiallar, aytaylik, chesnok, qalampir, tuz, sirka, o‘rash 
plyonkasi, shpagat va boshqalar ushbu korxona uchun yordamchi 
materiallar hisoblanadi. Xuddi shunday qurilish tashkilotida qurilish 
materiallari, transport korxonasida ehtiyot qismlar asosiy ishlab chiqarish 
zaxiralari bo‘lib xizmat qiladi. 
ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI-bu ular- 
ni sotib olishga yoki ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar 
majmuasi. 


547 
SOTIB OLINGAN ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING 
TANNARXI ularni sotib olish qiymati, bojxona yig‘im va to‘lovlari, 
sertifikasiya xarajatlari, komissiya to‘lovi, transport-tayyorlov va boshqa 
sotib olishda ketgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 
SOTISHNING SOF QIYMATI –bu ishlab chiqarish zaxirasining 
tannarxidan kichik qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p 
miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni pasaytirish hollarida vujudga keladi. 
ISHLAB 
CHIQARISH 
XARAJATLARI 
bu bevosita 
mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek 
ularning tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar. 
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari deganda ishlab chiqarishning 
asosiy texnologik jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish 
sexlari xarajatlari tushuniladi. 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari deganda asosiy ishlab 
chiqarish sexlari uchun yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblan- 
gan ishlab chiqarish bo‘linmalarining (sexlarning) xarajatlari tushuniladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling