Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


IJARACHI - biror narsani ijaraga olgan korxona, tashkilot va  muassasa yoki jismoniy shaxs.  INFLYATSIYA


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

IJARACHI - biror narsani ijaraga olgan korxona, tashkilot va 
muassasa yoki jismoniy shaxs. 
INFLYATSIYA – haqiqatda taklif etilayotgan tovarlarga nisbatan 
ancha ko‘p miqdorda qog‘oz pullarning muomalaga chiqarilishi. 
Baholarning umumiy uzoq vaqt oshib borishi va haqiqiy mehnat haqining 
oshib borishi bilan kuzatiladi. Oltin bozor bahosini oshishi, hayot qiymati, 
valyuta kursining o‘zgarishlari ham inflyatsiya oqibatidir. 
INKASSA (lat. incasso) - to‘lov hujjatlarini ko‘rsatib pul olish. 
To‘lov hujjatlari asosan, bank tomonidan ko‘rsatiladi. Xaridor va mol 
yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi hisob-kitob naqd pulsiz olib boriladi, 
demak, bank pulni inkassa orqali olar ekan, ular o‘rtasidagi hisob-kitobni 
(schyotdan hisobga mablag‘ o‘tkazish) bajarish vazifasini oladi. 
INKASSO TOPSHIRIQNOMALARIga binoan to‘lovlar hisobi 
korxonalar hisobvaraqlaridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan 
o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: 


545 
-byudjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar, jarimalarni undirishda va 
mablag‘larni hisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa 
hollarda: 
- undiruvchilarning farmoyishlari bo‘yicha; 
- ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha. 
INKROMENT XARAJATLAR VA DAROMADLAR – 
qo’shimcha mahsulot guruhini ishlab chiqarish holatlarida ruyobga 
chiqadigan qo’shimcha xarajatlar va daromadlar . 
INNOVASIYA FAOLIYATI – bu korxonaning uni moddiy-texnika 
bazasini yangilash, mahsulot (ish, xizmat) turlari va sifatini yaxshilash
yangi texnologiyalarni kiritish va joriy qilish bilan bog‘liq faoliyati. 
INVESTITSIYA - so’zi nemischa investition, lotincha investio 
suzlaridan olingan bo’lib, u kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida 
sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan 
xarajatlar summasidir. 
«Investitsiya» - bu foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga 
erishish maqsadida, davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) 
tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanma- 
gan ehtiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli sohalariga ma’lum 
muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklar. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling