Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Farmoyish beruvchi hujjatlar


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Farmoyish beruvchi hujjatlar deganda u yoki bu harakatni kelgusida 
amalga oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, 
inventarizasiya o‘tqazish to‘g‘risida farmoyish, tovarni olib kelish uchun 
berilgan ishonchnoma va shu kabilar. 
Farmoyish va guvohlik beruvchi hujjatlar deganda bir vaqtning 
o‘zida xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirishga berilgan farmoyishni 


542 
ifodalovchi, ham bu farmoyish asosida haqiqatda yuz bergan xo‘jalik 
operatsiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, kassa 
chiqim orderi bir vaqtning o‘zida pulni berilishi uchun tuzilgan 
rahbariyatning farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni 
haqiqatda kimgadir berilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjat 
hisoblanadi. Pul cheki ham xuddi shunday hujjat hisoblanadi. 
Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlar deganda 
bevosita yuz bergan xo‘jalik operatsiyasini aks ettirmaydigan, lekinda u 
yoki bu ko‘rsatkichni, qarzni topish uchun buxgalter tomonidan tuzilgan 
hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga misol qilib soliqlar hisob- 
kitoblarini, majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini, amortizatsiyani aniqlash 
hisob-kitoblarini keltirish mumkin. 
Tuzish tartibiga ko‘ra buxgalteriya hisobida ishlatiladigan hujjatlar 
boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. 
Boshlang‘ich hujjatlar deb xo‘jalik operatsiyasi sodir bo‘lgan vaqtda 
tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Barcha guvohlik beruvchi hujjatlar 
boshlang‘ich hujjatlar hisoblanadi. 
Yig‘ma hujjatlar deganda boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilgan va 
ularning ma’lumotlarini ma’lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar 
tushuniladi. Bunday hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, 
tovar-pul hisobotlari, bank ko‘chirmalari va boshqalar kiradi. 
Aks ettirish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz 
bergan va ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan 
hujjatlarga bo‘linadi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling