Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

HISOB REGISTRLARI . 
Hisob registrlari bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, 
guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. 
Kitoblar – bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun 
mo‘ljallangan hisob varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va 
tikilgan hisob registrlari. 
Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schyotlarning krediti bo‘yicha 
guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. 
Qaydnomalar –bu schyotlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib 
borishga mo‘ljallangan registrlar. 
Memorial-orderlar - bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida 
schyotlarning ham debeti, ham krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd 
etishga mo‘ljallangan registrlar. 
Kartochkalar - bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun 
mo‘ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki 
karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda tayyorlangan 
registrlar. 
Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli 
algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob
shuningdek moliyaviy hisobot registrlari. 
HISOB SHAKLI – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, 
guruhlash va yig‘ishda qo‘llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi. 
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli - bu buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlarini memorial-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va 
yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. 
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli - bu buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini jurnal-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga 
mo‘ljallangan shakli. 
Buxgalteriya hisobining ixchamlashtirilgan shakli - bu buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlarini ixchamlashtirilgan registrlar asosida qayd etish
guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli. 


541 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling