Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Bir marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Bir marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar 
deganda faqat bitta operatsiyani u yuz bergan vaqtda aks ettiruvchi 
hujjatlar tushuniladi, masalan, pulni kassaga kirim qilganda tuzilgan kirim 
kassa orderi, tovar jo‘natilganda tuzilgan schyot- faktura va shu kabi 
hujjatlar. 
Ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar 
deganda bir xil mazmundagi va ko‘p takrorlanib tutuvchi xo‘jalik 
operatsiyalarni ma’lum bir davrda (masalan xafta , o‘n kunlik, bir oy 
ichida) bitta hujjat bilan rasmiylashtiruvchi hujjatlar tushuniladi. 
Tuzilgan joyiga ko‘ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. 


543 
Ichki hujjatlar deb korxonaning o‘zida tuzilgan, tashqi hujjatlar deb 
esa korxonaga chetdan kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor 
mahsulotni jo‘natishda tuzilgan schyot-faktura ichki, materiallarni 
ta’minotchilardan kelib tushganligini ko‘rsatuvchi schyot-faktura esa 
tashqi hujjat hisoblanadi. 
Tuzish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari qo‘lda va kompyuter- 
larda tuzilgan hujjatlarga bo‘linadi. 
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar shakl va mazmuniga 
ko‘ra unifikasiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari 
kerak. 
HUJJATLARNI UNIFIKASIYALASHTIRISH deganda bir xil 
mazmundagi operatsiyalarni 
barcha korxonalarda yagona shakl va 
mazmundagi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi tushuniladi. 
HUJJATLARNI STANDARTLASHTIRISH deganda bir xil 
nomdagi hujjatlar uchun yagona razmer va shakllarni o‘rnatilishi 
tushuniladi. 
HUJJATLAR AYLANISHI deganda ularning tuzilishidan tortib, to 
arxivga topshrilishigacha bo‘lgan jarayonlar hamda 
operatsiyalar 
majmuasi tushuniladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling