Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


AKSIYALARNING NAZORAT PAKETI


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

AKSIYALARNING NAZORAT PAKETI – jamiyat sarmoyasi 
ishtirokchisiga jamiyat umumiy yig‘ilishi va uning boshqaruv organlarida 
muayyan qarorlarni qabul qilish yoki uni bekor qilish borasidagi so‘zsiz 
xuquqning ta’minlanishini o‘zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, 
bir mulkdorning aksiyadorlik jamiyati ustidan nazorat qilish imkonini 
beruvchi qo‘lida jamlangan aksiyalar ulushi tushuniladi. 
ASOSIY VOSITALAR Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAning 7- 
bandiga asosan, uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq 
vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish 
soxasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun 
foydalaniladigan moddiy aktivlardir. 
"Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAga binoan asosiy vositalar 
quyidagi baholarda baholanadi: 
-Dastlabki qiymat; 
-Sotish qiymati; 
-Tugatish qiymati; 
-Qoldiq qiymati; 
-O‘rnini qoplash qiymati. 
Dastlabki qiymat - aktivni xarid qilishda qaqiqatda to‘langan pul 
mablag‘lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. 
Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida 
ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir. 
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni 
chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish 
paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir. 
Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan 
amortizatsiyani chiqarib tashlangan hodda asosiy vositalarning dastlabki 
yoki joriy qiymatidir. 


529 
O‘rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish 
hisobiga qoplashni mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish 
qiymati. 
ASOSIY XODIMLAR - qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida 
belgilangan lavozimlarni egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday 
xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-quruvchilar, prorablar, 
masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, 
taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar yasovchi 
ustalar, g‘isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi 
boshqa xodimlar kiradi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling