Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Balansdan tashqari schyotlar o‘zida nimani aks ettiradi?
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
- Bu sahifa navigatsiya:
- GLOSSARIYLAR AKTIV
- AKSIYA KURSI
6.
Balansdan tashqari schyotlar o‘zida nimani aks ettiradi? A) Xar xil turdagi boyliklarning ko‘payishi yoki kamayishi; *B) Korxona mulki bo‘lmagan, lekin vaqtincha korxona ixtiyorida bo‘lgan aktivlarni ko‘payi shi yoki kamayishi; C) Majburiyatlar va kapitalni kamayishi yoki ko‘payishi; D) Daromad va sarflarni ko‘payishi yoki kamayishi. 527 GLOSSARIYLAR AKTIV - buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, ma’lum bir muddatga subekt mablag‘larining tarkibi va joylaniqini pul ko‘rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari balansning passiv qismi ham mavjud bo‘lib, aktiv va passiv tomonlar bo‘lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo‘lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag‘larning manbalari balansning passiv tomonida joylashgan. Uzoq muddatli aktivlar – 1 yildan ko‘p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan moddiy va nomoddiy mablag‘lardir. Qisqa muddatli aktivlar – 1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan mablag‘lar. AKKREDITIV (lat. accredo - ishonaman) - nakd pulsiz hisob-kitob turlaridan biri. Ma’lum bir tovar va xizmatlar uchun belgilangan muddatda mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul mablag‘idir. Akkreditiv quyidagi xollarda qo‘llaniladi: xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomaga asosan, xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasidagi xo‘jalik munosabati doimiylikka ega bo’lmasa, xaridor tovarni mol yetkazib beruvchi manzilida qabul qilib olsa, xokimiyat ko‘rsatmasi va yo‘riqnomasiga ko‘ra, tovar yetkazib berishning alohida ma’lum bir sharoitlarida bank muassasasi talabi bilan kreditlash va hisob-kitobning ma’lum usuliga o‘tgan korxonalar munosabatida, tovar moddiy boyliklarining meyoridan yuqori zahiralariga ega bo‘lgan korxonalar munosabatida. AKSEPT (lat. accueptuk - qabul qilingan) - belgilangan sharoit bo‘yicha shartnoma tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitobda aksept xaridorning mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan hisobini to‘lashga rozilik bildiradi. AKSEPTANT (lat. acceptaiik - qabul qiluvchi) - hisob bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga rozilik bergan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yoki shaxslar. AKSEPTLASH (lat. acceptare - qabul qilish) - to‘lov hisobini qabul qilish, mol yetkazib beruvchi schyotiga to‘lovni o‘tkazishga rozilik berish. 528 AKSIYA KURSI – aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi. Bu aksiyalar baxosining asosiy shakli sifatida, aksiyaning real qiymatini belgilab beradi. Aksiyalar kursining yuqori yoki past bo‘lishi aksiya bo‘yicha olinadigan dividendga bevosita bog‘liq. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling