Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

18.6. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot. 
Ushbu hisobotda subektning mulki hisoblangan va uning tasarrufida 
bo‘lgan xususiy kapitalining - uzoq va Qisqa muddatli aktivlarning yil 
boshiga va yilning oxiridagi holati aks ettiriladi. 
"Yil boshiga qoldiq" moddasida subektlar hisobot yilining boshiga 
nisbatan xususiy mablag‘larining yig‘indisini ko‘rsatadilar: 
3- 
ustun - "Ustav kapitala" da 8510-"Ustav kapitalini hisobga oluvchi 
schyotlardagi ma’lumotlarga asosan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan Ustav 
kapitalining oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, ulush va omonatlarning 
miqdori ko‘rsatiladi; 
4- 
ustun - "Qo‘shilgan kapital" da 8520-"Qo‘shilgan kapital"ni hisobga 
oluvchi schyotlardagi ma’lumotlarga asosan emissiya daromadi, xorij 
valyutasining kursidagi farqi va tekinga olingan mulklarning miqdori aks 
ettiriladi; 
5- 
ustun - "Zaxira kapitallar" da belgilangan qoidaga ko’ra O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan tashkil etilgan zaxiradagi 
kapitalning miqdori, ya’ni asosiy vositalarni karta baholashdagi farq 
summasi, zaxira kapitali, hisobotni umumlashtirayotganda (yig’ma 
hisobot) sodir bo‘lgan sum kursidagi farqlarning miqdori aks ettiriladi; 


521 
6- 
ustun - "Taqsimlanmagan foyda"da 8710-"Taqsimlanmagan foyda" 
schyotining ma’lumotlariga asosan yil boshiga nisbatan taqsimlanmagan 
foyda miqdori ko‘rsatiladi; 
7- 
ustun - "Xususiy kapital bilan qoplanmagan zararlar"da subektning 
balansidagi yil boshiga bo‘lgan zararlarning miqdori ko‘rsatiladi. 
"Xususiy (hissador) kapitalining o‘sishi" moddasida (020- satr) 
Xususiy (hissador) kapitalining usishi aks ettiriladi. 
"Qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi" moddasida (030-satr) birlamchi 
va ikkilamchi qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasining miqdori aks ettiriladi. 
"Asosiy vositalarning qayta baholanishi" moddasida (040-satr) 
belgilangan 
qonunchilik 
qoidalariga 
asosan 
o‘tkazilgan asosiy 
vositalarning qayta baholangan qiymati aks ettiriladi. 
Subektlar hisobotning "Zaxira uchun ajratma" moddasida (050-satr) 
ta’sis hujjatlari va qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda zaxira 
jamg‘armasini shakllantirish uchun ajratilgan mablag‘larning miqdorini 
ko‘rsatadilar. Shu bilan birga, hissadorlik jamiyatlari va xorijiy investitsiya 
bilan tashkil etilgan subektlar, qonunchilikka mos ravishda, byudjet bilan 
hisoblashgunga qadar mazkur jamg‘armaga ajratmalar qilishlari mumkin. 
"Joriy yil foydasi(zarari)" moddasida (060-satr) hisobot davrida 
olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) miqdori ko‘rsatiladi. 
Subektlar hisobotining "Dividendlar" moddasida (070- satr) hisobot 
davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan boshqa yil uchun hisoblangan 
dividendning miqdorlarini ko‘rsatadilar. 
Korxonalar 8510-"Ustav kapitala" schyoti, 8520-"Qo‘shilgan kapital" 
schyoti, 8530-"Zaxira kapitala" schyotining qoldiqlarini va 9900-"Yakunin 
moliyaviy natija" schyoti bilan 6410-"Foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha 
byudjetga qarz" schyoti va 9800-"Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun 
foydaning 
ishlatilishi" 
schyotlarining 
o‘rtasidagi 
farq, 
ya’ni 
taqsimlanmagan foyda qoldiqlarini "Hisobot davri oxiriga qoldiq" 
moddasining (080-satr) mos ustunlarida aks ettiradilar. 
Subektlar "Hisobot davri oxirida ustav kapitaliga kiritilgan badallar" 
moddasida (090-satr) ta’sischi va hissadorlar tomonidan subektning Ustav 
kapitaliga haqiqatda kiritilgan mablag‘larning yig‘indisini aks ettiradilar. 
100-122-satrlarni hissadorlik jamiyatlari to‘ldiradilar. 


522 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling