Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar. 
Buxgalteriya hisobi va uning ma’lumotlaridan hayotda juda keng 
miqyosda foydalaniladi. Bu axborotlardan 
foydalanuvchilarni 
uch 
guruhga bo‘lish mumkin: 1) subektning boshqaruvchilari; 2) subektdan 
tashqarida turib, undan moliyaviy manfaatdor bo‘lganlar; 3) subektning 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiziqishda 
bo‘lmagan shaxslar, guruhlar yoki agentlar. 


493 
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilar 
Ichki foydalanuvchilar Tashqi foydalanuvchilar 
Boshqaruv xodimlari 
Aksiyadorlar 
va boshqa mulk egalari; 
Kreditorlar 
Mol yetkazib beruvchilar 
Xaridor va buyurtmachilar 
Xukumat: soliq organlari 
Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, 
uyushmalar) 
Statistika organlari 
Boshqa davlat organlari 
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga 
bo‘lgan ehtiyoji 
Haqiqiy va bo‘lgusi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruv- 
chilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, 
idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar qaroriga kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga 
ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi: 
Berilgan investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar munosabati bilan 
investorlarda. Aksiyadorlar ham ular xo‘jalik subektining dividendlarni 
to‘lash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, 
saqlash yoki sotish kerakmi yoki yo‘qligini belgilashga ko‘maklashadigan 
axborotdan manfaatdordirlar; 
O‘zlariga tegishli kreditlar va foizlar o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki 
yo‘qmi ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor 
bo‘lgan kreditorlarda; 
O‘zlariga tegishli summa o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki yo‘qmi ekanli- 
gini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‘lgan mahsulot 
yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida; 


494 
Xo‘jalik yurituvchi subektning uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi 
axborotdan manfaatdor bo‘lgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli 
bitimga ega bo‘lsalar yoki mazkur xo‘jalik yurituvchi subektga bog‘liq 
bo‘lsalar; 
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi 
to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan xodimlarda. Ular ham 
xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyincha- 
lik ham yollash bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga 
baho berish imkonini yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar; 
Resurslarning taqsimlanishi va, binobarin subektlarning faoliyati 
to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari-da. 
Ularga ham xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatini tartib ga solib turish, 
soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni ham-da boshqa 
statistik ma’lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak; 
Jamoatchilikda ham, chunki xo‘jalik yurituvchi subektlar mahalliy 
iqtisodiyotga ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan 
ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash 
bilan katta hissa qo‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni 
taraqqiyot yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi subektlarning farovonligini 
yaxshilashda erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborot bilan 
ta’minlab, ularga yordam beradi. 
Xo‘jalik yurituvchi subektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi 
va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar o‘z ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida qo‘shimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash 
huquqiga egadir. Biroq bunday qo‘shimcha axborot shakllarini muhokama 
qilish mazkur konseptual asos doirasidan chiqadi. 
Hisobotdan tashki foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlarni chuqur va 
har tomonlama urganib quyidagi imkoniyatlarga ega buladilar: 
- u yoki bu subekt bilan ish yuritish lozimligi va shart - sharoitlarni 
belgilash; 
- ishonchsiz shaxslarga qarz berish yoki bermaslik; 
- u yoki bu subektning aktivini sotib olishning maqsadga muvofiq ligi; 
- iste’molchi va buyurtmachilar bilan munosabatni to‘g‘ri urnatish; 
- kelgusida aloqa qiladigan subektlarning moliyaviy axvolini baholash; 


495 
- ishni boshlash va yuritish jarayonida ba’zi bir tavakkalchilikni 
hisobga olish. 
Davriy va yillik hisobotlar asosan yuqori tashkilot, soliq muassasasi, 
bank, statistika muassasalariga takdim qilinadi. Ayrim hollarda ta’minot- 
chilarga, manfaatdor va qiziquvchi shaxslarga hisobot ma’lumotlari ham 
beriladi. 
Tashki foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko‘rsatkichlar qiziq- 
tiradi: 
Subektning aktivlari va passivlarining tarkibi; 
Subektning likvidligi; 
O‘zining va jalb qilingan kapitalning hissasi; 
Aktivlarning aylanish tezligi; 
Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabellik 
darajasi; 
Subektning ixtiyorida qoladigan sof foyda; 
To‘langan dividentlarning hissasi (agar aksiyadorlik kompaniyasi 
bo‘lsa). 
Buxgalteriya hisobining axborotidan foydalanuvchilarning manfaati 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling