Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


kurildi, qaysi buxgalteriya yozuvi to’g’ri?


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

kurildi, qaysi buxgalteriya yozuvi to’g’ri? 
A) Dt 9620, Kt 9220; 
*B) Dt 9430, Kt 52-10 ; 
C) Dt 5210, K-t5230; 
D) Dt 5220, Kt 5210. 
6. Aniqlangan sof foyda summasiga qaysi buxgalteriya yozuvi 
beriladi? 
*A) D-t 9900,,K-t 8710; 
B) D-t 8710,K-t 9900; 
C) Dt 9000-9900,K-t 8710; 
D) Dt 8710,K-t 9000-9900. 


485 
XVIII BOB. HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH 
 
O‘quv maqsadi: Moliyaviy hisobotning vazifasi, uning tarkib,. 
moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish tartibi, moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar, buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot, asosiy vositalarning harakati haqida hisobot, pul 
oqimlari to‘g‘risida hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot, 
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma, moliyaviy 
hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar, moliyaviy hisobotni taqdim 
etish tartibini o‘rganishdan iboratdir. 
Tayanch iboralar: Moliyaviy hisobot, buxgalteriya balansi – 1 
shakl, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot – 2 shakl, debitorlik va 
kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma – 2a shakl, asosiy 
vositalarning harakati to’g’risida hisobot – 3 shakl, pul oqimlari to’g’risida 
hisobot – 4 shakl, xususiy kapital to’g’risida hisobot -5 shakl, tushuntirish 
xati, debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma – 2a 
shakl, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar, moliyaviy hisobotga 
tushuntirishlar, ilovalar va izohlar, moliyaviy hisobotni taqdim etish. 
18.1. Moliyaviy hisobotning vazifasi, uning tarkibi. 
Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir 
xo‘jalik subektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda 
hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy 
ma’lu-motlarni berish hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik 
yurituvchi korxonalarning uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, 
bajaradigan va subektga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va 
muomalalarni ko‘rsatish usuli hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, 
uning faoliyatidan va uning pul mablag‘lari harakati bo‘yicha ma’lumot 
berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy 
qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir. 
Moliyaviy hisobot xo‘jalik muomalalari xususiyati va mohiyati 
jihatidan ularni guruhlarga tuzilmaviy birlashtirish natijasi hisoblanadi. 
Umumlashtirish va tasnif qilish jarayonining yakuniy bosqichi bu tur- 


486 
kumlarga ajratilgan juda qisqa axborotni taqaim etishdir, chunki moliya- 
viy hisobotlar band sifatida va izohdarda berilgan bo‘ladi. Moliyaviy 
hisobotlar, shuningdek, korxona imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan 
boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko‘rsatadi. 
"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi Qonunning 16-moddasiga binoan 
moliyaviy hisobotda quyidagi axborot bo‘lishi kerak: 
- investitsiya qarorlari va kreditlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qilishda kerak bo‘ladigan axborot; 
- subektning bo‘lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot; 
- subektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o‘zgarishlar 
to‘g‘risida axborot. 
Yuqorida aytib o‘tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda 
batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy 
hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati oqimini taxmin 
qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslari 
to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim: 
-korxonaning nazorati ostida bo‘lgan aktivlar haqida; 
-korxonaning passivlari haqida; 
-korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan 
boshqa davrga o‘tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi 
o‘zgarishlar haqida; 
-pul mablag‘larining harakati haqida. 
Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun 
korxonaning dividendlarni va foizlarni to‘lash, shuningdek, majburiyatlari 
bo‘yicha muddati kelgan to‘lovlarni to‘lash imkoniyatini baholashda 
foydali bo‘ladi. 
Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri 
muomalalari tugagandan so‘ng ro‘y beradi va korxonadan professional 
buxgalteriya bilimlari va ko‘nikmalaridan tashqari, qo‘shimcha ma’lu- 
motlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga rioya qilishni talab 
qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 
qonuniga» asosan va 2002 yil 27 dekabrdagi Moliya vazirligining 140-son 
buyrug‘iga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘rnatilgan muddatlarda 


487 
va tegishli adreslarga quyidagi shakl va xajmda chorak va Yillik mol 
iyaviy hisobotlar topshiradilar. Chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil 
qilingan qo’shma korxonalar faqat yillik hisobot topshiradilar: 
a) yillik hisobot quyidagi shakllarning majmuasidan tashkil topadi: 
- buxgalteriya balansi - 1 shakl; 
- moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl; 
- debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma - 2a 
shakl; 
- asosiy vositalarning harakati to‘g‘risida hisobot - 3 shakl; 
- pul oqimlari to‘g‘risida hisobot - 4 shakl; 
- xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl; - tushintirish xati. 
v) yarim yillik hisobot quyidagi hisobot shakllarini uz ichiga kamrab 
oladi: 
- buxgalteriya balansi - 1 shakl; 
- moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl; - pul oqimlari 
to‘g‘risida hisobot - 4 shakl; 
- debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma - 2a 
shakl. 
s) choraklik (uch oylik) hisobot quyidagi shakllardan tashkil topadi: 
- buxgalteriya balansi - 1 shakl; 
- moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl; 
- debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma - 2a 
shakl. 
Yillik moliyaviy hisobotga, subekt faoliyatining hisobot yilidagi 
yakuniy natijalariga ta’sir etuvchi asosiy omillar, subektning yillik 
moliyaviy hisoboti va sof foydani taqsimlash bo‘yicha qabul qilingan 
aksiyadorlar yig‘ilishining qarorlari, moliyaviy hisobotning tekshirilganligi 
to‘g‘risidagi auditorlik xulosalari ilova k;ilinadi. 
Agar kirish balansi yil boshiga o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda hisobotga 
ilova qilingan tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari tushuntiriladi. 
Shuningdek, unda qabul qilingan va keyingi yilga qabul qilinishi kerak 
bo‘lgan hisob siyosati (agar u hisobot yilidagi qabul qilingandan farq qilsa) 
keltiriladi. 


488 
Moliyaviy hisobot shakllaridagi kuzda tutilgan hamma ko‘rsatkichlar 
keltiriladi. U yoki bu modda (satr, ustun) tuldirilmagan xollarda, ya’ni 
subektning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari bo‘lmaganda, usha 
moddalar (satrlar, ustunlar) chizib kuyiladi. 
Shaklning mukova qismi quyidagi tartibda tuldiriladi. Zaruriy qism 
"Xo‘jalik yurituvchi subekt"da - korxonaning (belgilangan tartibda 
ro‘yxatga olingan ta’sis hujjatlariga binoan) to’liq nomi va uning kodi 
OKPOga muvofiq ko‘rsatiladi. 
Zaruriy qism "Tarmoq (faoliyat turi)"da - tarmok (faoliyat turi) va 
uning kodi OKONXga muvofiq ko‘rsatiladi. 
Zaruriy qism "Davlat mulkini boshqarish organi"da- davlat yoki 
hududiy (arap shunday subekt mavjud bo‘lsa) subekt ustidan boshqaruv 
huquqiga ega bo‘lgan va moliyaviy hisobot yuboriladigan organning nomi 
ko‘rsatiladi. 
Zaruriy qism "Manzili "da - subektning aloqa uchun to‘liq manzili 
ko‘rsatiladi. 
Zaruriy 
qism 
"Nazoratdagi 
miqdor" 

subekt 
tomonidan 
to‘lg‘azilmaydi. 
Yil (chorak)lik hisobot tuzishda subektning egasi va davlatning 
manfaatlariga rioya etish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, soliq nozir- 
liklari, ta’sischilar, bank muassasalari, xalkaro standartlarning talablarini 
hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi Far- 
monlaridan, O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi- 
dagi" Qonunidan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlaridan, O‘zbekis- 
ton Respublikasi Moliya vazirligining 1995 yil 4 apreldagi 17-02/28-sonli 
xatidan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksidan, hamda 
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishga taalluqli barcha amaldagi 
yuriqnomalardan foydalanish zarur. 
Korxona, ishlab chiqarish birlashmasi va tashkilot uzining barcha 
bo‘linmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ko‘rsatkichlarini hisobot 
shakllarining ma’lumotlariga kiritishi shart. 
Moliyaviy hisobot tuzishda hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni 
hisobot tuzish kuni hisoblanadi. 


489 
Tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, mulkchilikning davlat shaklini 
jamoa shakliga o‘zgartirgan subekt hisobot davrida yil boshlanganidan to 
tugatilgan (qayta tashkil qilingan) davrigacha hisobot berishning amaldagi 
shakllari bo‘yicha hisobot topshiradi. 
Yangidan tashkil etilgan subektlar uz mablag‘lari va ularning 
manbalarini (sotib olish, qabul qilish qiymatida) hisobotda, ularni 
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan oyning 1 kunidan boshlab hisobot 
yilining 31 dekabriga, hisobot yilining 1 oktabrdan keyin tashkil qilingan 
subektlar esa, davlat tomonidan ro‘yxatga olingan kunidan boshlab hisobot 
yilidan keyingi yilning 31 dekabriga ko‘rsatadilar. 
Subekt balansining moddalari to‘liq, o‘tkazilgan aktivlar va passivlar 
inventarizatsiya (yuklama)sining ma’lumotlariga asoslangan bo’lishi 
kerak. Buning uchun, yillik hisobotni takdim etishga qadar, amaldagi 
doimiy inventarizatsiya komissiyasining a’zolari tomonidan inventari- 
zatsiya natijasida aniqpangan moddiy boyliklarning haqiqiy miqdori bilan 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi farqlar to‘g‘rilanishi lozim. 
Shuningdek, debitor va kreditor qarzlari ham taqqoslash dalolatnomasi 
o‘zaro tasdiqlangan hisoblashish jarayonidagi qoldiqlari rasmiylashti- 
rilgan xatlar asosida inventarizatsiya o‘tkazilgan bo’lishi kerak. Yillik 
hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida, o‘tkazilgan inventarizatsi- 
yalarning soni va natijalari shuningdek, inventarizatsiya muddati o‘tkazil- 
gan inventarizatsiyalarning soni va natijalari shuningdek, inventarizatsiya 
o‘tkazilmagan bo‘lsa, uning sabablari aks ettirilishi shart. 
Balans moddalarining miqdori moliya, soliq organlari va bank 
muassasalarining hisoblari bilan taqqoslangan va aynan bir xil bo’lishi 
shart. Ushbu hisoblashishlar bo‘yicha noaniq miqdorlarni balansda 
qoldirishga yul qo‘yilmaydi. 
Moliyaviy hisobotning tegishli shakllarida birorta uchirish yoki chizib 
to‘g‘rilash bo‘lmasligi kerak. Agar shunday xollarga yul kuyilsa, zato 
tuzatilgan sana ko‘rsatilgan holda hisobotning ushbu shakllariga mas’ul 
shaxslar imzo chekib tasdiqlangan va ushbu shaxslarning tegishli izohlari 
bo’lishi shart. 
Joriy yil hisoboti (u.tasdiqlangandan sung) ma’lumotlarining xam, 
joriy hisobot, ma’lumotlarining xam noto‘g‘riligi e’tirof etilsa, bu narsa 


490 
joriy hisobotda (xatoga qaysi davrda yul qoyilgan bo‘lsa o’sha davr 
hisobiga, chorak, yil boshidan) to‘g‘rilanadi. 
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida ishlab chiqarish 
xarajatlariga, unga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni qo‘shish natijasida 
daromadning yashirilganligi yoki moliyaviy natijaning kamaytirilganligi 
aniqlangan xollarda, joriy yilgi buxgalteriya hisobi va hisobotiga 
o‘zgartirish kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniqlangan joriy yil 
foydasi ko’rinishida hisobotda aks ettiriladi. 
Moliyaviy hisobotlaring izohlari tushuntirish xati ko‘rinishida muntazam 
ravishda tartibga solinadi. Izohlardagi ma’lumotlar taqdim etilgan moli- 
yaviy hisobotning har bir tegishli bandi ko‘rsatilgan holda berilishi kerak. 
Moliyaviy hisobotlar tayyorlash va buxgalteriya hisobining o‘ziga xos 
siyosati asoslari to‘g‘risidagi ma’lumot moliyaviy hisobot izohlaridan 
oldin alohida hisob ko‘rinishida berilishi kerak. Moliyaviy hisobotga 
beriladigan tushuntirish yozuvida eng kamida lozim bo‘lgan zaruriy 
ma’lumotlar buxgalteriya hisobining har bir aniq andozasining "Ochib 
berish" bo‘limida keltiriladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling