Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

18.8. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar. 
Turli xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatining ko‘p qirraliligi 
hisobga olinadi, moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarni iqtisodiy 
qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot bilan ta’minlay 
olmaydi, shu sababli yillik moliyaviy hisobotlarga qo‘shimcha ravishda 
ma’muriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritiladi, unda xo‘jalik 
yurituvchi subekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy 
belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar 
bayon qilinadi. 
Bu sharhda xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyati natijalariga
faoliyati qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya 
siyosatiga, jumladan joriy davrda, xususan kelgusi davrlarda dividendlar 
siyosatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ochib beriladi, ya’ni: 
Xo‘jalik yurituvchi subektni moliyalash manbalari va xatarlarni 
boshqarish; 
Xo‘jalik yurituvchi subekt ishlab turgan tashqi muhitdagi o‘zgarishlar 
va shu o‘zgarishlar munosabati bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda 
ularning subekt faoliyatiga ta’siri; 
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun 
boshqa muhim axborotlar. 
Qo‘shimcha axborotni taqdim etish - tushuntirishlar, izohlar va hisob- 
kitoblar - xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin 
shaklda taqdim etiladi. 
MOLIYAVIY HISOBOTNI TAQDIM ETISH 
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: 
Ta’sis hujjatlariga muvofiq subektning mulk egalariga (davlat mulkini 
boshqarishga 
vakolat 
beradigan 
organlarga, 
ishtirokchilarga, 
muassislarga); 
Subekt ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga; 
Davlat statistika organlariga; 
Qonunga muvofiq - boshqa organlarga. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan 
keyingi 15 fevraldan kechiktirmay topshiradi. 


525 
Vazirliklar, idoralar, o‘zga boshqaruv organlari va ayrim subektlar 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobot taqdim etishning 
boshqa muddatlarini belgilaydi. 
Subekt bilan bir shaharda joylashgan mahkamalarga moliyaviy 
hisobotni taqdim etish vaqti uni amalda tegishli joyga topshirish kuni 
hisoblanadi, boshqa shahardagilar uchun esa pochta korxonasi shtempelida 
ko‘rsatilgan sana uni jo‘natish kuni hisoblanadi. 
Hisobotni taqdim etish vaqti dam olish kuniga to‘g‘ri kelib qolgan 
hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish 
kuniga o‘tkaziladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling