Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
18.7. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma.
1. "Debitorlik va kreditorlik qarzi bo‘lgan Vazirlik, konsern va boshqa subektlarning nomlari" ustunida hisobot davrining oxirgi kuniga qarzlari bo‘lgan debitor va kreditorlik qarzlari bo‘lgan hukukiy va jismoniy shaxslarning ro‘yxati keltiriladi. Ushbu ma’lumotlar debitor qarzlar (olinadigan schyotlar) bo‘yicha ayrim olgan holda tegishli olinadigan schyotlar gurukidagi 4000-"Olinadigan schyotlarning joriy qismi", 4100- "Bo‘linmalardan olinadigan schyotlar", 4200- "Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar", 4300-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar", 4400- "Xodimlarga berilgan bo‘naklar", 4500- "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari", 4600-"Boshqa muomalalar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi" va 4800-"Har xil debitorlarning qarzi" schyotlaridan olinadi. Kreditor qarzlar (joriy majburiyatlar) bo‘yicha ma’lumotlar esa 6000- "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotini to‘lash", 6100- "Ayrim balansga ajratilgan bo‘linmalarning schyotini to‘lash", 6200- "Muddati uzaytirilgan majburiyatlarning joriy qismi", 6300-"Olingan bo‘naklarning joriy qismi", 6400-"Byudjet to‘lovlari bo‘yicha qarz", 6500- "Sug‘urta va byudjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha qarzlar", 6600- "Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar", 6700-"Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashish", 6800-"Xar xil kreditorlarga va boshqa hisoblangan majburiyatlar bo‘yicha qarzlar", 6900-"Qisqa muddatli bank kreditlari va olingan qarzlar"ni hisobga oladigan schyotlardan va 7000-7900-"Uzoq muddatli majburiyatlar" guruhi schyotlaridan olinadi. Bundan tashqari, ko‘p debitor va kreditorlar bilan muomalada bo‘lgan subektlar 2a- shaklini har bir debitor va kreditorlar bo‘yicha ochilgan analitik ma’lumotlari bo‘yicha ayrim olgan tashkilotlar - Vazirlik, birlashma va konsernlar bo‘yicha debitor qarzlarni alohida va kreditor qarzlarni alohida jamlash yuli bilan tuldirishi xam mumkin. Agar debitor (kreditor)lar uzidan yuqori turuvchi Vazirligiga (idorasiga) ega bo‘lmagan hollarda, bunday huquqiy shaxslarning qarzi alohida yozilib kiritiladigan "Boshqa subektlar" moddasida ko‘rsatiladi. Mazkur debitor va kreditor qarzlarini aks ettirish tartibi, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan debitor va kreditorlarga taallukli 523 emas. Ularning nomlarini to‘liq yoki umumiy qabul qilingan qisqartirishlar bilan keltirish va shu bilan birga qavslar ichida davlatlarning nomi ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir. 2a-shakldagi satrlarning soni ko‘rsatilayotgan debitor va kreditorlarning soniga bog‘liq. 2. "Umumiy qarzlar" ustunida qarzlarning miqdori xar bir debitor va kreditor uchun alohida ko‘rsatiladi. Agar, bir huquqiy shaxsning xam debitorlik, xam kreditorlik qarzi bo’lib, subekt ularni xar xil schyotlarda hisobga olsa va ayrim sabablarga kura o‘zaro hisoblashish (koplash) o‘tkazilmagan takdirda, debitorlik qarzlarining miqdori alohida va kreditorlik qarzlarining miqdori alohida ko‘rsatiladi. 3. "Jumladan Respublikadan tashqaridagi" ustunida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan subektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarining miqdori ko‘rsatiladi. 4. "Umumiy qarzlardan olish va to‘lov muddati utgan qarzlar va solig‘i" ustunida debitorlik va kreditorlik qarz to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 may "Kordona (tashkilot) raxbarlarining xalq xo‘jaligida hisoblashishlarni o’z vaqtida o‘tkazish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi №UP-11584-sonli Qarorida keltirilgan muddatlarda uzilmagan qarzlarning miqdori ko‘rsatiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlarining kechikishi shartnmoada (masalan, qarz shartnomasida) ko‘rsatilgan vaqtga asosan aniqlanishi lozim (mol yetkazib berish, oldi-sotdi shartnomalari bunta kirmaydi). 5. "Jumladan respublika hududidan tashqaridagi" ustunida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan debitor va kreditorlar qarzining muddati va soliq miqdori ko‘rsatiladi (muddati va soliqlar bo‘yicha qarzlar yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limdagi kabi aniqlanadi). 6. 2a-shakl subektning raxbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanib, uning xar bir varag’i muxr bilan tasdiqlanadi. 7. Tushuntirish xati. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling