Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

18.4. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. 
Ushbu shaklda xo‘jalik yurituvchi subektlarning asosiy, "-" 
muomalaviy va moliyaviy faoliyati natijasida olgan foyda yoki kurgan 
zararlarining miqdori tegishli moddalar bo‘yicha yoritiladi. 


510 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar "Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan 
tushgan daromad" moddasida (010-satr) savdo ustamalari, xaridor va 
buyurtmachilar tomonidan to‘lagan soliqlar bilan birgalikda, mahsulot, 
tovar, ish, xizmatlarni sotishdan tushgan jami daromad (qaytarilgan 
tovarlar, tayyor mahsulotlar qiymatining miqdori va sotish bahosidan 
xaridor hisobidan chegirib tashlangandan keyin) aks ettiriladi. Ayrim 
tovarlarning eksport kilinishi sababli xorijiy valyutada tushgan 
daromadning majburiy sotiladigan qismi, ya’ni Markaziy bank muassasasi 
tomonidan tasdiqlangan kursda 010-satrda aks ettiriladi. 
020-satrni ("Qo‘shilgan qiymat solig‘i" moddasini) tuldirganda 
ma’lumotlarning Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjet bilan 
hisoblashish qismida "Soliq kodeksi"ning Qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
hisoblash va to‘lash to‘g‘risidagi tartiblarga rioya qilishi lozim. 
Aksiz solig‘i to‘lovchi subektlar "Aksizlar" moddasida (030-satr) 
sotish schyotida hisobga olingan tushum tarkibidagi 9100-"Sotilgan 
mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi" schyotining debeti va 6410- 
"Byudjetga 
to‘lovlar bo‘yicha qarzlar" schyotlarining 
kreditida 
ko‘rsatilgan miqdori aks ettiriladi. Aksiz soliqlarini hisoblash va ularning 
to‘lanish qoidasi Soliq kodeksa bilan belgilangan. 
040-satrda mahsulot (ish, xizmat) larning chetga chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan soliqlar, eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari va ko‘zda 
tutilayotgan ajratmalar uchun to‘lovlar yoziladi. 
"Sotishdan olingan daromad" moddasida (050-satr) subektning asosiy 
faoliyatida mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishdan, egri soliq va 
eksport bojxona to‘lovlari chegirilgandan keyingi tushgan daromad, shu 
bilan birgalikda subektning yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi 
bo‘linmalaridagi mahsulotlarning boshqa subektlarga sotilishidan tushgan 
daromad, xo‘jalik hisobida turmagan tashkilotlarning daromadining xara- 
jatidan oshiq qismi, xo‘jalik va boshqa tijorat faoliyatidan olingan daro- 
madlar ko‘rsatiladi. Sotishdan olingan daromad 010-satr ko‘rsatkichidan 
020-030-040-satrlar ko‘rsatkichlarini kamaytirilganiga tengdir. 
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq 2010- "Asosiy ishlab 
chiqarish", 2300-"Yerdamchi ishlab chiqarish", 9450-"Xizmat ko‘rsatuv- 
chi xo‘jaliklar" schyotlaridagi jami xarajatlarning yig‘indisidan tugallan- 


511 
magan ishlab chiqarish sarflari chegirilib qolgan summa mahsulot tannarxi 
hisoblanib, 
060-satr "Sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab chiqarish 
tannarxi"da ko‘rsatiladi. Bundan tashqari ushbu ma’lumotlar umumlash- 
tirilgan holda 9110, 9120 va 9130 "Sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va 
xizmatlarning tannarxi" schyotlarida yig‘ilib boriladi. Savdo tashkilotlari 
mazkur satrda sotilgan tovarlarning sotib olish qiymatini aks ettiradilar. 
Tovarlarning aylanishi (tovarlarni kirim qilish va sotish) 
da 
qatnashmasdan, xizmat xaki sifatida daromad oladigan vositachi (diler) 
subektlar bu satrni to’ldirmaydilar. 
"Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija" (070-satr) sotishdan 
olingan daromad va sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab chiqarish 
tannarxi o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi (050-satr-060-satr). 
9400-"Tavr 
xarajatlari" 
schyotlarining 
turkumida 
jamlangan 
ma’lumotlar yordamida 080-"Sotish bo‘yicha sarflar", 090- "Ma’muriy 
xarajatlar" va 100-"Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlarida sarflangan 
xarajatlar" satrlari tuldiriladi. 100-satrning jamgarilgan daromad qismi 
9300-"Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar ni hisobga oladigan 
schyot" larning ma’lumotlari yordamida tuldiriladi. 
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi ("Asosiy ishlab chiqarish 
faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)" moddasi, (110-satr) ni 
aniqlash uchun, sotishdan tushgan yalpi daromaddan (070-satr) sotilgan 
mahsulot, ish, xizmat va tovarlarning tannarxi, sotilgan asosiy vositalar va 
boshqa aktivlarning qiymatini chegirib chiqqan natijaga 
boshqa 
daromadlar (100-satr, 5-ustun)ni qo‘shish bilan aniqlanadi. 
Hisobotning 120-satr ("Uyushma va avlod korxonalaridan olingan 
dividendlar"), 125-("Boshqa olingan dividendlar"), 130-("Uyushma va 
avlod korxonalaridan olingan va berilgan qarzlar bo‘yicha foizlar"), 135- 
("Boshqa to‘langan va olingan foizlar"), 140-("Xorij valyutasi kursining 
farqi"), 145- ("Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromad va xarajatlar") 
satrlari 9500-"Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar" schyotlaridagi 
umumiy summadan 9600-"Moliyaviy faoliyat bunicha sarflarni hisobga 
oladigan schyot"larda yig‘ilgan sarflar chegirilib qolgan summaga 
to‘lg‘aziladi. 


512 
"Umumxo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)" 
(150-satr) subektning asosiy faoliyatdan olingan daromadi summasiga 
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qo‘shilib olingan summadan 
asosiy va moliyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan sarflar chegirilib 
aniqlanadi. Ushbu summa 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotida 
ko‘rsatiladi. 
160-satr-("Favquloddagi foyda va zarar") 9710- "Favquloddagi 
foydalar" va 9720-"Favquloddagi zararlar" schyotlarining ma’lumotiga 
muvofiq to‘ldiriladi. 
170-satr ("Soliq to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda 
yoki zarar)")da 150 va 160-satrlar yig‘indisidan (K; belgilarni hisobga 
organ holda) iborat olingan natija ko‘rsatiladi. Bundan tashqari ushbu 
ma’lumotlar 8710-"Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplan- 
magan zarar)" schyotida yig‘ilib boriladi. 
Bu schyotning natijasi foyda solig‘ini hisoblashda asosiy ko‘rsatkichi 
bo’lib hisoblanadi. 
180-satr "Foyda (daromad)dan soliq va yig‘imlar"da 9810- "Foyda 
(daromad) solig‘i bo‘yicha sarflar" schyotining debetida hisobga olingan 
va yil boshidan buyon hisoblangan, ya’ni byudjetga o‘tkazilishi kerak 
bo‘lgan foyda (daromad) solig‘ining, miqdorlari hamda 9820-"Yig‘imlar 
va boshqa majburiy ajratmalar" bo‘yicha sarflar, 9890-"Boshqa ajratmalar 
bo‘yicha sarflar" schyotlaridan ma’lumotlar olinadi. 
Subektlar 200-satr "Hisobot davridagi sof foyda (zarar)"da 170 va 
180-satrlarning farqi natijasida hisoblangan sof taqsimlanmagan foyda 
(yoki qoplanmagan zarar) miqdorini ko‘rsatadilar. 
"Byudjetga to‘lanmalar to‘g‘risida ma’lumot"da, subektlar uz 
manbalari hisobiga quyidagi meyoriy hujjatlarga asosan byudjet 
to‘lovlarini ko‘rsatadilar: 
210-satr "Mulkdan olinadigan soliq" O‘zbekiston Respublikasida 2008 
yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan. 
220-satr "Foydadan olinadigan soliq" O‘zbekiston Respublikasida 
2008 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan. 
230-satr "Daromaddan olinadigan soliq" O‘zbekiston Respublikasida 
2008 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga asosan. 


513 
240-satr "Qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq" O‘zbekiston 
Respublikasida 1998 yil 1 yanvardan amal qilinayotgan "Soliq kodeksi"ga 
asosan. 
250-satr "Aksiz soliqlari" O‘zbekiston Respublikasida Davlat soliq 
kumitasi-ning 1995 yil 15 fevraldagi 18/16-sonli O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga kiritilayotgan alohida tovarlarga aksiz soliqlarini kullash uchun 
vaqtinchalik yuriknomasi, 1996 yil 21 avgustdagi 275-sonli "O‘zbekiston 
Respublikasidagi 
tamaki 
mahsulotlari 
va 
spirtli 
ichimliklariga 
qo’llaniladigan aksiz markalari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 304-sonli (3 ilova) "Uzdeu avto qo’shma 
korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik xizmat 
ko‘rsatish to‘g‘risida"gi Qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1996 yil 23 sentabrdagi 333-sonli Qarori, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq kumitasining 1996 yil 5 
noyabridagi 71/96-89-sonli yuriknomalari va keyinchalik qabul qilingan 
"Soliq kodeksi"ga asosan. 
260-satr "Eksport bo‘yicha boj to‘lovlari" O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 oktabrdagi 485-sonli "eksport va 
import qilinayotgan alohida tovarlarga boj to‘lovlarini hisoblash va olish 
tartibi to‘g‘risida"gi Qaroriga va keyingi kiritilgan o‘zgartirishlarga 
asosan: 
270-satr "Import bo‘yicha boj to‘lovlari" O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 martdagi 114- sonli Qaroriga, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-sonli (4-slova) 
"UZDEU" avto qo‘shma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, 
sotish va texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi" Qarorlariga va keyingi 
kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan: 
280-satr "Suvdan foydalanish to‘lovlari" O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining O5.05.95 yildagi 52/39- 
sonli "Suvdan foydalanish haqi to‘g‘risida"gi xati va "Soliq kodeksi"ga 
asosan: 
310-satr "Daromad solig‘i" O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 15 
fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 


514 
to‘g‘risida" gi xati, 21.01.94 yildagi 9/84-sonli 24.02.95 yildagi 20/17- 
sonli 10.03.95 yildagi 28/21-sonli o‘zgarish va tuldirishlar 2008 yil 1 
yanvardan boshlab "Soliq kodeksi" ga asosan: 
320-satr "Boshqa soliqlar" O‘zbekiston Respublikasining "Korxonalar, 
birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq to‘g‘risida" gi va 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risidagi 
Qarorlari va soliq kodeksi asosida belgilangan boshqa hamma turdagi 
soliqlar ko‘rsatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 29 
iyundagi 303-sonli Qaroriga muvofiq va 2008 yil 1 yanvardan boshlab 
"Soliq kodeksi"ga asosan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muxitni 
ifloslantiruvchi okava suvlarni chiqarish bo‘yicha to‘lovlar miqdori 
hisoblanib, shu satrda aks ettiriladi. Shuni nazarda tutish lozimki, atrof 
muxitni ifloslantiruvchi okava suvlarni chiqarish to‘lovpari belgilangan 
meyorlar tartibida bo‘lsa. U holda bu to‘lovlar ishlab chiqarish (muomala) 
xarajatlariga olib boriladi, belgilangan meyorlardan oshiq to‘lovlar subekt 
ixtiyoriga qolayotgan foyda hisobiga qoplanadi. 
330-satr "Soliq hisoblash va uni to‘lash tartibining buzilishi tufayli 
belgilangan iqtisodiy jarimalar"da O‘zbekiston Respublikasi Soliqchiligi 
asosida "O‘zbekiston Respublikasining korxonalar, birlashmalar va 
tashkilotlardan olinadigan soliq to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risidagi qarorlari, hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Narxlarni erkinlashtirish to‘g‘risi- 
da"gi Qarori va boshqalar asosida) subektlarning uz ixtiyorida qoladigan 
foydalari hisobidan byudjetga o‘tkazib berilgan iqtisodiy jarimalarning 
miqdorlari ko‘rsatiladi. 
340-satr "Mahalliy byudjetga to‘lanmalar" da sof foyda hisobidan 
ajratmalar, ya’ni hududlarni tozalash yig‘imi, ijara haqidan ajratma va 
soliqpar kabi to‘lovlar to‘g‘risidagi xoqimning amaldagi qaroriga 
asoslangan holda, mahalliy byudjet uchun hisoblangan soliq va 
yig‘imlarning miqdori aks ettiriladi. 


515 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling