Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish tartibi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

18.2. Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish tartibi. 
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar. 
Moliyaviy hisobotlar tuzish uchun foydalaniladigan o‘ziga xos hisob 
yuritish siyosatiga qo‘shimchalarda foydalanuvchilar uchun moliyaviy 
hisobotlarda foydalaniladigan baholarning asosi (dastlabki qiymat, joriy 
qiymat, sotish qiymati, diskont qiymati va boshqalar)ni bilish juda muhim 
hisoblanadi. Bu tamoyillar ko‘p hollarda uzluksizlik va hisoblash 
tamoyillari bilan o‘xshashdir, ular moliyaviy hisobotni tuzish asosini 
tashkil qiladi. Ular bu tamoyillardan ba’zi holatlarda baholashlarning 
asoslari o‘rtasida tanlov mavjudligi bilan farq qiladi. 
Moliyaviy hisobotda korxona hisob yuritish siyosatini aks ettirish 
paytida quyidagilarga alohida e’tiborni qaratishi lozim: 
-daromadning aks ettirilishi; 
-konsolidasiya tamoyillari; 
-faoliyat turlarining uygunligi; 
-qo‘shma faoliyat; 


491 
-moddiy va nomoddiy aktivlarni va ularning eskirishini aks ettirish; 
-jalb qilingan mablag‘lar qiymatini kapitalizatsiya qilish
-kapital qo‘yilmalar; 
-investision mulk; 
-moliyaviy investitsiyalar hamda moliyaviy aktivlar; 
-ijara; 
-tadqiqotlar va rivojlanish bilan bog‘liq xarajatlar; 
-tovar-moddiy zaxiralar; 
-soliqlar hamda muddati kechiktirilgan soliqlar; 
-zaxiralar; 
-ishchi va xizmatchilarni asrab turish xarajatlari; 
-chet el valyutasini o‘tkazish; 
-inflyatsiya hisobi; 
-hukumat subsidiyalari. 
Xo‘jalik yurituvchi subekt moliyaviy hisobotning izohlarida, 
hisoblarida va tushuntirishlarida daromadlar va xarajatlarni daromadlar, 
xarajatlar va faoliyat turlari taxdilini guruhlashtirib ko‘rsatishi kerak. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy hisobotlarining izohdari
hisoblari va tushuntirishlarida quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim: 
xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti va hisob siyosati 
asoslari uchun turli asosiy muomalalar va hodisalarni tanlagani va 
qo‘llanilgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish; 
-BHMA talab qilgan, hech bir moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan 
axborotni yoritish; 
-moliyaviy hisobotlarda aks ettirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni 
aniq va haqqoniy taqdim etish uchun qo‘shimcha taxlil axborotlarini 
taqdim etish. 
Amaliyotda ko‘pgina korxonalarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘ladi 
hamda bu moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun iqtisodiy 
qarorlar qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Iillik moliyaviy 
hisobotlar qo‘shimcha ravishda tuziladigan moliyaviy sharhni o‘z ichiga 
olishi kerak, chunki u korxonaning moliyaviy faoliyatini, moliyaviy 
ahvolini va ular duch kelgan asosiy noaniqlikiarni bartaraf etadi. 


492 
Moliyaviy sharh korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Bu sharh 
korxonaning moliyaviy ahvoli va moliyaviy faoliyatining asosiy 
belgisini, shuningdek, foydalanuvchi hisobot bilan tanishish jarayonida 
duch kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi noaniqliklarni 
izohlab berishi va tushuntirib berishi lozim. 
Qo‘shimcha ma’lumotlar: izohlar, eslatmalar va hisoblar korxona 
tomonidan maxsus shakllarda ham, shuningdek, ixtiyoriy ko’rinishda ham 
taqdim etiladi. 
Zaruriyat tug’ilganida statistik hisobotning shakllari moliyaviy 
hisobotga beriladigan qo‘shimcha ma’lumotlar orqali zaruriy foydalanuv- 
chilarga taqsim etilishi mumkin. Bundan tashqari, korxona rahbariyati 
qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida subekt doirasida ma’lumotlarni taqsim 
etish shakli hisoblanuvchi jadvallar va ma’lumotnomalarni taqdim etishi 
mumkin. 
Moliyaviy hisobotlar quyidagi asosiy identifikasion rekvizitlarni o‘z 
ichiga oladi: 
-korxonaning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, bo‘ysu- 
nishi, identifikasion raqami va korxonani bilish uchun kerak bo‘lgan 
boshqa rekvizitlar; 
-alohida korxonalarni yoki korxonalar guruhining moliyaviy 
hisobotlarini qamrab olishi, ya’ni bu hisobot jamlangan yoki yagona 
bo‘lishi kerak. Agar hisobot jamlangan bo‘lsa, u holda barcha shakllarda 
"Jamlanma" yoki "Subektlar bo‘yicha yakuniy" subektlar soni ko‘rsati- 
ladi. Tushuntirish yozuvida jamlangan yakuniy hisobotgd kiritilgan 
hisobotlarning soni ko‘rsatilishi zarur; 
-moliyaviy hisobot tomonidan qamrab olingan hisobot kuni yoki davri. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling