Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


-"Favqulodda foyda va zararlar" hisobvarag’i bo‘yicha


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

9700-"Favqulodda foyda va zararlar" hisobvarag’i bo‘yicha 
hisobvaraqlar korrespondensiyasi 
t/ 

 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 
debet 
kredit 
I. Tabiiy ofatlar natijasida jihozlar va materiallar 
ortiqchaligining aniqlanishi 
0710 0720, 
0810, 0890, 
9710 
2. Tabiiy 
ofatlar 
natijasida 
tovarlar 
ortiqchaligining aniqlanishi 
2910 
9710 
3. Tabiiy ofatlar natijasida jihozlar va materiallar 
kamomadining aniqlanishi 
9720 
0710-0720, 0810- 
0890, 1010-1090 
4. Tabiiy ofatlar bo‘yicha xarajatlarning to‘lanishi 9720 
5010, 5110, 5210 
5. Hisobot davri oxirida favqulodsa foydaning 
yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazilishi 
9710 
9900 
6. Hisobot davri oxirida favqulodda zararning 
yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazilishi 
9900 
9720 
17.7. Yakuniy moliyaviy natija hisobi
Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisobot davrida jami 
faoliyat turlaridan olingan daromadlari bilan jami faoliyat bo‘yicha 
ko‘rilgan zararlarining farqidir. 
Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-"Yakuniy 
moliyaviy natija" hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 
tranzit bo‘lib, aktiv-passiv hisobvaraq xarakteriga ega. Hisobvaraqning 
debetida zararlar, kreditida esa 
foyda 
aks 
ettiriladi. 
Ushbu 
hisobvaraqning debet va kredit aylanmalarining farqi korxonaning 
hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to‘langunga qadar 
bo‘lgan foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-"Daromad 
(foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar", 9820-"Boshqa soliq va yig‘imlar 
bo‘yicha xarajatlar" hisobvaraqlarida foyda (daromad)dan hisoblangan 


483 
umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va 
yig‘imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib tashlanadi: 
Dt 9900-"Yakuniy moliyaviy natija"; 
Kt 9810, 9820. 
Ushbu muomaladan so‘ng 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" 
hisobvarag’ida qolgan summa korxonaning qiso-bot yilida olgan sof foyda 
(yoki zarar)ini anglatadi va ushbu summa quyidagi provodka orqali 8710- 
"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" 
hisobvarag’iga o‘tkaziladi: 
♦ 
sof foyda summasiga: 
Dt 9900-"Yakuniy moliyaviy natija"; Kt 8710-"Hisobot davrining 
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)"; 
♦ 
zarar summasiga: 
Dt 8710-"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)"; 
Kt 9900-"Yakuniy moliyaviy natija". 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling